Mavzu: Tadbirkorlik subyektlaridan olinadigan soliq turlari Soliqlarning funksiyalari va vazifalari


Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlari va elementlari


Download 0.92 Mb.
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1481995
1   2   3
Bog'liq
soliqlntlari

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlari va elementlari

  • Soliq stavkasi - soliq solinadigan bazaning o’lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq so’mmadagi miqdorni ifodalaydi.
  • Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
  • Soliq davri – u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq yoki boshqa majburiy to’lov so’mmasi hisoblab chiqariladigan davrdir. Soliq davri bir necha hisobot davriga bo’linishi mumkin bo’lib, ularning yakunlari bo’yicha hisob-kitoblarni taqdim etish hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’lanishi lozim bo’lgan so’mmalarini to’lash majburiyati yuzaga keladi. Joriy to’lovlarni to’lash bo’yicha majburiyat yuzaga kelgan davr hisobot davri bo’lmaydi.
  • Soliq to’lash tartibi – Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash
  • milliy valyutada, qonun xujjatlarida nazarda
  • tutilgan hollarda esa chet el valyutasida amalga oshiriladi.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlari va elementlari

  • Soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish tartibi – soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek imtiyozlar mavjud bo’lsa, shu imtiyozlardan kelib chiqib , soliq va boshqa majburiy to’lov so’mmasini hisoblash koidalarini belgilaydi. Soliq va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish soliq to’lovchi tomonidan mustakil ravishda amalga oshiriladi. Soliq Kodeksda nazarda tutilgan xollarda, soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish majburiyati davlat soliq xizmati organiga yoki soliq agenti zimmasiga yuklatilishi mumkin.
  • G‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.M. Keynsning konsepsiyasiga asoslanadi. Bu konsep­siyaga ko‘ra, soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funksiyalariga ega, soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi.
  • Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L. Xarrot, N. Kaldor, A. Xansen va P. Samuelsonlarning fikriga ko‘ra, soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli imtiyozlar berish yo‘li bilan bu funksiyani bajarish mumkin, deb hisoblashadi.
  • Soliqlarning daromadlarni boshqarish funksiyasini yuzaga kelishiga fransuz iqtisodchisi E. De Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra, soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a’zolari o‘rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo‘lib, amerikalik iqtisodchilar A. Ilersik, G. Koul, fransuz iqtisodchilari M. Klyudo, J. Furaste hisoblanishadi. Ularning fikriga ko‘ra, davlat soliqlardan va transfert to‘lovlaridan foydalanish yo‘li bilan jamiyat milliy daromadini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlarning daromad­larni tartibga solish funksiyasi mavjud, degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
  • E’tiboringiz uchun rahmat

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling