Mavzu: tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida


An’ana - kishilar ongida, hayotida o 'z o'rnini topgan ijtimoiy hodisa bo'lib, avloddan avlodga o'tadigan, takrorlanadigan tartib va qoidalardir. Urf-odat


Download 71.76 Kb.
bet13/15
Sana15.01.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1094223
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1 maruza sirtki (1)

An’ana - kishilar ongida, hayotida o 'z o'rnini topgan ijtimoiy hodisa bo'lib, avloddan avlodga o'tadigan, takrorlanadigan tartib va qoidalardir.
Urf-odat - kishilaming kundalikdagi turmusliiga singib ketgan, m a’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko'pchilik tomonidan qabul qilingan ko'nikm a va xulq-atvor qoidalaridir. Masalan, kichiklaming kattalarga salom berishi, mehmonlami alohida hurmat bilan izzatlash va h.k marosim - ko'pincha an'ana va urf-odatning tarkibiy qismi bo’lib, inson hayotidagi muhim voqealami nishonlashga qaratilgan hayotiy tadbirlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ―Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g‘oyamizning asosiy poydevoridir kitobida hozirgi zamon ta‘lim jarayonimizda yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash vazifasini qo‘ygan. Milliy qadriyatlar – bu xalqimizning azaldan amal qilib kelayotgan fazilatlari, odatlari va turmush-tarzimizning madaniy an‘analari majmuidir. Shu ma‘noda tarbiya jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida quyidagi fazilatlarni shakllantirish taqozo etiladi: -insonni qadrlash; -Vatanni sevish; -o‘zgalarni hurmat qilish; -o‘z manfaatlaridan o‘zgalar manfaatlarini ustun qo‘yish; -mehnatsevarlik. Bu fazilatlar xalqimizning mintalitetiga, ya‘ni tabiatiga singib ketgan. Har bir oilada ularga amal qilishga harakat qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy vazifasi o‘quvchilar ongiga ana shu fazilatlarni chuqurroq singdirishdan iborat.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini halqimizga xos bo‘lgan quyidagi odatlarni singdirish taqozo etiladi: -jamoa bo‘lib yashash; -qo‘shnini hurmat qilish; -yaxshilikni baham ko‘rish; -molparastlik va boylikka o‘ch bo‘lmaslik; -halol mehnat evaziga yashash; -biror kasb yoki hunarning egasi bo‘lish. Mazkur odatlar xalqimizning milliy tabiatiga mos ekanligini xorijlik mutafakkirlar ham e‘tirof etadi. Misol uchun, buyuk qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov ―Qiyomat asarida ―o‘zbeklarning odatlari turkiy xalqlar uchun Bobil vazifasini o‘tagan, - deb yozadi. Ma‘lumki, insoniyatning madaniylashuvi hozirgi Osiyoda mavjud bo‘lgan Bobil nomli davlatdan boshlangan. Ya‘ni insoniyat vahshiylik tuzumidan insoniylik tuzumiga o‘tgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari xalqimizga xos bo‘lgan quyidagi madaniy turmush-tarz an‘analari bilan tanishtirilishi kerak:
-hamisha pok yurish, pok kiyinish va pokizalikka rioya qilish;
-muhtojlarga moddiy va ma‘naviy yordam berish;
-o‘ziga ravo ko‘rganni o‘zgalarga ham ravo ko‘rish;
-oziq-ovqatlarni birovlar bilan baham ko‘rish;
-odamlarga yaxshi va yomon kunlarida bir xil munosabatda bo‘lish;
-oilani muqaddas bilish.
Bu an‘analar o‘quvchilar ongini nafaqat ijtioiylashtiradi, balki ularda milliy ruhning tarkib topishida muhim o‘rin tutadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda ana shu tayanchlarga asoslaniladi. Ayni paytda, mamlakatimizda yashayotgan 130 millat va elatlarning milliy qadriyatlariga ham hurmatda bo‘lish ruhi o‘quvchilarga singdiriladi. Chunki bu xalqlarning milliy qadriyatlari ham xalqimizning qadriyatlariga mos tushadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ongiga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish. Ong – bu shaxsning miya organida yuzaga keladigan tushunchalari, fikrlari va odatlari majmuidir. Shu jihatdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ongi pedagoglarimiz to‘g‘ri ta‘kidlashganidek, yozilmagan oq qog‘ozga o‘xshaydi.
Mazkur masala 7-11 yoshli o‘quvchilar ongiga maqsadli va muddaoli qadriyatlarni shakllantirishni taqozo etadi. Bu borada umuminsoniy qadriyatlar ham muhim o‘rin tutadi. Umuminsoniy qadriyatlar – bu dunyoda yashovchi xalqlarning tajribasidan o‘tib o‘zgalar tomonidan qabul qilingan yondashuvlar majmuidir. 7 Shu sababli Prezidentimiz yoshlar tarbiyasida umuminsoniy qadriyatlarga e‘tibor berishni tavsiya etadi. 8 Rus pedagogika va psixologi A.Rubnshteyn ongning miya, aql va his-tuyg‘udan iboratligini ta‘kidlaydi. Shu sababli 7-11 yoshli o‘quvchilar ongini shakllantirishda quyidagi umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni muhimdir: - birodarlik; - tinchliksevarlik; - bag‘rikenglik. Birodarlik qadriyati barcha halqlar uchun zaruriyat bo‘lib, unda har bir xalqning buguni, o‘tmishi va kelajagiga oid yondashuvlar ifodalanadi. Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta‘lim dasturlarida umuminsoniy birodarlik qadriyatini har bir xalq va millatning farzandlari o‘zlashtirishi qayd etilgan.
Tinchliksevarlik qadriyati insoniyatning hayotida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli jahon Pedagogika fanida shaxsning ongiga tinchliksevarlik qadriyatini singdirish birlamchi masalalardan hisoblanadi. Biroq, bugungi kunda rivojlanish jarayonidan ortda qolayotgan mamlakatlarda yoshlarning tarbiyasida tinchliksevarlik qadriyatini singdirish sust kechmoqda. Shu sababli bugungi kunda pedagog olimlar Afg‘oniston, Suriya kabi mamlakatlardagi yoshlarning tinchliksevarlik qadriyati ko‘nikmasi past ekanligidan tashvish bildirmoqda.
Mamlakatimizda bu qadriyat ta‘lim siyosatining asosiy tayanchlaridan biri sifatida belgilangan. Bag‘rikenglik shaxsda diniy, milliy va umuminsoniy g‘oyalarni shakllantirishga asoslanadi. Bag‘rikenglikning diniy mazmuni bir jamiyatda turli dinlarga e‘tiqod qilish bilan belgilanadi. Bag‘rikenglikning milliy mazmuni bir jamiyatda turli xalqlar va elatlarning birga yashashi bilan izohlanadi. Bag‘rikenglikning umuminsoniy mazmuni dunyodagi barcha xalqlarning o‘zaro do‘stligi va hamkorlikda yashashidan iborat. Bu g‘oyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga singdirilsa, kelgusida uni o‘z jamiyati va insoniyat hayoti uchun mas‘uliyat sezadigan shaxslar sifatida shakllanadi. Umuman O‘zbekistonning ta‘limga oid davlat siyosatida umuminsoniy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalanganlik darajasini baholash. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning samarasi o‘quvchilarning keyingi ta‘lim bosqichlariga tayyorgarligi bilan baholanadi.
O‘zbekistonning hozirgi ta‘lim tizimida boshlang‘ich sinfni bitiruvchilar ta‘limning quyidagi turlariga tayyorlanadi:
-o‘rta umumta‘lim maktablariga;
-Prezident maktablariga;
-ijod maktablariga;
-ixtisoslashtirilgan maktablariga.
Bu ta‘lim turlariga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tayyorlash jarayonida aynan ularning milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalanganligi muhim o‘rin tutadi. Shu sababli bu qadriyatlar asosida tarbiyalanganlik darajasini baholashning quyidagi indikatorlarini belgilash mumkin: -boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy qadriyatlarni bilishi; -mazkur toifa o‘quvchilarning umuminsoniy qadriyatlardan xabardorligi; -o‘quvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga rioya qilish ko‘nikmasiga egaligi; -o‘quvchilarning o‘z millati va o‘zga millatlarni hurmat qilishi. Bu indikatorlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalanganlik darajasini belgilab beradi. Shu sababli boshlang‘ich sinf Sinf rahbarlarining vazifalari kengayadi va yaqinda qabul qilinishi kutilayotgan ―O‘qituvchi maqomi to‘g‘risidagi Qonuni asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganib borish Sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilanmoqda.
Pedagogik adabiyotlarda ―indikator tushunchasi ta‘lim va tarbiyaning sifat ko‘rsatkichini belgilovchi atama sifatida ishlatiladi. Shu ma‘noda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ishida aynan indikatorlarga, ya‘ni ushbu ruhda tarbiyalanganlik darajasining sifat ko‘rsatkichiga e‘tibor berish muhim ahamiyatga ega. Bunda quyidagilarga asoslanish lozim:
-o‘quvchi ongi va yurish-turishida xalqimiz tabiatiga xos bo‘lgan milliylik, urf-odat va odoblar majmuining shaklanayotganligi;
-o‘quvchi axloqida va axloqiy munosabatlarida xalqimizning madaniyatida mavjud bo‘lgan o‘zgalarni hurmat qilish, shaxsiy manfaatlarni ustuvor qo‘ymaslik va o‘zgalarga doimo yordamga tayyor turish kabi umuminsoniy yondashuvlar shakllanayotganligi;
-o‘quvchining xatti-harakati va jamoaga moslashuvida jamoaning tartib-intizomiga va umumiy harakatlariga moslik shakllanayotganligi;
-o‘quvchining dunyoqarashida o‘zlikni anglash va indeal maqsadmuddaolarga intilish xislatlari shakllanayotganligi. Bularning barchasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ishini indikatorlar asosida amalga oshirish imkoniyatlarini beradi. Shu sababli bu asoslar aynan oliy pedagogik ta‘lim jarayonida talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi shart. Umuman milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dunyoqarashi, axloqi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish jamiyatning eng muhim ehtiyojlaridan biri hisoblanadi.

Download 71.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling