Мавзу: suyuq va sochiluvchan moddalar sathini
Download 429.24 Kb.
|
6-Ma’ruza Мавзу suyuq va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash
6.5-rasm. Davriy cho‘kadigan qalqovichli va
ko‘rsatishlarni masofaga pnevmatik uzatadigan sath o‘lchagich sxemasi mahkamlangan. Torsionli naychaning sterjeni burilganda to‘siq soplo 6 ga nisbatan shu burilish burchagiga teng burchakka siljiydi. Pnevmoqurilma 7 to‘siqning burchakli siljishini ikkilamchi asbob 8 orqali o‘lchanadigan bosimning mutanosib o‘zgarishiga aylantiradi. Bosim o‘lchaydigan asbobning shkalasi 8 sath birligida darajalangan. Suyuqlik sathni masofadan o‘lchash uchun kuch kompensatsiyasi prinsipiga asoslangan, o‘zgarmas tokning 0-5 va 0-20 мА уnifikatsiyalangan chiqish signaliga (УБ-Е rusumli) yoki 20...100 кПа havo bosimiga mo‘ljallangan (УБ-П rusumli) qalqovichli sath o‘lchagichlari qo‘llaniladi va qalqovichli sath o‘lchagichlarining o‘lchov chegarasi ushbu qatordan tanlanadi: 0—0,25; 0,4; 0,6; 1,6; 2,5; 4,0; 6,0; 10,0; 16,0 va 20 м. Aniqlik sinfi 0,6; 1,0; 1,6 va 2,5 bo‘lishi mumkin. Hisob-kitob amallari uchun sath o‘lchagichlar asosiy xatoliklari ±1,0 dan 10,0 mm gacha bo‘ladigan qilib tayyorlanadi. Agressiv suyuqliklar sathni o‘lchashda qalqovich korroziyaga bardosh materialdan tayyorlanadi. Qalqovichli sath o‘lchagichlardan katta zichlikka ega bo‘lgan (azot, neon va b.) suyultirilgan gaz sathini o‘lchashda ham, 32 MPa bosimda va 400 °S gacha bo‘lgan haroratda muhitni nazorat qilishda ham foydalaniladi. Qalqovichli sath o‘lchagichlar ma’lum afzalliklarga ega: qurilma sodda, o‘lchash chegarasi katta, aniqligi yetarlicha katta, agressiv muhitlar sathini o‘lchash mumkin, o‘lchashning harorat chegarasi keng. Ularni qo‘llanishni chegaralovchi kamchiliklari: idishda qalqovich borligi, металл кўп кетиши, kinematik qismlari borligi sababli yetarlicha mustahkam emasligi, idishlarda bosim ostida sathni o‘lchash qiyinchiliklari. GIDROSTATIK SATH O‘LCHAGICHLARGidrostatik sath o‘lchagichlar ochiq idish hamda bosim ostidagi idishlarda turli suyuqliklar (jumladan, agressiv, tez kristallanuvchi va qovushqoq moddalar) sathni o‘lchashda ishlatiladi. Gidrostatik sath o‘lchagichlarda suyuqlik sathni o‘lchash suyuqlik ustuni hosil qiladigan bosimni o‘lchash bilan amalga oshiriladi, ya’ni P=H∙ρ∙g (6.10) bu yerda P – suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim, Па; H – suyuqlik sathi; м; ρ - suyuqlik zichligi, kg/м3; г – erkin tushish tezlanishi, м/с2. (6.10) tenglama bosimni o‘lchash asosida ishlaydigan sath o‘lchagichlarni qurish mumkinligini ko‘rsatadi. Suyuqlikning gidrostatik bosimini difmanometr yordamida o‘lchaydigan gidrostatik sath o‘lchagichlar difmanometrik sath o‘lchagichlar deb ataladi. Suyuqlikning gidrostatik bosimini havo bosimiga o‘zgartiruvchi gidrostatik sath o‘lchagich Download 429.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling