Mavzu: Tarbiyada yosh hususiyatlarini hisobga olish va yosh davrlarga bo‘lish Bajardi: 20/11 – guruh talabasi: Nasretdinova Qanoat Erkinovna reja


Download 0.83 Mb.
bet9/13
Sana26.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1232545
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Nasretdinova Qanoat Umumiy pedagogika

Uch yoshlilar shaxsini shakllantirishda ularni boshlagan ishni oxiriga etkazishga, qiyinchiliklarni engishga, sabr-toqatga, asabiylashmaslikka, bardoshlilikka, yig`idan o`zini tiyishga, ortiqcha hatti-harakat qilmaslikka o`rgatish juda katta ahamiyatga ega. Bolada ijobiy axloqiy ko`nikma va malakalar, odatlar mustaqil ishlarni bajarishga intilishda vujudga kela boshlaydi. Shuning uchun kattalar bolani topshiriqni qanday bajarishini nazorat qilib turishlari lozim. Umuman aytganda, bolani o`z holiga tashlab qo`yish pedagogik nazokatga xilofdir.

  • Uch yoshlilar shaxsini shakllantirishda ularni boshlagan ishni oxiriga etkazishga, qiyinchiliklarni engishga, sabr-toqatga, asabiylashmaslikka, bardoshlilikka, yig`idan o`zini tiyishga, ortiqcha hatti-harakat qilmaslikka o`rgatish juda katta ahamiyatga ega. Bolada ijobiy axloqiy ko`nikma va malakalar, odatlar mustaqil ishlarni bajarishga intilishda vujudga kela boshlaydi. Shuning uchun kattalar bolani topshiriqni qanday bajarishini nazorat qilib turishlari lozim. Umuman aytganda, bolani o`z holiga tashlab qo`yish pedagogik nazokatga xilofdir.

Rolli o`yinlar-maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati. Rolli o`yin mazkur yosh davridagi bolalarning eng muhim faoliyati bo`lib, ular bunday o`yinda go`yo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarining amalda bevosita “bajaradilar”. Shu boisdan o`yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voqelari, oilaviy turmush hodisalari, shaxslararo munosabatlarni umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, xis-tuyg`usi, o`zaro muomala va muloqotlarining xususiyatlarini, o`ziga va o`zgalarga, atrof-muhitga munosabatini yaqqol voqelik tarzida ijro etish uchun turli o`yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o`tovchi narsalardan ham foydalanadilar.

  • Rolli o`yinlar-maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati. Rolli o`yin mazkur yosh davridagi bolalarning eng muhim faoliyati bo`lib, ular bunday o`yinda go`yo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarining amalda bevosita “bajaradilar”. Shu boisdan o`yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voqelari, oilaviy turmush hodisalari, shaxslararo munosabatlarni umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, xis-tuyg`usi, o`zaro muomala va muloqotlarining xususiyatlarini, o`ziga va o`zgalarga, atrof-muhitga munosabatini yaqqol voqelik tarzida ijro etish uchun turli o`yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o`tovchi narsalardan ham foydalanadilar.
  • Yirik psixologlar A.Vallon, J.Piaje, L.S.Vo`gotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, D.B.Elkonin va boshqalarning fikricha, go`daklik davrida bolaning predmetli faoliyati negizida rolli o`yin uchun eng zarur sharoitlar asta-sekin vujudga kela boshlaydi. Mazkur olimlar va ularning shogirdlari to`plagan ma`lumotlarga asoslanib rolli o`yinlar vujudga keltiruvchi muhim omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
  • 1) go`daklik davridagi predmet bilan uni harakatlantirish orasidagi bog`liqlik o`z ahamiyatini yo`qota boradi, natijada predmet bilan harakat alohida xukm surish imkoniyati tug`iladi va bola ularni alohida umumlashgan tarzda aks ettira boshlaydi;
  • 2) bola haqiqiy o`yinchoqlar o`rniga ularning asl mohiyatini to`la aks ettiraolmaydigan yasama va beo`xshov nusxalaridan keng foydalanadi (fabrikada tayyorlangan qo`g`irchoq yoki avtomobil o`rniga yasab berilgan shunday narsalar bilan qanoatlanish);
  • 3) bolaning o`z hatti-harakatlari kattalarning ishlaridan farqlanishiga intilishi, unda o`ziga xos shaxsiy harakat ko`nikmasining paydo bo`lishi;
  • 4) bolada o`z xatti-harakatini kattalar faoliyati bilan qiyoslash, harakatlarning mohiyatini muvofiqlashtirish va aynan tuzilishi jihatdan bir-biriga yaqinlashtirish istagining tug`ilishi;
  • 5) bola kattalarning hayoti va faoliyatida uchrab turadigan, odatdagi turmush muammolarini o`zida aks ettiruvchi, ma`naviy va maishiy ko`rinishga ega bo`lgan hayot jabhasini o`z xatti-harakatida izchil ravishda tiklashga (ularning rolini bajarishga) o`rinishi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling