Mavzu: ta'lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi texnologiyalarning ahamiyati reja: kirish I bob. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish
Tarbiya texnologiyasining mazmun mohiyati
Download 59.4 Kb.
|
Ta\'lim tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi texnologiyalarning ahamiyati
1.2. Tarbiya texnologiyasining mazmun mohiyati
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan avlod va mutaxassislarning ma'naviy shakllanishiga alohida e'tibor qaratilgan. Ta'lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish asosiga ilg‘or milliy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va mezonlar, xalq pedagogikasi, marosimlar, bayramlar, o‘yinlar va boshqalar qo‘yilishi kerak. Ularni tashkil qilish, o‘tkazishda tarbiya texnologiyalaridan yoki interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarda o‘z yurtiga mehr-muhabbat, vatanparvarlik, oilaparvarlik, kasbiy fidoyilikning shakllanishiga yordam beradi. Tarbiyadagi birinchi qarama-qarshilik — insondagi mavjud tabiat kuchlari, inson tabiati rivojlanishi, uning cheklanmagan imkoniyatlari bilan jamiyat ijtimoiy hayotidagi bu rivojlanish cheklovi sabab bo‘luvchi, dasturlashtiruvchi sharoitlar o‘rtasida yuzaga keladi. Erkinlikni cheklovchi avtoritar jamiyat iste'dodlarni so‘ndiradi, odamlarni buzadi, iltifotli mansabdorlarga va befarq rasmiyatchilarga,ishlab chiqarish jarayonining bir ortiqcha qismiga, ijtimoiy hayotda to‘siqqa aylantiradi. Demokratik jamiyat esa moddiy-texnik bazasini rivojlantira borib, turli ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirib, har bir inson shaxsining ijtimoiy hayot talablariga mos va o‘zida mavjud tabiiy kuch, iste'dod va qobiliyatlarga nisbatan rivojlanishiga haqiqiy sharoit yaratadi. Tarbiyaning ikkinchi qarama-qarshiligi — bolaning faol tabiati, uning ijtimoiy hayotda, turli munosabatlarda, muomalalarda ishtirok etishga intilishi bilan hayot jarayonida amaliy, haqiqiy ishtirok etish uchun tajriba, bilim, malaka va ko‘nikmalari etishmasligi va uning tabiiy hamda ijtimoiy yetuk emasligi o‘rtasida kuzatiladi. Ushbu qarama-qarshilik bolalar uchun idrok etishga, tarbiya jarayonida faol ishtirok etishga haqiqiy harakatlantiruvchi kuch, rag‘bat hisoblanadi. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da va ta’lim-tarbiyani yanada takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga birlamchi e’tibor berilgan. Zero, erkinlik ta’minlangan jamiyatda fikr rivojlanadi, fikr rivojlanishi esa jamiyatning kuchli bo‘lishi garovidir. Erkinlik tufayli o‘quvchi irodasi shakllanadi, u bir necha imkoniyatlardan birini ixtiyoriy tanlab oladi, ta’lim tizimida o‘quvchilarga ushbu imkoniyatlar yaratilgan, ularning erkinlik huquqlari ta’minlangan. Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi subektiv va obektiv omillar ko‘zga tashlanadi. O‘qituvchi subektiv omillar asosida o‘quvchilarning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, obektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, o‘quvchi shaxsini maqsadga muvofiq shakllantirish borasida o‘qituvchi muvaffaqiyatga erishadi. O‘qituvchi tarbiya jarayonining ko‘p qirraliligini, uni tashkil etish va boshqarishda nafaqat tarbiyachi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, shaxsiy o‘ziga xos jihatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmasligi kerak. Tarbiyaning yana bir xususiyati uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o‘zida, turli qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiyada muvaffaqiyatga erishish uchun o‘qituvchi bolalarni o‘quvchilik yillarida to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini talab etadi. Ta’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu — o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish lozim. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyati yetakchi o‘rin egallasa ham, o‘quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki, o‘quvchilar ta’lim muassasalarida ma’lum muddatgina o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri va nazorati ostida bo‘lib, qolgan bo‘sh vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, do‘stlari davrasida, har xil tashqi muhitda o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasasida bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida bo‘lishlari kerak. Tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun reja tuzish va uni bajarish tarbiya samaradorligini ta’minlashning asosiy yo‘lidir. O‘qituvchining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishi – ijodiy jarayon. O‘qituvchi tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda asosan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalariga tayanadi. Uning mazmunini o‘quvchilarni o‘qishga, ilmga ijobiy munosabatni tarbiyalash egallashi kerak. Download 59.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling