Mavzu: Tarbiyasi qiyinchiliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishda psixologni oʻrni


Download 346.49 Kb.
bet5/8
Sana21.01.2023
Hajmi346.49 Kb.
#1107430
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mirzarahmatova Shohida

Ibob xulosa Xulosa qilib aytganda yuqorida tilga olingan tarbiya shakllarini amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri – avvalo ota-onalarning ma'naviy bilim saviyasini oshirish, ularda sog'lom tafakkur va zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu esa har bir ota-onaning o'z farzandi oldidagi, el-yurt oldidagi burchini to'g'ri anglashni, insonning dunyoga kelishi va kamol topib rivojlanishiga oid bo'lgan qonuniyatlarni puxta bilishni, oilaviy munosabatlar doirasida milliy urf-odat va an'analarimizning eng nodirlarini turmushga singdirish orqali farzandlarimizda milliy qadriyatlarimizga bo'lgan mehr-muhabbatni uyg'otishni, shuningdek ularni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan hamda turli noto'g'ri yo'llarga kirib qolmaydigan barkamol avlod qilib tarbiyalashni taqozo etadi.
II bob Tarbiyada qiyinchiliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni empirik oʻrganish.Empirik so’z yunon tilidan olingan “empeirikos”, Bu” tajribali “degan ma’noni anglatadi.

Empirik bilim bu haqiqat bilan bevosita aloqada bo’lishga, tajriba va undan hosil bo’lgan idrokka asoslangan tushunchadir. Empirik bilim ilmiy bilimga ega bo’lmagan holda ma’lum bo’lgan hamma narsadan iborat.


Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni toʻgʻri qoʻllay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda.

Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir koʻrsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yigʻindisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni koʻrsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni koʻrsatish – bu usullar. Soʻz (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan bogʻliqlikda ba’zan tarbiya metodlari qoʻyilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud boʻladi.


Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda.Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.


Download 346.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling