Mavzu: ta'lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi texnologiyalarning ahamiyati reja: kirish I bob. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish


Download 59.4 Kb.
bet2/10
Sana05.05.2023
Hajmi59.4 Kb.
#1429156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ta\'lim tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi texnologiyalarning ahamiyati

Kurs ishining maqsadi. Ta'lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi texnologiyalarning ahamiyati asoslarini ishlab chiqish va usuliy tavsiyalar tayyorlash.
Kurs ishining vazifalari.
1. Tarbiya texnologiyasi asoslarini o’rganish;
2. Tarbiya texnologiyasining mazmun mohiyatini o’rganish;
3. Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirishni o’rganish;
4. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishni o’rganish va tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining obyekti. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari.
Kurs ishining predmeti. Ta'lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi texnologiyalarning ahamiyati usul, vosita va yo‘llari.
Kurs ishining metodologik asoslari va metodlari. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha ta’limni isloh qilish yuzasidan farmon, Qaror va farmoyishlari, pedagog, psixolog, metodist olimlarning pedagogik qarashlari tadqiqotimizning metodologik asoslari sanaladi.
Tadqiqotda mavzuga oid adabiyotlar tahlili, so‘rovnoma, tizimli va qiyosiy tahlil, pedagogik eksperiment, ilg‘or tajribalarni, maktabgacha ta’lim hujjatlarinio‘rganish, tahlil qilish, kuzatish, suhbat, matematik-statistik tahlil usul(metod)laridan foydalanildi.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob (to’rttta paragraf), xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.

I BOB.TARBIYA JARAYONINI TEXNOLOGIYALASHTIRISH


1.1. Tarbiya texnologiyasi asoslari
Bizga yaxshi ma'lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta'lim texnologiyasi o‘quvchining ta'lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo‘lsa-da, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqyeyini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi mantiqiy hamda tarkibiy jihatdan ta'lim texnologiyasidan farq qiladi. Tarbiya texnologiyasi asosida tarbiyaviy jarayon yotadi. O‘quvchilar faoliyatni tashkil etuvchilar bo‘lib, ular tomonidan erishiladigan natijalarni rejalashtirish va unga erishish usullari, bu usullarni modellashtirish, ishlab chiqarilgan reja va modellarni ro‘yobga chiqarish, bu rejalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyati va axloqini boshqarish kabilar hisoblanadi.
Tarbiya — tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar — bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar — bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar.
Tarbiya jarayoni:
— maqsadga yo‘nalganlik;
— ko‘p omillik;
— jo‘shqinlik;
— davomiylik;
uzluksizlik;
— komplekslilik;
— variantlilik;
ikki tomonli xarakter;
— natijalarning olisligi.

Download 59.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling