Mavzu: Tahlil jarayonida iqtisodiy matematik usullarni qo‘llashning zaruriyati


Kasrli model ham tahlilda keng qo‘llaniladigan modellardanhisoblanadi. U asosan natija hamda omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik bilan ifodalanganda qo'llaniladi


Download 147.78 Kb.
bet2/4
Sana22.11.2023
Hajmi147.78 Kb.
#1794709
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu

Kasrli model ham tahlilda keng qo‘llaniladigan modellardanhisoblanadi. U asosan natija hamda omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik bilan ifodalanganda qo'llaniladi.

  • Kasrli model ham tahlilda keng qo‘llaniladigan modellardanhisoblanadi. U asosan natija hamda omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik bilan ifodalanganda qo'llaniladi.
  • Masalan, mehnat unumdorligi tovar oboroti hajmining xodimlarning ro'yxatdagi soniga nisbati bilan aniqlanadi.

Xo‘jalik faoliyatining barcha hodisa va jarayonlari bir-biri bilan o'zaro aloqada, bog‘ lanishda bo‘ladi va bir-birini taqozo qilib turadi. Ulaming ba’zilari bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘langan bo‘lsa, boshqalari bilvosita bog‘langandir.
Har bir hodisani sabab deb ham va natija deb ham qarash
mumkin. Masalan, mehnat unumdorligini bir tomondan mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytiruvchi, uning tannarxi darajasini kamaytiruvchi sabab deb ham qarash mumkin. Ikkinchi tomondan, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish,mehnatni tashkil qilishni takomillashtirishning natijasi deb ham qarash mumkin.
Natijaviy ko‘rsatkichga omillar ta’siri qanchalik detallashtirib
(maydalashtirib) o‘rganilsa korxona ishining sifatini bahosi va
tahlili natijasi shunchalik aniq bo'ladi. Shuning uchun ham xo‘jalik faoliyati tahlilining muhim metodologik masalalaridan biri bo‘lib, o‘rganilayotgan iqtisodiy obyektga omillar ta’sirini aniqlash va o‘lchash hisoblanadi.

Omilli tahlil deganda natijaviy ko‘rsatkich qiymatiga omillar ta’sirini kompleks va tizimiy aniqlash va o‘lchash uslubi tushuniladi.


Omilli tahlil quyidagi tiplarga ajratiladi:
♦ to‘g‘ri (deduktiv) va teskari (induktiv) tahlil;
♦ bir bosqichli va ko‘p bosqichli (zanjirli);
♦ statik va dinamik;
♦ retrospektiv va perspektiv.
Deterministik omilli tahlil deganda natijaga qat’iy to‘liq funksional bog‘lanishda bo'lgan omillar ta’sirini tadqiq qilish uslubi tushuniladi. Bunda natijaviy ko‘rsatkich omillaming ko‘paytmasi, bo‘linmasi va algebraik yig‘indisi ko‘rinishida berilgan bo‘ladi.
Stoxastik tahlil natijaga qat’iy, to‘liq bog‘lanishda bo‘lmagan va bog‘lanishi ehtimollik, tasodifiylik harakatda bo‘lgan omillar ta’sirini o‘rganish uslubi tushuniladi.To‘g‘ri omilli tahlilda tadqiqot mantiqiy deduktiv usulda amalga oshiriladi, ya’ni umumiydan xususiyga qarab boriladi.
Teskari omilli tahlil deganda tadqiqot mantiqiy induksiya usuli bilan amalga oshiriladigan, ya’ni alohida birliklardan, elementlardan, xususiydan-umumiyga chiqib borish tushiniladi. Demak, bu tahlilga teskari usulda amalga oshiriladigan - sintez usulidir.
Ko‘p bosqichli omilli tahlil deganda natijaviy ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi bosh omillami detallashtirib o‘rganish yo‘li bilan tadqiqot tushuniladi. Masalan, birinchi bosqichda ya’ni foyda (F)ga sotishdan tushgan tushum (T) va sotilgan mahsulotlar tannarxi (S) o‘rganilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda sotishdan tushgan tushumga sotilgan mahsulot miqdori (q) va bahosi (p)ni o‘zgarishi ta’siri, undan keyin esa, mahsulot miqdorini o‘zgartirishga ishchilar soni va ulami mehnat unumdorligi ta’siri o‘rganiladi

Download 147.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling