Mavzu: tarkibida alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar


Download 97.45 Kb.
bet5/13
Sana16.04.2023
Hajmi97.45 Kb.
#1359449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tarkibida alkoloid saqlovchi dorivor osimliklar

Geografik tarqalishi. Itsigak o‘simligi cho‘l, yarimcho‘l va sho‘r tuproqli yerlarda o‘sadi. U, asosan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalarida, Quyi Volgabo‘yi hamda Shimoliy Kavkazda uchraydi. Mahsulot shu tumanlarda tayyorlanadi. Mahsulot tayyorlash. O‘simlikning bir yillik novdalari iyulsentabr oylarida, ya’ni gullashidan yoki meva pishishidan oldin o‘roq bilan o‘rib olinadi. Yig‘ilgan mahsulot g‘aram qilib bir kun so‘litiladi. Kevin quritiladi. Quritilgan mahsulot mashinada maydalanib, elakda elanib, yog‘ochlangan qismlardan tozalanadi. O‘simlikda kelasi yili yashil rangli shoxchalar ko‘payishi uchun kuzda ildiz bo‘g‘izidan 10 sm yuqori qilib qirqib tashlanadi.

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot yirik maydalangan o‘simlik yerustki qismining aralashmasidan iborat. Bir yillik novdalar kulrang yoki yashil rangli, silindrsimon, qattiq, tuksiz, uzunligi 3—4 sm, yo‘g‘onligi 0,3 sm li bo‘lakchalardan tashkil topgan. Barglari yaxshi taraqqiy etmagan, ikkita uchburchak shaklida bo‘lib, novdalarida qini bilan birlashgan holda pardasimon tangacha hosil qiladi. Tangachalarqo‘ltig‘ida tuklar bo‘ladi (qizilchadan farqi). Maydalangan mahsulot qizilchaga — efedraga juda o‘xshab ketadi. Mahsulot kuchsiz hid va achchiq mazaga ega. Itsigakning yerustki qismi namlikni tez shimib oladi. Shuning uchun u faqat quruq joyda saqlanishi lozim. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 2—3% (ba’zan yosh shoxchalarida 1,2% gacha) alkaloidlar bo‘ladi. Gul va mevalarida alkaloidlar kam, ildizi va ko‘p yillik yog‘ochlangan poyasida deyarli bo‘lmaydi. O‘simlikning asosiy alkaloidi anabazin. U nihoyatda zaharli, uchuvchan, suyuq alkaloid. Mahsulot tarkibida anabazindan tashqari yana afillin, afillidin, lupinin va boshqa alkaloidlar hamda 13—26% organik kislotalar va boshqa moddalar bo‘ladi. Mahsulot tarkibidagi anabazin miqdori 1,2% dan kam bo‘lmasligi kerak.

Ishlatilishi. Anabazin alkaloidi o‘zining farmakologik xossasi bo‘yicha nikotin, sitizin va lobelinga yaqin. Uning gidroxlorid tuzi kichik miqdorda tamaki chekishni tashlashni osonlashtirish uchun qo‘llaniladi. Anabazin hosilasi — metilanabazin nafas olish markazini qo‘zg‘atuvchi stimulator vosita sifatida ishlatishga tavsiya etilgan. Anabazindan yana nikotin kislota (vitamin PP) olinadi. Qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiruvchi hasharotlarga qarshi kurashishda anabazin sulfatni suvdagi eritmasidan foydalaniladi. Dorivor preparatlari. Anabazin gidroxlorid 0,003 g li tabletka holida chiqariladi.


Download 97.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling