Mavzu: tarkibida alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar


Download 97.45 Kb.
bet7/13
Sana16.04.2023
Hajmi97.45 Kb.
#1359449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Tarkibida alkoloid saqlovchi dorivor osimliklar

Turkiston termopsisi Qirg‘izistonda (Issiqko‘l atrofida, Shimoliy va Markaziy Tyanshanda hamda Qirg‘iz Olatog‘ida) uchraydi. Asosan, daryo vodiysida, ko‘l bo‘ylarida, tog‘ qiyalarida, o‘tloqlarda, butalar orasida o‘sadi. Ketma-ket gulli afsonak O‘rta Osiyoda (G‘arbiy Tyanshan tog‘larida, O‘zbekistonda Toshkent viloyatining tog‘li tumanlarida) tog‘larning pastki qismidagi va tog‘ etaklaridagi mayda tosh-tuproqli qiyalarda, tog‘ daryo vodiylarida hamda begona o‘t sifatida bug‘doyzorlarda o‘sadi. Mahsulot Toshkent viloyatida tayyorlanadi. Mahsulot tayyorlash. O‘simlikning yerustki qismi gullaganida o‘rib olinadi. Soya yerda quritiladi, meva pishganda (avgust-sentabr oylarida) yig‘ib olinadi va ochiq yerda quritiladi. Qurigan mevalar yanchiladi va urug‘i ajratib olinadi. Singan urug‘lar g‘alvirda elab, ajratib tashlanadi.

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot o‘simlikning yerustki qismidan (poyasi, bargi va gullaridan) hamda alohida urug‘lardan iborat. Poya 30 sm gacha uzunlikda, shoxlanmagan yoki shoxlangan, jo‘yakli bo‘lib, siyrak, yumshoq oq tuklar bilan qoplangan. Bargi qisqa bandli, uch plastinkali, ikkita qo‘shimcha bargli, o‘tkir uchli, yuqori tomoni tuksiz, pastki tomoni esa yopishgan tuklar bilan qoplangan. Barg bo‘laklari cho‘ziq lansetsimon, ingichka, uzunligi 30—60 mm, eni 5—12 mm (namlanganda), qo‘shimcha barglari lansetsimon, barg bandidan uzun va bargidan ikki marta kalta. Gullari yirik, sariq rangli, gulkosachasi yopishqoq tukli, qo‘ng‘iroqsimon, notekis besh tishli, tojbargi qiyshiq, beshta bo‘lib, yuqoridagisi yelkanni, ikkita yon tomondagisi kurakchani, pastki ikkitasi birlashib, qayiqchani eslatadi. Otaligi 10 ta, hammasi birlashmagan (boshqa dukkakdoshlardan farqi), onalik tuguni bir xonali, yuqorida joylashgan. Mahsulotning o‘ziga xos kuchsiz hidi bor. Nishtarsimon afsonakning (lansetsimon termopsisning) urug‘i silliq, yaltiroq, qo‘ng‘irrangli, buyraksimon, yuma-loq, kindikli bo‘lib, uzunligi 2,5—5 mm, qalinligi 0,5—3mmga teng.

Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi (12-rasm). Bargning yuqori epidermis hujayralari ko‘pburchakli, yon devori esa biroz egri-bugri, pastki epidermis hujayralari katta va cho‘ziq hamda egri-bugri devorli bo‘ladi. Tuklarning asos qismi joylashgan epidermis hujayralari to‘g‘ri devorli bo‘lib, markazdan nursimon tarqalib, rozetkalarni tashkil etadi. Ana shu rozetkalar o‘rtasidan tuklar o‘sib chiqadi. Tuklar tushib ketganda Lining birlashgan o‘rni —o‘simta yumaloq bo‘lib ko‘rinadi. Bargdagi tuklar juda ko‘p, uch hujayrali, pastki qismi 2 ta asos (bazal) hujayradan tashkil topgan. Asos hujayralari kalta, birinchi, ya’ni pastki hujayra epidermisning ichiga kirib ketgan. Uni faqat bargning ko‘ndalang kesimida ko‘rish mumkin. Ikkinchi asos hujayra sharsimon bo‘lib, epidermis ustiga joylashgan. Tuklarning uchinchi — terminal hujayrasi juda uzun, u asos hujayrada to‘g‘ri burchak bo‘ylab o‘rnashgan. Shuning uchun bu tuklar ustki tomondan qaraganda bir hujayrali va yopishib ketganga o‘xshab ko‘rinadi.


Download 97.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling