Mavzu: Tana biomexanikasi va bemorning xavsizligini ta’minlash
BEMORNI CHALQANCHA YOTQIZISH
Download 1.6 Mb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- BEMORNI QORNI BILAN YOTQIZISH
- BEMORNI YONBOASHLATIB YOTQIZISH
BEMORNI CHALQANCHA YOTQIZISH
Yotoq yaralarning oldini olishda bemorning vaziyatini tez-tez almashtirib turish lozim, bunday vaziyatlardan biri — qorin bilan yotishdir: -bemor krovati gorizontal holatga keltiriladi; -boshidan yostiq olib qo‘yiladi; -bemor qo‘lini tirsak bo‘g‘imida yoyib, gavdasiga yaqinlashtirib, qo‘l panjasini soni tagiga qo‘yib, qo‘li ustidan qorniga ag‘darib qo‘yiladi; -bemor krovat o‘rtasiga suriladi; -bemor boshini yonboshlatib, tagiga yostiq qo‘yiladi; -qornining tepa qismiga yostiq qo‘yiladi (bu moslama bel sohasidagi va ko‘krak bezlaridagi zo‘riqishni kamaytiradi); -bemorning qo‘llarini bukib, tepaga shunday ko‘tarish kerakki, qo‘l panjalari boshining yonida bo‘lsin; -qo‘llari tagiga kichikroq yostiqchalar qo‘yiladi; -tovonlar tagiga bolishchalar qo‘yiladi.BEMORNI QORNI BILAN YOTQIZISH Bemorni yonboshlatib yotqizish quyidagicha bajariladi: -o‘rnining bosh tomoni tushiriladi; -chalqancha yotgan bemor krovat chetiga suriladi; -agar bemorni o‘ng yonboshga yotqizish kerak bo‘lsa, chap oyog‘ini tizzadan bukib, chap oyoq panjasi o‘ng taqimga qo‘yiladi; -hamshira bir qo‘li bilan bemor sonidan, ikkinchi qo‘li bilan yelkasidan ushlab o‘z tomoniga yonboshlatadi (bunday harakatlar yonboshlatishni yengillashtiradi); --bemor boshi va tanasining tagiga yostiq qo‘yiladi; -bemorning ikkala qo‘li bir oz bukiladi, shunda yuqoridagi qo‘l yelka va bosh oldida bo‘ladi, pastdagi qo‘l esa boshining yonida yostiqda bo‘ladi (bu holat o‘pka ventilatsiyasini yaxshilaydi); -bemor orqasiga ikki buklangan yostiq tirab qo‘yish kerak (bu bemorni yonboshlatganda muvozanatni saklab turadi); -bemor oyog‘ining chov sohasidan taqimigacha bo‘lgan joyiga yostiqcha qo‘yiladi (shunda tizza va taqim bo‘g‘imlarida yotoq yaralar hosil bo‘lishining oldi olinadi); -oyoq panjasining tagiga 90° burchak ostida tayanch qo‘yiladi.BEMORNI YONBOASHLATIB YOTQIZISH Sims vaziyati qorin va yonboshda yotishning oraliq vaziyati (3- rasm): -bemor yotgan krovatning bosh tomoni tushiriladi; -bemor chalqancha yotqiziladi; -bemorni yonboshlatib qo‘yib va qisman (biroz) qorni bilan yotqiziladi (o‘ringa bemor qornining bir qismi tegib turadi); -bemor boshiga yostiq qo‘yiladi (bunda uning bo‘yni egilib qolmaydi); -bemor yuqorigi qo‘lini 90° burchak ostida tirsakdan va yelkadan buklash uchun qo‘li ostiga yostiq qo‘yiladi, pastki qo‘l bukilmagan holda o‘rinda bo‘ladi (shunda gavdaning to‘g‘ri biomexanikasi saqlanib qoladi); -yuqorigi buklangan oyoq tagiga yostiq qo‘yiladi (bunda pastki oyoqning boldiri, sonning pastki qismi yoziladi); -oyoq panjalariga 90° burchak ostida tayanch o‘rnatiladi. Bu vaziyatlarning har birida bemor o‘zini qulay sezishi kerak. Bu ishni majburiy yotoq holatida bo‘lgan bemorlar uchun har ikki soatda takrorlash mumkin.Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling