Mavzu: tarkibida alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar


Download 97.45 Kb.
bet4/13
Sana16.04.2023
Hajmi97.45 Kb.
#1359449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tarkibida alkoloid saqlovchi dorivor osimliklar

Ishlatilishi. Efedrin kishi organizmiga adrenalinga o‘xshash ta’sir qiladi (simpatik nervlarni qo‘zg‘atadi, qorin bo‘shlig‘i va teridagi qon tomirlarni nihoyatda toraytiradi). U adrenalindan asosan kam zaharliligi, sekin, lekin uzoq ta’sir qilishi bilan farq qiladi. Efedrin og‘ir operatsiya yoki jarohatdan so‘ng ko‘p qon yo‘qotilishi natijasida yuz bergan kollaps holatida, qon bosimi pasayganda (giðotoniya), miasteniya, allergik bronxial astma, pichan isitmasida (pichan astmasi), eshakemi toshganda, vazomotor tumov va boshqa kasalliklarda ishlatiladi. Bundan tashqari, efedrin alkaloidi morfin, skopolamin va gangliolitiklar bilan zaharlanganda ham qo‘llanadi. Dorivor preparati. Efedrin gidroxlorid kukun (poroshok), tabletka va ampuladagi eritma holida chiqariladi. Efedrin gidroxlorid turli kompleks preparatlar tarkibiga kiradi

Cho‘l qizilchasi (efedrasi) morfologik jihatdan tog‘ qizilchasiga juda o‘xshab ketadi. U tog‘ qizilchasidan bo‘yining pastligi (1 m gacha), urug‘kurtagi naychasining uzunligi (4—5 mm) va g‘udda mevasining ikkita urug‘liligi bilan farq qiladi. Cho‘l qizilchasi tog‘ qizilchasi o‘sadigan tumanlarda tog‘ning past qismidagi quruq joylarda va yarimcho‘llarda o‘sadi. Cho‘l qizilchasining yerustki yashil qismi tarkibida 0,5— 2,2% alkaloid, 2,34—8,13% oshlovchi va bo‘yoq moddalar bo‘ladi. Alkaloidlar yig‘indisining 70—95% ini psevdoefedrin alkaloidi tashkil etadi. Cho‘l qizilchasida tog‘ qizilchasiga nisbatan alkaloidlar kam bo‘ladi, shu sababli u tog‘ qizilchasi yetishmagan taqdirdagina tayyorlanadi.

TARKIBIDA PIRIDIN HOSILASIGA KIRUVCHI ALKALOIDLAR BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR ITSIGAK YERUSTKI QISMI – HERBA ANABASIDIS

O‘simlikning nomi. Bargsiz itsigak — Anabasis aphylla L., sho‘radoshlar — Chenopodiaceae oilasiga kiradi. Itsigak bo‘yi 35—90 sm ga yetadigan yarimbuta. Poyasi tik o‘suvchi, bo‘g‘inli, sershoxli (shoxlar qarama-qarshi joylashgan, bo‘g‘inli), tuksiz, pastki qismi yog‘ochlangan bo‘lib, kuzda asos qismigacha qurib qoladi. Bargi taraqqiy etmagan. Gullari mayda, ko‘rimsiz, guloldi bargchalari qo‘ltig‘iga yakkayakka joylashib, boshoqsimon to‘pgulni tashkil etadi. Gulqo‘rg‘oni oddiy, pardasimon besh bargli, shulardan tashqari tomondagi uchtasi meva bilan taraqqiy etib, yumaloq, buyraksimon sarg‘ish qanot hosil qiladi. Otaligi 5 ta, onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan, Mevasi – qanotli, yumaloq, yon tomonlari yassi, bir urug‘li, sersuv, danaksiz, ho‘l meva. Iyul oyining oxiridan boshlab, avgustning oxirigacha gullaydi, mevasi oktabr oxirlarida pishadi. Nihoyatda zaharli!


Download 97.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling