Mavzu: Tarjima nazariyasiga rivojiga xissa qo`shgan o`zbek olimlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 82.08 Kb.
|
Tarjima nazariyasiga rivojiga xissa qo`shgan o`zbek olimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.Abduazizov
Gulnoza Odilova: — Bundan chorak asr muqaddam yaqin yillar ichida xorijiy tillardan bevosita tarjimaga o‘tish mumkinligiga hammayam ishonavermas edi. Qarangki bugun mana shunday kunlarga yetib keldik. Kitob do‘konlarimizda xorijiy tillardan tarjima qilingan ko‘plab asarlarni ko‘rish mumkin. Men ularni uch turkumga ajratib qarayman. Birinchisi, asliyatdan birmuncha farq qilsa-da, o‘qishli, badiiyligi saqlab qolingan vositachi til orqali qilingan tarjima asarlar. Ikkinchisi, “bevosita tarjima” yorlig‘i bilan siylangan, aslida vositachi til orqali qilingan tarjima asarlar. Uchinchisi, rostdan ham asliyatdan o‘girilgan tarjima asarlar. Shu o‘rinda, men ushbu ro‘yxatdagi uchinchi turkum asarlar boshiga “badiiy” so‘zini qo‘shib aytishga biroz iymanib turibman. Sababi bevosita tarjima industriyasida “badiiy” tarjima deya e’tirof etishga munosib asarlarga hali ko‘zim tushgani yo‘q. Ammo “bevosita tarjima”lar birin-ketin bosilmoqda. Modomiki, bu ish boshlangan ekan, uni takomillashtirish yo‘lida tarjimon-mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari va ular qoshida tashkil etilgan “Yosh tarjimonlar maktablari” va bu sohaning chinakam jonkuyari bo‘lgan tarjimashunos olimlar kuchini, sa’y-harakatini birlashtirish lozim. Shunda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishish mumkin bo‘ladi.
Albatta, Abduzuhur domla aytganlaridek, bevosita badiiy tarjima amaliyotini takomillashtirish uchun, avvalo, shu sohaga oid darslik va qo‘llanmalarni yangilash lozim. Buning uchun, ehtimol, mazkur sohaga oid qo‘llanmalarni nashr etishdan avval o‘qib tavsiya bera oladigan tarjimashunos olimlarning metodik kengashini tashkil etish kerak bo‘lar. Sababi, mashaqqatli mehnat va mablag‘ evaziga chop etilgan qo‘llanmani nashr etilgandan so‘ng tanqid qilgandan ko‘ra, nashrgacha taqrizga berib, xato va kamchiliklari ko‘rsatilsa, ta’lim tizimi rivoji uchun maqsadga muvofiq ish bo‘lardi. A.Abduazizov: — Zamon talabi darajasidagi tarjimonlarni tayyorlash uchun nafaqat tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha mukammal darslik, shuningdek, badiiy, ilmiy-texnik, idora ish uslubiga mos o‘quv qo‘llanmalari, ikki, uch va ko‘p tilli lug‘atlar yaratish talab etiladi. Hozircha chop etilgan inglizcha-o‘zbekcha, nemischa-o‘zbekcha, frantsuzcha-o‘zbekcha lug‘atlarning foydali jihatlarini kamsitmagan holda aytish joizki, bu lug‘atlar hali tarjimonlarning talabini qoniqtirmaydi. Endilikda katta izohli sinonimik va qomusiy lug‘atlar kerak, hatto tarjima nazariyasi amaliyotiga doir izohli lug‘at tayyorlashni ham o‘ylash zarur. Negaki, tarjima nazariyasi va amaliyoti bilan bog‘liq ko‘pgina masalalar yetarlicha aniq hal etilgan emas. Xususan, tarjimada so‘zlarning tartibini o‘zgartirish yoki o‘rnini almashtirish, so‘z qo‘shish yoki tushirib qoldirish nima uchun va qay holatda ro‘y berishi va ularning barchasini umumiy nom bilan tarjimada transformatsiya (leksik, grammatik va stilistik) deb atalishi yaxshi o‘rganilmagan. Tarjimaning qiyosiy tilshunoslik bilan “egizak”ligi ma’lum. Biroq tarjimaning grammatik, leksik va stilistik muammolarini mustaqil ilmiy tadqiq etmasdan turib, uning pragmatika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika va semiotika bilan aloqalarini o‘rganib bo‘lmaydi. Mashhur tilshunos, tarjimashunos Roman Yakobsonning yozishicha, bir tildagi belgini boshqa tildagi belgi bilan bera bilishning uch turi mavjud: birinchisi, tarjima qilinayotgan asar tilidagi belgini boshqa belgi yordamida tarjima qilish yoki unga boshqa nom berish; ikkinchisi, semiotik belgilarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish; uchinchisi, semiotik tizimlararo tarjima: til belgilarini musiqa, raqs, kino, rasm bilan bera bilish. Hali biz bunday tarjima muammolarini o‘rganishdan ancha yiroqmiz. Xorijdagi tarjimashunoslikka doir tadqiqotlarni chuqurroq o‘rganish bo‘lg‘usi tarjimonlar uchun juda foydalidir. Taniqli olimlar Jon Ketfordning yoki Yudjin Naydaning tarjima nazariyasiga bag‘ishlangan kitoblari hanuz o‘z ilmiy ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bunday asarlarni talabalarga seminar mashg‘ulotlarida tahlil qilishni o‘rgatish zarur. Chunonchi, tarjima nazariyasini chuqur o‘rganmay turib tarjima asarning tahlili haqida gapirish ortiqcha. Hozir tarjimonlar ko‘paygani quvonarli hol, biroq amalga oshirilayotgan tarjimalar sifati haqida o‘ylashimiz zarur. Faqat Toshkentda emas, balki viloyatlarda ham tarjima kitoblar bosilayotir. Biroq bu tarjimalarni kimlar o‘qib tahrir qilmoqda, kimlar tarjima talabga javob berishiga kafolat bo‘lmoqda? Bu tarjimalar faqat rus tilidangina emas, balki boshqa xorijiy tillardan o‘girilgan. Rus tilidan o‘zbek tiliga qoyilmaqom tarjima qila biladigan usta tarjimonlar bor. Ba’zan ular ham ingliz tilidan qilingan tarjimalarga, hatto dissertatsiyalarga taqriz berishadiki, endilikda bunday ishdan tiyilish lozim. Tarjima qilingan asar tilini bilmagan kishi u haqida nima deyishi mumkin?! Har holda bir tildan ag‘darilgan asarni shu tilni bilgan mutaxassis ko‘rib chiqsa foydalidir. Biror mutaxassis, tarjimon ko‘rib taqriz bermagan tarjima asarni nashr etishga shoshilmaslik kerak. Yaqinda qo‘limga arxeologik san’at yodgorliklari haqida ma’lumot beradigan ingliz tilida nashr etilgan kitobcha tushib qoldi. Oldin ham bunday ma’lumotnoma asarlar tarjimasida xatoliklarga duch kelgandim. Masalan, Xiva shahri haqida inglizcha kitobchadan Xiva Xazoraspdan 8 farsax, boshqa manbaga ko‘ra 10 farsax uzoq deb yozilgan. Agar bir farsax 9,3 metr bo‘lsa, Xiva Xazoraspdan 74,4 metr uzoqlikda bo‘lib qoladi. Aslida shu kitobchaning frantsuzcha nashrida bu masofa 56 kilometr deb to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Yoki ko‘chalarimizdagi reklamalar tarjimasidagi no‘noqlikka bir misol: “Snikersni to‘xtatma!” Bunday misollar juda ko‘p. Download 82.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling