Mavzu: suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari


Suv to‘siqlaridan suzib o‘tish


Download 76.15 Kb.
bet4/7
Sana22.11.2023
Hajmi76.15 Kb.
#1794485
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aslonov Azizjon

Suv to‘siqlaridan suzib o‘tish suzadigan, suv yuzasida tutib turuvchi vositalar yordamida va ularsiz, shuningdek arqon va xodalar vositasida amalga oshiriladi. Kiyim-bosh bilanvositalarsiz suzishga ham to‘g‘ri keladi. Bunda brass yoki yonboshlab suzish usullari ma'qul ko‘riladi. Ba'zan krol usulini yaxshi egallagan suzuvchilar uncha katta bo‘lmagan masofalarni shu usulda suzib o‘tishlari mumkin. Kiyim-bosh bilan suzish sportcha suzishga qaraganda past tezlikda o‘tadi va tez charchatadi. Shug‘ullanuvchilar suzish usullarini toiiq, mukammal o‘zlashtirib olganlaridan so'ng, ularga yoz kunlari, tabiiy suv havzalarida to‘siqlardan suzib o‘tish usuli o‘rgatiladi.
Suvostida suzish. Keyingi yillarda mamlakatimizda va chet ellarda suv sportimng bu turi keng tarqalib, rivojlanmoqda. Chunki suzishning bu turi katta tashkiliy, ilmiy, xo‘jalik va mudofaa ahamiyatiga ega. Suvostida suzuvchi sportchilar ilmiytekshirish ekspedisiyalarida qatnashib, suvosti hayvonot va 0‘simlikJar dunyosini o‘rganadilar, suv havzalari tubini tadqiq qiladilar, har xil suvosti ishlarini olib borishda faol ishtirok etadilar. Suvostida suzishda l-komplekt-panjalar (lastlar, ballastlar, monolast), maska yoki ko‘zoynak, nafas naychasi yoki 2- komplekt-siqilgan havo joylangan suvosti apparati – akvalang ishlatiladi.
Hozirgi paytda suvostida suzish mustaqil sport turi hisoblanadi. Bu sport turi bo‘yicha Yevropa va Jahon
chempionatlari o‘tkazilib, suvosti sporti turlari bo‘yicha rekordlar ro'yxatga olinmoqda, Sinxron (badiiy) suzish xilma-xil statik va dinamik harakatlardan tuzilgan, individual yoki jamoa tarzda sportchi qizlar tomonidan bajariladigan mashqlardan iborat. Musobaqa dasturiga individual, juflt va guruh chiqishlar
kiradi. Musobaqa qatnashchilarining hammasi dastawal beshta mashqdan iborat majburiy dastumi bajarishadi. Bu shakllami musobaqa nizomiga muvofiq hakamlar jamoasi tanlanadi. Chiqishlar 10 balli tizim bo‘yicha baholanadi. Har bir mashq 1, 5 dan 2, 1 ballgacha murakkablik koeffisiyentiga ega. Istalgan dastur bo‘yicha chiqishlar musiqa jo‘rligida bajariladi. Bunga 3 daqiqadan 5 daqiqagacha vaqt ajratilib, shu hisobdan qirg‘oqda 20 sekund davomida harakat bajarish mumkin. Istalgan dasturda chiqishlami baholashda bajariladigan mashq texnikasidan tashqari harakatlaming musiqa bilan uyg‘unligi va ta'sirchanligi ham hisobga olinadi.



Download 76.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling