ALKALOIDLARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI Ko‘pchilik alkaloidlar rangsiz, optik faol (qutblangan nur tekisligini og‘diruvchi), hidsiz, achchiq mazali, uchmaydigan, qattiq kristall yoki amorf modda. Shu bilan birga, rangli (berberin to‘q sariq rangga bo‘yalgan), suyuq, hidli va uchuvchan (anabazin, nikotin, koniin va boshqalar) alkaloidlar ham bo‘ladi. Alkaloidlar o‘simliklar tarkibida 3 xil ko‘rinishda uchraydi: 1.Sof (asos) holida. 2. Kislotalar bilan birikkan birikmalar — tuzlar holida. 3. Azot atomi bo‘yicha oksidlangan N — oksid shaklida. O‘simlik to‘qimasida alkaloidlar ko‘pincha organik (oksalat, olma, limon, vino va boshqa), mineral (sulfat, fosfat va boshqa) va ba’zan o‘simliklarning o‘ziga xos (mekon, xin, xelidon va boshqalar) kislotalar bilanSof (asos) holdagi alkaloidlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda erimaydi. Ularning kislotalar bilan hosil qilgan birikmalari — alkaloidlarning tuzlari esa suvda yaxshi eriydi, ammo organik erituvchilarda erimaydi birikkan tuzlar holida uchraydi. Alkaloidlar tibbiyotda ishlatiladigan dorivor moddalar ichida eng qimmatligi hisoblanadi. Ular ko‘pincha spetsifik (ma’lum kasallikka nisbatan) va boshqa dorilar bilan almashtirib bo‘lmaydigan ta’sirga ega bo‘lganligi uchun turli kasalliklarni davolashda keng miqyosda ishlatiladi. Dorixona va zavodlarda alkaloidli mahsulotlardan har xil dori turlari (damlama, qaynatma, nastoyka, ekstraktlar, yangi Galen preparatlari) tayyorlanadi hamda sof holdagi alkaloidlar va ularning tuzlari ajratib olinadi. TARKIBIDA ASIKLIK (OCHIQ ZANJIRLI) VA AZOT YON ZANJIRIDA JOYLASHGAN ALKALOIDLAR BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR QIZILCHA (EFEDRA) YERUSTKI QISMI – HERBA EPHEDRAE O‘simlikning nomi. Qizilchaning (efedraning) turlari — Ephedra sp.; qizilchadoshlar — Ephedraceae oilasiga kiradi. O‘zbekistonda qizilchaning 6 turi bor. Shulardan faqat quyidagi ikkitasidan efedrin alkaloidi olinadi: tog‘ qizilchasi (efedrasi) — Ephedra equisetina Bge. va cho‘l qizilchasi (efedrasi)— Ephedra intermedia Schrenk.
Do'stlaringiz bilan baham: |