Mavzu: tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida


Download 71.76 Kb.
bet11/15
Sana15.01.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1094223
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1 maruza sirtki (1)

ikkinchi bosqich — maktabgacha ta’lim 3 — 6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr;
uchinchi bosqich — umumiy o‘rta ta’lim tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — 7 (6) — 10 yosh boshlang‘ich sinf, ikkinchi davr — 11 — 17 yosh o‘rta va yuqori sinflar);
to‘rtinchi bosqich — ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar — 17 — 30 yosh, ikkinchi davr — o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarining o‘quvchi-talabalari 15 — 22 (24) yosh).
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:
1.O‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar deganda nimalarni tushunasiz?
2.Jahon xalqlari pedagogikasida qanday tarbiyaga oid tajribalar mavjud?
3. Tarbiya fanining asosiy ilmiy-tadqiqot metodlarini nimalar tashkil etadi?
4.O‘zbek pedagogika tarixida mavjud bo‘lgan tarbiyaga oid yondashuvlarni konspekt qiling.


MAVZU: MILLIY URF-ODAT, QADRIYAT VA AN’ANALAR – TARBIYA ASOSI


Reja:

  • Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar,

  • urf-odat va marosimlarni o‘rganish,

  • milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga tasiri.



Tayanch tushunchalar: Milliylik, Milliy g‘oya, Milliy mentalitet, Komillik, Insonparvarlik , Iymon, Inson huquqlari


Milliylik — muayyan xalqqa xos bo‘lgan, uni boshqalardan farqini ko‘rsatuvchi xususiyatlar majmui. Milliylik millatning tarixi, qadriyatlari, an’analari, madaniyati, yashash tarzida yaqqol namoyon bo‘ladi
Milliy G‘oya — millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli. Milliy g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq, millat taqdiriga daxldor bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalar va mo‘ljallarni ham aks ettiradi.

Download 71.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling