Mavzu: Tabiy ofat turlari, Tabiy va texnogen inqirozlar(krizislar) reja
Download 49.61 Kb.
|
4-variant. Tabiy ofat. tabiy va texnogen inqirozlar(krizislar)
Ekologik krizis, ekologik tanglik — ekologik sistemalar, alohida hududlar yoki biosfera miqyosidagi tabiiy ofatlar; toshqin, yer silkinishi, vulkanlar otilishi, qurgʻoqchilik, dovul, chigirtkalar ofati, yongʻin va boshqalar holatlar oqibatida yuz beradigan ekologik vaziyat. Ekologik krizisning yuzaga kelishida, ayniqsa, odamning xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan antropogen omillar: daryolarni toʻsib suv oqimining oʻzgartirilishi, qoʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi, oʻrmonlarning kesilishi, kon qazish ishlarining olib borilishi alohida ahamiyatga ega. Tabiat qonunlarini bilmaslik yoki ularni nazarpisand qilmasdan tabiiy resurslardan foydalanish, zavod va fabrikalar qurish, ichdan yonar dvigatellarning atmosferani ifloslantirishi natijasida ekologik muvozanatnish buzilishi Ekologik krizisning kelib chiqishiga sabab boʻladi.
TEXNOGEN TA’SIRLAR TUFAYLI SODIR BO‘LADIGAN SHIKASTLANISH VA AVARIYA HOLATLARI Inson tomonidan yaratilgan va ishlatilayotgan texnik vositalar va texnologik jarayonlarning bino va inshootlar konstruksiyalariga ta’siri texnogen ta’sirlar deb ataladi. Texnogen ta’sirlar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: 1. Neytral ta’sir etuvchi yoki bino va inshootlarga hech qanday shikast etkazmaydigan va xavf tug‘dirmaydigan tasirlar. 2. Negativ yoki vaqt davomida ma’lum darajada shikast etkazishi mumkin bo‘lgan ta’sirlar. 3. O‘ta salbiy ta’sir etuvchi, bino va inshootlarni butunlay ishdan chiqishiga olib keladigan ta’sirlar. Texnogen ta’sirlar 2 xil holatda namoyon bo‘ladi: 1. Doimiy va uzoq vaqt ta’sir etadigan holat. Bunday ta’sir tabiiy, normal va texnologik jarayonlar amalga oshirilishida hosil bo‘ladi. Bunday ta’sirlar odatda vaqt davomida o‘zining salbiy oqibatlarini ko‘rsatadi. Bularga vibratsiya, sanoat korxonalarida ishlatiladigan zarbalik uskunalar ta’siri, temiryo‘l va oddiy transport qatnovida hosil bo‘ladigan dinamik ta’sirlar misol bo‘la oladi. 2. Texnologik va texnik jarayonlarni nazorat ostidan chiqib ketishi yoki izdan chiqishi, falokat yoqasiga kelib qolgan hamda falokat yuz bergan holatlar. Bularga portlash, yong‘in, ishlab chiqarish va transportdagi avariyalar, agressiv va zaxarli moddalarning atrof muhitga tarqalishi va boshqalar misol bo‘la oladi. Ushbu vaziyatda bino va inshootlar butunlay buzilishi yoki og‘ir avariya holatiga tushib qolishi mumkin. Texnogen omillar tufayli yuz bergan va katta zarar yetkazgan falokatlar texnogen falokat deyiladi. Texnogen ta’sirlar mavjud bo‘lgan joylarda loyixalash jarayonida ushbu ta’sirlar hisobga olinishi lozim. Dinamik ta’sirlarni yuzaga keltiradigan korxonalarda dinamik ta’sirlarni yumshatuvchi choralar amalga oshiriladi. Shikastlangan bino va inshootlarni ta’mirlash jarayonida birinchi navbatda texnogen ta’sirlar manbalarini bartaraf etish zarur. Salbiy ta’sir bartaraf etilgandan so‘nggina konstruksiyalarni ta’mirlashga o‘tish mumkin bo‘ladi. Texnogen ta’sirlar va texnogen falokatlar tufayli sodir bo‘ladigan shikastlanishlar ushbu ta’sirning kuchi va quvvati bilan bog‘liq. Umuman olganda temirbeton, metall va yog‘och konstruksiyalarida deformatsiya, yoriqlar paydo bo‘lishi, sinish, mahalliy emirilish, birikmalar buzilishi, konstruksiyalarning turg‘unligi va mustahkamligi yo‘qolishi va boshqalar texnogen ta’sirning kuchi va xarakteriga muvofiq namoyon bo‘ladi. Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, tabiiy ofatlardan farqli ularoq texnogen falokatlar asosan inson faoliyati va yo‘l qo‘ygan hatolari tufayli sodir bo‘ladi. Shu sababli bularni oldini olish uchun texnologik jarayonlarni to‘g‘ri va puhta rejalashtirish, xavfsizlik choralarini mukammal ishlab chiqish, xavf tug‘diradigan ishlab chiqarish, Download 49.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling