14
8-rasm. O`zgaruvchan magnit maydonli induksion sarf
Kuchlangan signal sarf birligida darajalangan o‘lchash asbobiga keladi.
Unifikasiyalashgan elektr chiqish signalining (O...5mA) mavjudligi ikkilamchi
nazorat asboblarini qo‘llashga imkon beradi. Induksion sarf o‘lchagichlar bir qator
afzalliklarga ega. Bular
inersion emas, bu hol tez o‘zgaruvchan sarflarni
o‘lchashda va ularni avtomatik rostlash tizimlarida ishlatishda juda muhim.
O‘lchash natijalariga suyuqlikdagi zarrachalar va gaz pufakchalari ta’sir qilmaydi.
Sarf o‘lchagichning ko‘rsatishlari o‘lchanayotgan suyuqlik xususiyatlariga
(qovushoqlik, zichlik) va oqim xarakteriga (laminar, turbulent) bog‘liq emas.
Elektromagnit sarf o‘lchagichlarning kamchiliklariga o‘lchanayotgan muhit elektr
o‘tkazuvchanligi qiymatining minimalligiga qo‘yilgan talabni kiritish lozim, bu
ularni qo‘llanish doirasini cheklaydi. O‘lchash sxemasining murakkabligi.
Induksion sarf o‘lchagichlar 1...2500 m
3
/soat va undan katta
chegarada diametri
3...1000 mm va
undan katta quvurlarda, suyuqlikning chiziqli tezligi 0,6...
10 m/s gacha bo‘lganda, sarf o‘lchashlarni ta’minlay oladi. Asboblarning aniqlik
sinfi 0,6; 1; 1,5; 2; 2,5.
Do'stlaringiz bilan baham: