Mavzu: ta'lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi texnologiyalarning ahamiyati reja: kirish I bob. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish


Download 59.4 Kb.
bet1/10
Sana05.05.2023
Hajmi59.4 Kb.
#1429156
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ta\'lim tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi texnologiyalarning ahamiyati


MAVZU: TA'LIM-TARBIYA JARAYONIDA RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
REJA:
KIRISH
I BOB.TARBIYA JARAYONINI TEXNOLOGIYALASHTIRISH
1.1. Tarbiya texnologiyasi asoslari
1.2. Tarbiya texnologiyasining mazmun mohiyati
II.BOB.TARBIYA TEXNALOGIYASI TIZIMI VA JARAYONINI TEXNALOGIYALASHTIRISH
2.1. Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish
2.2. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish
XULOSA VA TAVSIYALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………..3
I BOB.TARBIYA JARAYONINI TEXNOLOGIYALASHTIRISH
1.1. Tarbiya texnologiyasi asoslari……………………………………………….7
1.2. Tarbiya texnologiyasining mazmun mohiyati………………………………13
II.BOB.TARBIYA TEXNALOGIYASI TIZIMI VA JARAYONINI TEXNALOGIYALASHTIRISH
2.1. Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish…………………………………………..16
2.2. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish…………………………………….20
XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………………………..36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….38




KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni, 2017 yil 9 sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga oid masalalarini hal etish nazarda tutilgan.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolayotganligi aniqlandi. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiytexnika bazasi zamon talablariga javob bermayapti. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida «2017−2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Respublikamizda bugungi kunda jami 7104 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi. Ulardan 5604 tasi (79%) – davlat, 63 tasi idoraviyva 1437 tasi (21 %) – nodavlat muassasalardir. 3-7 yoshdagi bolalarning umumiy sonidan (2,5 mln) 932 310 nafari (37,7 %), shundan shaharlarda 500 236 nafari (20,2 %) va qishloq joylarida 432 074 nafari (17,4 %) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Umuman, mamlakat bo’yicha 3-7 yoshdagi har 100 nafar bolaga maktabgacha ta’lim muassasalarida 28,1 ta joy to’g’ri keladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ba’zi kamchiliklar qatorida maktabgacha ta’lim tayyorlov guruhlari bolalarining matematik tasavvurlarini davlat talablari asosida shakllantirish ishlari ham talab darajasida emas. Bunga sabab bir jihatdan maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya berishda o‘quv vositalari, shart–sharoitlarning yetarli emasligi bo‘lsa, ikkinchidan, metodik jihatdan yetuk bilimli, tajribali mutaxassislarning yetishmasligidir. Maktabgacha ta’lim muammolari bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik, ilmiy-usuliy jihatdan asoslanmaganligidir. “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ga binoan sohadagi muammolarni bartaraf etish va 6 yoshli bolalar uchun majburiy bir yillik bepul umumiy boshlang’ich ta’limga tayyorlash bilan to’liq qamrab olinishning ta’minlanishi va ularni maktab ta’limiga sifatli tayyorlab berish vazifalari ko’zda tutadi. Shu sababli biz magistrlik dissertatsiyasi mavzusini “Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari” deb tanladik.
Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha ko‘pgina olimlar tadqiqotlar olib borganlar. Bu olimlar matematik tushunchalarning ongli va tushunarli bo‘lishi uchun bolalarda kechadigan psixik jarayonlar haqida ish olib borganlar.V.Davidov tadqiqotlarida maqsadni topish uchun harakatlanish zarurligini uqtiradi. Faoliyat qanchalik turlicha bo‘lsa, maqsadni aniqlash, oldindan ko‘ra olish imkoniyati shuncha ko‘proq bo‘ladi.
Forobiy ta’limotining izdoshlaridan bo‘lgan Ibn Sino ham ta’lim va tarbiyaga, aqliy va axloqiy kamolotga, ma’naviy yuksaklikka erishish uchun butun umr davomida muntazam ravishda bilimlarni egallash masalasiga katta e’tibor qaratgan. Ibn Sinoning pedagogik jarayoni turli yo‘nalishdagi hodisalarni qamrab olgan bo‘lib, u o‘zida tarbiyaviy, ta’limiy va maorif bilan bog‘liq sohalarni uyg‘unlashtiradi. Bunda ilm-fanga nisbatan katta e’tibor qaratilgan, bilimlarni egallash hamda ahloqiy kamolotga erishishning yo‘li sifatida u tarbiyaviy va ta’limiy jarayonni nazarda tutgan. Ibn Sino aqliy kamolotga ham nazariy jihatdan, shu bilan bir qatorda aqliy, jismoniy, ahloqiy, estetik tarbiya hamda muayyan hunarmandlikka o‘rgatish bo‘yicha turli xil ishlanmalari bilan juda qimmatli amaliy hissasini qo‘shgan.
Hozirgi zamon pedagoglari o‘rgatish, rivojlanish manbai tarbiyachilarning bilimi va kompetensiyasiga bog‘liq, deb hisoblaydilar. Bunda ikki ko‘rsatkichdan foydalanish tavsiya etiladi:

  1. bolaning yangi bilimlarni kattalar yordamida egallashi.

  2. bolada o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil qo‘llash, tadbiq etish qobiliyatini rivojlantirish.


Download 59.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling