Mavzu: Suyuqlik va gazlar sarfini o'lchashda sarf o'lchagichlarning ahamiyati reja kirish i-bob. O`Zgaruvchan va o`zgarmas sarf


Datchiklar ulangan UDR – 011 ultratovushli Dopler sarflagichi


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana19.06.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1606022
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Datchiklar ulangan UDR – 011 ultratovushli Dopler sarflagichi 
Asbob truboprovod (quvur) ning tashqi tomonida joylashgan ikkita EP (4.21 – 
rasm) ni va kvars generotori, quvvat kuchaytirgichi, kvadratur qabul qilgich 
(priyomnik), fazoviy detektor (FD), qabul qilingan signal spektrining og‘irlik 
markazini baholash sxemasi bilan hosil qilingan elektron blokni, shuningdek, 
mikroprosessor negizida ishlangan mikroEHM ni o‘z ichiga oladi. 
Mazkur asbobda qabul qilingan signalning kvadratur demodulyasiyasi prinsipi 
amalga oshirilgan bo‘lib, u suyuqlik harakatining yo‘nalishini aniqlashga imkon 
beradi. 
Quvvat kuchaytirgichining chiqishidan kelayotgan, w

chastotali uzluksiz 
tebranishlar bilan uyg‘otiladigan EP1 truboprovod o‘qiga burchak ostida nazorat 
qilinayotgan muhitga nurlanuvchi ultratovushli to‘lqinni vujudga keltiradi. Qabul 
qilingan tebranishlar qabul qilgich (priyomnik) ka uzatiladi. Uning chiqishida 
dopler chastotali kvadratur signal ajralib chiqib, u bir tomondan FD ga keladi
ikkinchi tomondan spektrning og‘irlik markazini baholash sxemasining kirishiga 
keladi. Δ w
st
ning son qiymati mikroEHM ga kelib tushadi, u erda (29) va (30) 
munosabatlarga muvofiq sarf Q ning qiymatini hisoblash amalga oshiriladi. 
UVR – 011 va UDR – 011 sarf o‘lchagichlarning asosiy xarkteristikalari 
(tavsiflari) 4.1 – jadvalda keltirilgan. Ikkala asbob qo‘llanishga ruxat etilgan 
o‘lchov texnikasi vositalarining Davlat rietriga kiritilgan. Asboblarni ishlatishning 
davomiyligi yig‘indisi hozirgi vaqtga kelib 4000 sutkadan ortiqni tashkil etadi. 
Asboblarning asosiy tavsiflari 4.1 – jadval 


23 
Mikroprosessorli ommaviy sarf o‘lchagich 
Neft maxsulotlarining massasini ularni qabul qilib olish va sotish operasiyalarida 
hisobga olishning mavjud usullari odatda, bilvosita o‘lchashlarga asoslangan. Bu 
hol o‘lchash aniqligini oshirishga imkrn bermaydi. Massani bevosita o‘lchashning 
qo‘llanilayotgan usullari texnalogik emas, chunki u maxsus qo‘shimcha 
operasiyalarni kiritishni talab qilib, u ba’zan maxsulotni jo‘natish uchun ketadigan 
vaqtga o‘lchovdosh vaqt kiritilishini talab etadi. 
Bevosita to‘kish yoki quyish texnalogik jarayonlar vaqtida amalga oshiriladigan 
suyuq neft maxsulotlarining sarfini aniq og‘irlik hisobi tizimi juda katta 
unumdorlik bilan ishlatilmoqda. Tizim natijalarga ishlov berish va jarayonni 
boshqarish uchun tenzometrik o‘lchash uslublarini va mikroprosessor texnikasini 
qo‘llanishga asoslangan. Sarfning og‘irligini o‘lchash sitemasining ishlash prinsipi 
neft maxsulotlari oqimining ayrim porrsiyalarini ketma – ket tortib olishdan 
iboratdir. Uzluksiz oqimni ta’minlash uchun maxsulotni topshirishda qurilmaning 
chiqishida yoki maxsulotning qabul qilishda (qo‘yishda) qurilmaning kirishida 
oqim ikki chiziqqa (liniyaga) ajratiladi. Bunda chiziqlardan biri bo‘yicha maxsulot 
qurilma chiqishiga qarab oqayotganda ikkinchi chiziqda o‘lchash amalga 
oshiriladi. SHuning uchun tizim oqayotgan maxsulotning istagan miqdorini 
o‘lchash uchun qo‘shimcha vaqt sarflamasdan bevosita texnalogik operasiyalarda 
foydalanilishi mumkin. Tizim (4.22 – rasm) kuch o‘lchovchi tenzorezistorli 
datchiklar 2 ga osilgan ikkita idish (rezervuar) 1a va 16 dan iborat. 


24 
15-rasm. Neft maxsulotlari suyuqligi sarfiog`irlik hisobi tizimi. 
Datchiklar o‘lchov o‘zgartkichlari 3 bilan biriktirilgan bo‘lib, uning chiqish 
signali davri neft maxsulotlari bo‘lgan rezervuar og‘irligiga chiziqli bog‘liq. 
Rezervuarlar egiluvchan silfonlar yordamida texnalogik truboprovod 4 tizimi bilan 
biriktirilgan bo‘lib, ular bo‘ylab rezervuarlarga navbati bilan neft maxsuloti oqib 
keladi va ulardan navbati bilan to‘kiladi. Bu jarayonni boshqarishni operatorning 
buyrug‘iga ko‘ra elektroboshqariluvchi quyish A va to‘kish V ventillari yordamida 
mikrokantroller 5 amalga oshiradi. Tizimning kirishi va chiqishidagi maxsulot sarfi 
drossellar D orqali tartibga solinadi. S ventillar jarayonni avariya holatida 
to‘xtatiladi 
A va V ventillar vazifasini takrorlaydi. Bevosita quyib berish krani E orqali to‘kish 
operasiyalarida jarayonni ishga tushirish va to‘xtatish imkoniyati ko‘zda tutilgan. 
Rezervuarlardagi maxsulot sathini nazorat qilish quyi QS va yuqori YUS 
sathlarining magnitoboshqariluvchi datchiklari yordamida, amalga oshiriladi. Sath 
datchiklari o‘zgartkichlaridan kelayotgan signallar va ventillar holatini bildiruvchi 
kvitirlovchi signallar mikrokantrollerga keladi va tizimni boshqarish uchun 
foydalaniladi uning holatini nazorat qilish va hamma quyib berilgan va qabul qilib 
olingan maxsulotni hisoblash uchun foydalaniladi. 
Neft maxsulotlarini quyib berishdagi tizimning ishlashini ko‘rib chiqamiz (16 
– rasm). Faraz qilaylik, masalan, boshlang‘ich paytda rezervuar 1a bo‘shatilgan, 
rezervuar 1b esa to‘ldirilgan bo‘lsin. Bu holda “Ishga tushirilsin” (“Pusk”) 
buyrug‘idan so‘ng to‘ldirilgan rezervuarning og‘irligi R
NV 
ni aniqlash va uni 
xotiraga yozish ishi bajariladi, keyin bu rezervuarning V ventileni ochishga buyruq 
beriladi. 1b rezervuardan maxsulot quyib olina boshlaydi. SHundan so‘ng 1a 
rezervuarni to‘ldirish ventili A ni ochishga buyruq berildadi. Bunda quyish tezligi 
tukish tezligidan ortiq bo‘ladi. SHuning uchun 1a rezervuardagi maxsulot sathi 
boshqa rezervuarni bo‘shatish jarayonida YUS datchigiga etid oladi. Bu 
datchikdan berilgan signalga binoan 1a rezervuarning A ventili berkitiladi va 


25 
suyuqlikni hamda rezervuarni tinchlantirish uchun zarur bo‘lgan τ vaqt 
o‘tgandan so‘ng controller to‘ldirilgan 1a rezervuarning R
NA 
og‘irligini aniqlash va 
xotiraga olishni amalga Og‘irlikni aniqlash A va V ventillar berkitilgan holda
ya’ni statik rejimda amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tamiz. Bu xatolikning dinamik 
tashkil etuvchilari paydo bo‘lishining oldini oladi. SHu o‘lchashdan so‘ng 1b 
rezervuardagi maxsulot sathi datchikning QS holatigacha pasaygan va bu datchik 
ishlab ketgan paytda mikrokantroller 1b rezervuardan maxsulotni chiqarishni 
(to‘kishni) to‘xtatadi va shu bilan bir vaqtda 1a rezervuardan maxsulotni to‘kishni 
(chiqarishni) boshlaydi. Uning buyrug‘iga ko‘ra bir rezervuarning V ventili 
berkitiladi va ikkinchisining V ventili ochiladi. Tinchlantirish vaqti τ o‘tgandan 
so‘ng 1b bo‘shatilgan rezervuarning R
EV 
og‘irligini aniqlash va bir siklda berib 
yuborilgan maxsulotning R
1
=R
NV 
– R
SV
porsiyasining og‘irligini hisoblash amalga 
oshiriladi. Og‘irlikning kilogram hisobidagi qiymati indikasiyaga chiqariladi. 
So‘ng bo‘shatilgan 1b rezervuarni to‘ldirish uchun A ventil ochiladi. YUS 
datchigidan kelgan signalga ko‘ra uni to‘ldirish to‘xtatiladi, τ vaqtdan so‘ng 
to‘ldrilgan rezervuar og‘irligining yangi R
nv
qiymatini aniqlash va xotirlash amalga 
oshiriladi. Endi 1a rezervuardagi maxsulot sathi datchikning QS holatigacha 
pasaygandan so‘ng mikrokantroller 1a rezervuardan to‘kishni va 1b rezervuardan 
to‘kish boshlanishilishini bir vaqtda to‘xtatish uchun buyruq beradi, τ vaqtdan 
keyin to‘kilgan (bo‘shatilgan) 1a rezervuarning R
sa
og‘irligini aniqlash, ikkinchi 
siklda berib yuborilgan maxsulotning R
2
≈R
na
-R
sa
porsiyasi og‘irligini hisoblash va 
berilgan maxsulotning yig‘indi og‘irligi R
1
+R

ni hisoblash amalga oshiriladi. Bu 
qiymat indikasiyaga chiqariladi. Keyin 1a rezervuarni takroriy to‘ldirish 
boshlanadi va sikl takrorlanadi. Keyingi har bir silkda berilgan (jo‘natilgan) 
maxsulot og‘irligining qiymati oldin berib yuborilgan maxsulot og‘irligiga 
qo‘shiladi va indikasiyalanadi. Maxsulotni berish boshqarish pultidan “To‘xta” 
(“Stop”) signaliga ko‘ra to‘xtatiladi. Berilgan maxsulotning maksimal miqdori 
amaldagi indikasiya sig‘imiga ko‘ra aniqlanadi. Tizimda u 100 t teng deb 
tanlangan, shuning uchun indikasiyaga oltita o‘nlik raqam chiqariladi (og‘irlik 
klogram hisobida). Berilgan maxsulotning to‘liq og‘irligi, indikasiyadan tashqari 
ikkilik o‘nlik kod bilan (oltita xona) iste’molchilar bilan hisob – kitob qilish 
tizimida bundan keyin foydalanish uchun maxsus buferli registorga chiqariladi.


26 


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling