Mavzu: ta'lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi texnologiyalarning ahamiyati reja: kirish I bob. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish


Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish


Download 59.4 Kb.
bet6/10
Sana05.05.2023
Hajmi59.4 Kb.
#1429156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ta\'lim tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi texnologiyalarning ahamiyati

2.2. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish
O‘quvchining jamoa bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi uchun o‘qituvchi quyidagi omillarga e’tibor berishi shart:
- har bir o‘quvchiga alohida pedagogik topshiriqlar qo‘yish;
- jamoada o‘zaro xayrixohlik, o‘zaro yordam muhitini shakllantirish;
- oilaning tarbiyaviy ta’siridan o‘z o‘rnida fodalanish;
- o‘quvchilarning o‘zaro aloqalarini kuchaytiruvchi, ijodiy faoliyatini rivojlantiruvchi faoliyatlarini tashkil qilish;
- o‘quvchilarga o‘zaro teng, adolatli munosabatda bo‘lish.
Agar tarbiyaviy vosita, usul va metodlar orqasida yetakchi g‘oya turmasa, texnologik tizim va ijtimoiy psixologik munosabatlar tizimi maqsadli tarbiyaviy natijalar bermaydi. O‘qituvchining har bir harakati, o‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiyachi faoliyati hayotiy meyor va qadriyatlar asosida olib borilishi kerak, shundagina, o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faolligi ta’minlanadi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan o‘quvchilar uchun o‘qituvchining hayotiy tajribalari, shaxsiy namunalari ham ma’naviy tarbiyaviy ta’sir kuchiga egaligini unutmaslik kerak. Shuning uchun o‘qituvchining jamoaga nisbatan diqqat motivlarini shakllantirishda avvalo tarbiyachining estetik jihatdan tarbiyalanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalanganlikning yuqori darajasini belgilovchi vosita bo‘lib, uning talablarini bir maromda o‘quvchi ongiga singdirib borish uchun har bir o‘quvchi, sinf, maktab jamoasi harakat qiladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy tizimda ulkan tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun o‘qituvchidan nihoyatda mohirona talabchanlik, ijobiy ta’sir etish vositalarining birligiga erishish talab etiladi:
- tarbiyada o‘quvchilar jamoasi muhitining birligi;
- o‘quvchilar mustaqilligi va o‘z-o‘zini tarbiyalashning birligi;
- fuqarolik va insoniylikning birligi;
- talabchanlik va ishonch birligi;
- o‘quvchi shaxsiga ehtiyotkorona munosabat;
- jinsiy tafovutlarni hisobga olish;
- bolalarning axloqiy va jismoniy sog‘ligi haqida qayg‘urish;
- axloq meyorlariga amal qilish.
O‘z-o‘zini anglash. Mamlakatimizda mustaqillikdan keyin joriy etilgan “Ta’limning yangi modeli, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘lamiz”._ O‘qituvchining vazifasi va burchi tarbiya natijasida o‘quvchida milliy qadriyatlarga e’tiqod, milliy mafkura, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyani shakllantirishdan iborat. Tarbiya mazmunining eng muhim xususiyatlaridan biri – bu insonning hayotiy jihatdan o‘z-o‘zini anglashi, uning shaxsiy hayoti va faoliyati o‘zi yashab turgan muhitning subekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan o‘z-o‘zini anglash muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchilarni, o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni o‘z ustida ongli, batartib ishlashga o‘rgatsagina tarbiya jarayoni samarali natijalar beradi. O‘quvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlariga ko‘nikma hosil qildirish o‘qituvchining mahoratiga, tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishiga bog‘liq. O‘quvchilar odatda yaqin kishilarining, ba’zan o‘qituvchilarining xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Shuning uchun o‘qituvchi o‘z pedagogik mahoratiga tayanib, o‘quvchi qalbida o‘ziga nisbatan ishonch, mehr tuyg‘ularini uyg‘ota olishi lozim. O‘quvchilar o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, kiyinishi, muomalasini, kishilar bilan o‘zaro munosabatini kuzatib boradilar. Bu ham o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashda ta’sirchan vosita hisoblanadi va ijtimoiy mavqeini oshirishning muhim usulidir. O‘quvchilar o‘qituvchining bevosita nazoratida ta’lim va tarbiya jarayonida, dam olishda, jamoat ishlarida, o‘z-o‘zini tarbiyalash usullariga ko‘nikma hosil qiladilar, bu usullar o‘quvchilarni tashabbuskorlikka, mustaqil fikr-mulohaza yuritishga undaydi.
O‘qituvchi tarbiya jarayonida quyidagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanishi mumkin:
- o‘z-o‘zini tahlil qilish va nazorat qilish;
- o‘z-o‘zini baholash (tengdoshlariga taqlid qilish asosida);
- izohlash (o‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlari izohlanadi);
- munozara (o‘quvchilarga siyosiy, madaniy, estetik, huquqiy mavzularda og‘zaki ta’sir o‘tkazish);
Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da va ta’lim-tarbiyani yanada takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga birlamchi e’tibor berilgan. Zero, erkinlik ta’minlangan jamiyatda fikr rivojlanadi, fikr rivojlanishi esa jamiyatning kuchli bo‘lishi garovidir. Erkinlik tufayli o‘quvchi irodasi shakllanadi, u bir necha imkoniyatlardan birini ixtiyoriy tanlab oladi, ta’lim tizimida o‘quvchilarga ushbu imkoniyatlar yaratilgan, ularning erkinlik huquqlari ta’minlangan.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi subektiv va obektiv omillar ko‘zga tashlanadi. O‘qituvchi subektiv omillar asosida o‘quvchilarning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, obektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, o‘quvchi shaxsini maqsadga muvofiq shakllantirish borasida o‘qituvchi muvaffaqiyatga erishadi. O‘qituvchi tarbiya jarayonining ko‘p qirraliligini, uni tashkil etish va boshqarishda nafaqat tarbiyachi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, shaxsiy o‘ziga xos jihatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmasligi kerak.
Tarbiyaning yana bir xususiyati uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o‘zida, turli qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiyada muvaffaqiyatga erishish uchun o‘qituvchi bolalarni o‘quvchilik yillarida to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini talab etadi. Ta’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu — o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish lozim.
Ta’lim muassasalarida o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyati yetakchi o‘rin egallasa ham, o‘quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki, o‘quvchilar ta’lim muassasalarida ma’lum muddatgina o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri va nazorati ostida bo‘lib, qolgan bo‘sh vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, do‘stlari davrasida, har xil tashqi muhitda o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasasida bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida bo‘lishlari kerak.
Tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun reja tuzish va uni bajarish tarbiya samaradorligini ta’minlashning asosiy yo‘lidir. O‘qituvchining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishi – ijodiy jarayon. O‘qituvchi tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda asosan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalariga tayanadi. Uning mazmunini o‘quvchilarni o‘qishga, ilmga ijobiy munosabatni tarbiyalash egallashi kerak.
Tarbiyaviy ish rejasida mehnat tarbiyasiga alohida ahamiyat beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning mehnat tarbiyasi rejasini tuzar ekan, o‘quvchilar mexnatining mashaqqati, charchoq va hordiq haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlarini hisobga olishlari kerak. Ota-onalar bilan ishlash bo‘limida oila, maktab tarbiyasini tavsiflaydigan qisqa ma’lumotlar beriladi. Mohir o‘qituvchi tarbiyaviy ish rejasiga aniq bir maqsadni qo‘yadi. Tarbiyaviy ish amaliyotida xulq meyorlaridan chetga chiqqan o‘quvchilar ham uchraydi. Ular tarbiyasi «qiyin» o‘quvchilar. Ular bilan tarbiyaviy faoliyat olib borish – bu alohida e’tiborni, sabr-toqat va mahoratni, qalb sezgirligini talab qiladigan murakkab ishdir. Tarbiyachi bunday o‘quvchilarni pedagogikjihatdan o‘rganish dasturini tuzishda quyidagi jihatlarga e’tibor berishi lozim: shaxsning ijtimoiy kelib chiqishi; oilada umumiy rivojlanish darajasi; axloqan tarbiyalanganlik darajasi.

Download 59.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling