Mavzu: Tarjima nazariyasiga rivojiga xissa qo`shgan o`zbek olimlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 82.08 Kb.
|
Tarjima nazariyasiga rivojiga xissa qo`shgan o`zbek olimlari
M.Xolbekov: — Davra suhbatida ko‘tarilgan masalalar, bildirilgan fikr-mulohazalar, istak-takliflarni umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, haqiqatan ham mustaqillik davrida xorijiy tillardan o‘zbek tiliga va ona tilimizdan chet el tillariga tarjima amaliyoti har jihatdan rivojlandi, ayniqsa, asliyatdan tarjima jonlangani quvonarli holdir. Ayni paytda tarjima nazariyasi, asoslari, yo‘nalishlariga doir zamon talabiga mos tadqiqotlar, darslik va qo‘llanmalar, bevosita badiiy tarjimaga oid lug‘atlar yaratishda sustkashlik bor. Qolaversa, tarjima tanqidi faoliyati ko‘ngildagidek emas. Bu muammolarni hal etish uchun amalga oshirilayotgan ishlardan umidimiz katta. Xususan, tarjimashunoslik sohasiga, bevosita badiiy tarjima amaliyotiga kirib kelayotgan yoshlar, ularning Yozuvchilar uyushmasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani quvonarli hol. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida (2010), O‘zbekiston Milliy universitetida (2012, 2013), Samarqand davlat chet tillar institutida (2012), Toshkent davlat sharqshunoslik institutida (2012) bo‘lib o‘tgan ilmiy anjumanlarda yosh tarjimashunos va tarjimonlarning faol ishtiroki yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.
Xulosa Xulosa qilib aytganda, yuqorida aytilgan fikr-mulohazalar sohaga doir muammolarni aniqlab olishda, tarjima nazariyasi va amaliyoti, tarjima tanqidi bo‘yicha olimlar, tadqiqotchilar, tarjimonlar va barcha ijodkorlar sa’y-harakati yanada izchillik kasb etishida, hamkorligimiz samaralari ortishida turtki bo‘ladi. O‘zbekiston zaminidagi tarjima maktablari haqida gap ketganda, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Al-Farg‘oniy, Forobiy, Mahmud Koshg‘ariy, Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojiblarning tarjimalari, Alisher Navoiyning tarjimonlik faoliyati va uning asarlarining dunyo tillariga tarjimasi tarixi, Xorazm tarjima maktabi vakillari Muhammadrizo Ogahiy, Komil Xorazmiy, Toshkent tarjima maktabi vakillari Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Abdulla Qahhor, Oybek, Fafur Fulom, Maqsud Shayxzoda va boshqalarning tarjimonlik faoliyati, Faybulla Salomov, Ozod Sharofiddinov, Amir Fayzullolarning tarjimashunoslikka qo‘shgan hissalarini ta’kidlab o‘tish mumkin. Nazariy tarjimashunoslik – O‘zbekistonda nisbatan yangi soha. Tarjimashunoslik ilmiy asosda XX asrning o‘ttizinchi yillaridan shakllana boshladi. Talantli tarjimon va olim Sanjar Siddiqning "Adabiy tarjima san’ati" (1936 y.) kitobi O‘zbekistonda tarjima nazariyasiga bag‘ishlangan ilk puxta ilmiy kitobdir. Sanjar Siddiq bilan birga yonma-yon Sotti Husayn, Mannon Roik, Madamin Davron, S.Palastrov, M.Sale singari amaliyotchi tarjimonlar tarjimashunoslik bilan faol shug‘ullanib, nashr etilayotgan tarjima asarlarning yutuq va kamchiliklarini tahlildan o‘tkazib borganlar. Jadidchilar faoliyati bilan filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Dadaboyev shug‘ullangan. Ularning faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarni o‘zining tadqiqot ishlarida yoritib bergan. Biroq mazkur sohada, ya’ni ilmiy tarjima borasida tadqiqot ishlarining ko‘lami aytarli darajada ko‘p emas, bu borada qilinadigan ishlar ko‘p. Odatda badiiy asarni muallif nazarda tutgan g‘oya va tarjima matni o‘quvchisining mavqei, mentaliteti, dunyoqarashi, ijtimoiy holati kabi omillarni hisobga olib, tarjima qilish mumkin. Zamonaviy biznes olamida tarjima jarayoni majburiy sifat standartlariga amal qilmasdan, mijoz tomonidan talab qilinadigan oddiygina tarjima sifatini ta’minlash mumkin emas. Aynan shu fakt Yevropa hamda Amerika tarjimonlar assotsiatsiyasini tarjima materiallaridan foydalanuvchilarni himoya qilish va ularni bundan xabardor qilishga yo‘naltirilgan umummilliy standartlarni ishlab chiqish haqida muzokara boshlashga majbur qildi. YeN 15038 Yeuropean umumevropa tarjima standarti 2006 yil 1 avgustda kuchga kirgan, Yevropa standartlashtirish qo‘mitasi 30 mamlakatning tarjimada qo‘llanadigan terminologiya standartlarini birlashtirdi, til bilan bog‘liq xizmatlarni amalga oshiruvchilarga qo‘yiladigan asosiy talablarni, tarjima iste’molchilari huquq va majburiyatlarini belgilab berdi. Tarjimada siz ta’kidlab o‘tgan uch jihatning barchasi ham muhim. Biroq tarjimon mahorati ular orasida eng muhimi hisoblanib, qolgan ikki jihatni to‘ldirib ketishi mumkin. Agar tarjimon yetarli darajada bilim va tajribaga ega bo‘lmasa, tarjima to‘laqonli chiqishi mushkul. Agar bu ikki sifat yetarli bo‘lsa, ijodiy metodlardan foydalanib, saviyasiz asarni ham saviyali ko‘rinishda tarjima qilishi va buyurtmachi ehtiyojini to‘la qondirishi mumkin. O‘zbekistonda tarjima nazariyasi va amaliyoti sohasining shakllanishi va rivojlanishida samarqandlik olimlarning munosib hissasi bor. Tarjimashunoslik Samarqandda fan sifatida farangzabon adabiyot namunalarini rus tili vositasida o‘zbek tiliga o‘girishning nazariy aspektlarini ilmiy tadqiq qilish orqali boshlangan. 1963 yilda samarqandlik iqtidorli tarjimashunos olim Yusufjon Po‘latov "O‘zbekistonda chet el adabiyoti va Gi de Mopassan novellalarining o‘zbek tiliga tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari" mavzusiga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Bu dissertatsiyada ilk bor rus tili orqali o‘zbek tiliga o‘girilgan Mopassan novellalari tarjimasining lisoniy va uslubiy o‘ziga xosliklari o‘rganilib, o‘zbek tarjimashunosligi fanida yangi yo‘nalish ochib berildi. Yana bir samarqandlik olim M.Xolbekovning tadqiqotlari ham o‘zbek-fransuz tarjimachiligi va adabiy aloqalarining rivojlanishiga bag‘ishlanadi. Uning O‘zbekistonda fransuz adabiyotining tarjima tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasi va tarjima tanqidchiligiga oid qator maqolalari Samarqand tarjima maktabi rivojiga xizmat qildi. Samarqand davlat chet tillar institutida tarjimonlik bo‘limining ochilishi bu yerda iqtidorli tarjimonlar tayyorlashga ixtisoslashgan professor-o‘qituvchilarning to‘planishiga, bu bilan respublikamiz tarjimonlik maktabiga bevosita chet tillardan tarjima qila oladigan mutaxassislar yetishib chiqishiga zamin yaratdi. Afsuski, Samarqand tarjimashunoslik maktabi so‘nggi yillarda juda katta yo‘qotishlarga uchradi. Poshali Usmon, Abdimurod Ko‘chiboyev, Salim Jabborov, Salohiddin Hayitov kabi zabardast ustoz-tarjimonlar va olimlar bizni tark etishdi, bu nafaqat tarjimonlik sohasi, balki butun Samarqand adabiy muhiti uchun jiddiy yo‘qotishdir. Bugun faol ijod bilan mashg‘ul tarjimonlar Dinara Sultonova, Eshqobil Vali, Oybek Ostonovlarning nomlari tez-tez qulog‘imizga chalinib, bizni quvontirmoqda. SamDChTI talabalari orasida ham badiiy tarjima bilan jiddiy shug‘ullanishni niyat qilgan bir talay yosh iqtidorlar bor, biroq ular bilan hali ko‘p ishlashimiz kerak. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2012-2014 yillarda "O‘zbek adabiyoti antologiyasini ingliz tiliga tarjima qilish va adabiyotlararo muloqot" mavzuidagi ilmiy-amaliy loyiha amalga oshirildi. Mazkur loyiha doirasida o‘zbek adabiyotining sara namunalaridan 18 tasi o‘zbek tilidan bevosita ingliz tiliga tarjima qilindi. Ular orasida Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" asari ham bor. Asarlarni tanlashda avvalo, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda tarjimon olimlardan Ibrohim Fafurov, Omon Mo‘minov va Nosir Qambarovlarning tavsiyalariga tayandik. Tarjima jarayonida biz asarni asliyat shaklida saqlashga, o‘zbek mentalitetiga xos milliy-madaniy urf-odat, tarixiy, an’ana hamda marosimlarda ishlatiladigan so‘z va iboralarni saqlab qolishga harakat qilganmiz. Asarni tarjima qilish uchun kun va oylar kerak bo‘ldi, o‘ziga yarasha qiyinchiliklar bizni nashr qilishdan uzoqlashtirdi. Mutasaddi shaxslardan amaliy yordam so‘rab, asarning mohiyati, uning bugungi kundagi ahamiyati va dolzarbligi haqida aytishga harakat qildim. Asar tarjimasi borasida adabiyot va tilshunoslik sohasiga qiziqqan bir qancha xorijlik mutaxassislarga murojaat qildim. Natijani Samarqanddan topishga muyassar bo‘ldim. Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2017 o‘quv yili uchun AQSh elchixonasining ko‘ngilli ingliz tili o‘qituvchisi Ellis Britan biriktirilganligi meni quvontirdi. Biz tahrir ustida uch oy birgalikda ishladik. Odatda tarjimon nashriyot tomonidan gonorar ko‘rinishida moddiy rag‘batlantiriladi. Agarda kelajakda milliy adabiyotlarimizni tarjima qilishda davlat tashkilotlari, vazirlik va uyushmalar tomonidan loyiha sifatida mablag‘lar ajratilib, qo‘llab-quvvatlansa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bizning urf-odat, madaniyatimiz, ma’naviyatimiz, tariximiz va tilimizning betakrorligini inobatga olsak, bu dunyo xalqlarini qiziqtirishi aniq. Albatta, tarjimonlarni moddiy rag‘batlantirib, ularga yetarli e’tibor berilsa, yurtimizda tarjima san’ati yanada rivojlanishiga shubha yo‘q. Mamlakatimiz kundan-kun rivojlanib, dunyo sahniga chiqib boryapti. O‘zbek adabiyoti, madaniyati va urf-odatlari dunyo mamlakatlarining nazarida bo‘lishini inobatga olishimiz kerak. Xorijliklar yurtimizga kelishdan oldin tariximiz va madaniyatimizni sinchiklab o‘rganib chiqishga harakat qilishadi. Biz yana o‘ndan ortiq asarlarni tarjima qilishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz, bular hozircha sir bo‘la qolsin, sababi tarjima ertaga tayyor bo‘ladi, deydigan narsa emas. Bo‘lajak tarjimonlarga asl adabiyotimizni chuqur o‘rganishni maslahat bergan bo‘lardim. Download 82.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling