O’qituvchi munosabatida uslublar. Muloqotni 2 qismga bo’lish mumkin: ya’ni muomala va hamkorlikdagi harakatdan tashkil topadi. Ilmiy tadqiqotlar ko’rsatadiki, o’qituvchilar doimo o’z o’quvchilari bilan emotsional - turg’un munosabatlarda bo’lganlari o’qishda, xulq-atvorida nuqsonlarni osoyishtalik bilan - teng va ishonch asosida hal yetadi.
O’quvchilar bilan qo’pol muomalada bo’lgan o’qituvchilar yesa o’quvchilar ishonchini yo’qotadi, tilyog’lamalik, o’zini ko’rsatish, sinfda masxaraomuz qiliqlarni shakllantirishga sharoit yaratadi. Bular o’quv-tarbiyaviy jarayonga ta’sir ko’rsatadi. Tadqiqotchilar o’qituvchining Guruh jamoasi bilan munosabatlarida 3 ta uslub mavjudligini ta’kidlaydi: 1. Barqarorijobiy (turg’un);
2. Faol - ijobiy;
3. Barqarorbo’lmagan (turg’un bo’lmagan) uslub.
O’qituvchilarning o’quvchilar bilan bo’ladigan uslublarini A.A.Leontev xulosalab, beqaror o’ta salbiy uslubda bo’lganlari o’zlariga salbiy munosabatni yuzaga keltirishni ta’kidlaydi. Bunday o’qituvchi Ta’lim myassasiga va jamiyatga ziyon keltiradi. Muomalada o’qituvchilarning ish uslublari 3 xil bo’ladi:
1. So’zsiz bo’ysunishga asoslangan uslub.
2. Demokratik uslub.
3. Ko’ngilchanlik uslubi.
V.A.Kan-Kalik aloqa uslublarini tubandagilarga ajratib ko’rsatadi:
- hamkorlikdagi ijodiy faoliyat asosidagi uslubi;
- do’stliknixushko’rish asosidagi aloqa uslubi;
- masofasaqlash asosidagi aloqa o’rnatish uslubi;
- do’g’lash, qo’rqitish asosida aloqa o’rnatish uslubi;
- hazil yoki o’yin asosida aloqa o’rnatish uslubi;
Sh.A.Amonashvili do’stlik asosida aloqa uslubi haqida shunday g’oyani ifodalaydi: (“Agar bola bizdan uzoqlashsa qanday qilib uni tarbiyalaymiz?”).
“Faqat ma’naviy birlik - bundan boshqa hyech narsa bu birlikni buzishi mumkin emas”.
“Baqirish - insoniy munosabatlar madaniyati yo’qligining yaqqol ko’rinib turgan belgisidir. O’qituvchining baqirishi bolani dovdiratib, garang qilib qo’yadi” - degan edi Suxomlinskiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |