Mavzu: tarkibida alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar
Download 97.45 Kb.
|
Tarkibida alkoloid saqlovchi dorivor osimliklar
Tog‘ qizilchasi (efedrasi) bo‘yi 1,5, ba’zan 2,5 m ga yetadigan ikki uyli, sershox buta. Poyasi yo‘g‘on bo‘lib, kulrang po‘stloq bilan qoplangan. Shox va shoxchalari mayda, kalta, yashil rangli, pastki shoxchalari to‘p-to‘p, yuqoridagi shoxchalari qarama-qarshi joylashgan. Barglari nihoyatda reduksiyalangan, tangasimon bo‘lib, shoxlarining bo‘g‘imlarida qaramaqarshi o‘rnashgan. Gullari bir jinsli, otalik hamda onalik gullari alohida o‘simliklarda joylashgan. Otalik gullari boshoqqa (2—4 ta guldan iborat) to‘plangan bo‘lib, har qaysi otalik bir-biriga qo‘shilib ketgan ikkita bargcha bilan o‘ralgan. Onalik gullari ichki va tashqi (ochiq) qoplag‘ich bilan o‘ralgan urug‘kurtakdan tashkil topgan. Urug‘kurtakni mayda gulyonbarglari o‘rab turadi. Urug‘kurtakdan qizil rangli, bitta urug‘li g‘udda meva paydo bo‘ladi. Urug‘kurtakning tashqi qoplag‘ichi — g‘udda mevaning sersuv qismini, ichki qoplag‘ichi esa qattiq po‘stini hosil qiladi. May-iyun oylarida gullaydi, g‘udda mevasi iyul-avgustda yetiladi. Qizilcha (efedra) turlari zaharli o‘simliklar.Geografik tarqalishi. Tog‘ qizilchasi (efedrasi) dengiz sathidan 1000—1800 m balandlikdagi tog‘ yonbag‘irlarida, quruq, shag‘alli ochiq qiyalarda o‘sadi. Asosan, O‘rta Osiyoning Tyanshan, Pomir-Oloy, Jung‘ar Olatau va Kopetdog‘ tog‘larida, qisman Oltoy va Kavkazda uchraydi. Mahsulot Qozog‘istonning Olmaota, Jambul viloyatlarining, Qirg‘iziston va O‘zbekiston (Zarafshon vodiysida) Respublikalarining tog‘li tumanlarida tayyorlanadi. Mahsulot tayyorlash. Mahsulot aprel oyidan boshlab yoz va kuz oylarida yig‘iladi, faqat iyun oyida tayyorlanmaydi (iyunda o‘simlikning yuqori va o‘rta qismidagi o‘tgan yilgi novdalari to‘kila boshlaydi). O‘simlikning yashil rangli shox va shoxchalarini qo‘l bilan sindirib yoki pichoq, o‘roq bilan qirqib olinadi. Mahsulot ochiq yerda quyoshda quritiladi.Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot yashil rangli shox va shoxchalardan iborat. Shoxchalar g‘ovak o‘zakli, yog‘ochlangan, silindrsimon bo‘g‘im oraliqlaridan iborat bo‘lib, uzunligi 2 sm, diametri 1,5 mm. Bo‘g‘imda qini bilan birikkan, reduksiyalangan, uchburchakli tangachasimon barglar o‘rnashgan. Mahsulot hidsiz, achchiq, o‘tkir mazasi bor. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 0,6—3,2% alkaloid bo‘ladi (standartga ko‘ra, absolut quruq mahsulot tarkibidagi alkaloidlar yig‘indisi 1,6% dan kam bo‘lmasligi kerak). Alkaloidlar yig‘indisining taxminan 90% i efedrin, qolgan qismini esa psevdoefedrin va metilefedrin alkaloidlari tashkil etadi. Mahsulot tarkibida alkaloidlardan tashqari, fenol kislotalar, 660 mg% vitamin C, 7—14,04% oshlovchi va bo‘yoq moddalar uchraydi. Efedrinning xlorid kislota bilan hosil qilgan tuzi — efedrin gidroxlorid suvda va spirtda yaxshi eriydigan, rangsiz, hidsiz, achchiq mazali kristall moddadir.Download 97.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling