Mavzu: tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida


Maktab bilan oilaning hamda jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi


Download 71.76 Kb.
bet15/15
Sana15.01.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1094223
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1 maruza sirtki (1)

Maktab bilan oilaning hamda jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi.
Bola maktab ro‘yhatigam olingan kundan boshlab, har bir o‘quvchining ota-onasi maktab bilan aloqa bog‘laydi. O‘qituvchi ota-onalarga ularning bolalari bilan yilning birinchi yarmida maktab qanday ta’lim-tarbiya ishlari olib borishini va shu vazifalarni bajarishda ota-onalar qanday yordam berishi kerakligini tushuntiradilar. O‘qituvchilar bolalar bilan muomala qilishda mushtarak yo‘l tutish to‘g‘risida ota-onalar va ijtimoiy tashkilotlar bilan kelishib oladilar.
Maktab ma’muriyati ota-onalarga pedagogik maslahatlar, yo‘l-yo‘riqlar berib turishi maktabning oilaga beradigan eng muhim yordamidan biridir. Ikkinchidan, bolalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini nimalar bilan va qanday band qilish mumkinligi to‘g‘risida ota-onalarga maslahatlar berib turishlari shart. Uchinchidan esa, maktabning ota-onalar yig‘ilishini tashkil etib turishi, bir yilda ikki-uch marta o‘tkaziladigan umummaktab yig‘ilishlarida chorak yakunlari, bolalarni fanlardan o‘zlashtirishi, davomat, intizom va shu kabi masalalarni hal etishi yaxshi natijalar beradi.
Shuning bilan birga, o‘qituvchi va tarbiyachilarning, ota-onalar va bolalarning yashash joylarida, mahallalarda, mikrorayonlarda pedagogik targ‘ibotni yaxshi yo‘lga qo‘yishlari: Masalan,”YOlg‘iz farzand tarbiyasi haqida”, “Oilada axloqiy tarbiya” , “Dars tayyorlashda 1- sinf o‘quvchisiga qanday yordam berish kerak?,” “Qanday qilib bolalar o‘rtasidagi ichish, chekish, narkomaniyaga qarshi kurashish kerak?” va shuning kabi mavzularda ma’ruzalar olib borish, savol- javob va munozaralar tashkil etish lozim.
Mamlakatimizda bolalarni tarbiyalash ishi umumxalq ishi bo‘lib qoldi. Mamlakatning ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalarida va muassasalarida maktabni boshqarish, unga rahbarlik qilish va ko‘maklashish maqsadida komissiyalar tuzilgan va shuning bilan bir qatorda Prezident farmoni bilan mahalla qo‘mitalarining mas’uliyati, javobgarligi, uy boshqarmalari qoshida tuzilgan bolalar klublari, bolalar kengashlari, ota-onalar komitetlari va nihoyat, “Kamolot»yoshlar ijtimoiy harakati yoshlar tarbiyasida o‘zaro hamkorlikning yorqin dalilidir.
Ko‘pgina klublar va madaniyat saroylari huzurida bolalar bilan ishlash bo‘limlari bor; ular madaniy tomoshalar, bayramlar, sport mashg‘ulotlari va musobaqalarni uyushtirish, badiiy havaskorlikni rivojlantirish, bolalarni ekskursiya va madaniy sayrlarini tashkil etish, ularga moddiy, ma’naviy yordam bermoqdalar. Ayniqsa, militsiya xuzuridagi bolalar xonalari orqali maktablarga bolalar tarbiyasida yordam berish ishlari ham yaxshi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mustahkamash uchun savollar.

  1. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda “Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi” Konsepsiyasining ahamiyati bugungi kunda qanday?

  2. Ta’lim muassasasi faoliyatida oila va oila hamkorligi masalalari qanday?

  3. Oila tarbiyasi deganda nimani tushunasiz?

Download 71.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling