Mavzu: tarkibida alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar


Download 97.45 Kb.
bet10/13
Sana16.04.2023
Hajmi97.45 Kb.
#1359449
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Tarkibida alkoloid saqlovchi dorivor osimliklar

Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi (14-rasm). Mahsulotda har xil yoshdagi barglar bo‘ladi. Shu sababli ulardagi tuklar va kristallar miqdori turlicha. Epidermis hujayralar devori egri-bugri, ustitsalar bargning har ikki tomoniga joylashgan. Tuklar yupqa devorli, uzun, ko‘p hujayrali, oddiy yoki bezli boshchali bo‘lib yosh barglarida juda ko‘p. Barg chetida mingdevona o‘simligiga xos ko‘p hujayrali, cho‘zinchoq yoki yumaloq boshli, uzun, ko‘p hujayrali oyoqli tuklarni ko‘rish mumkin. Barg o‘sgan sari tuklar qurib, yo‘qola boradi. Kristallari tiniq, kalta prizma va kub shaklida bo‘lib, yakka holda uchraydi. Juda yosh barglarida esa yaltiroq sferokristallar yumaloq shaklda ko‘rinadi. Barg o‘sishi bilan avval tomirlarga yaqin joyda, so‘ngra uning hamma qismida kubik va prizma shaklidagi kristallar vujudga keladi. Juda yirik va qari barglarida esa 2—3 tasi birlashgan kristallarni, drazlarni (ba’zan tomirida turli shakldagi kristall qumlarni) uchratish mumkin.

Kimyoviy tarkibi. O‘simlikning hamma qismida (ildizida 0,15—0,17%, bargida 0,045—0,1%, poyasida 0,02% atrofida, urug‘ida 0,06–0,1%) alkaloidlar bo‘ladi. XI DF ga ko‘ra, barg tarkibida alkaloidlar miqdori 0,05% dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘simlikning asosiy alkaloidlari — giossiamin, atropin va skopolamin. Ishlatilishi. Mingdevona preparatlari belladonna preparatlari kabi og‘riq qoldirishda va turli spazmatik holatlarda ishlatiladi. Mingdevona moyini xloroform bilan aralashtirib (suyuq surtma holatida) revmatizm va nevralgiya kasalliklarida muskullar og‘riganda og‘rigan yerga surtiladi. Dorivor preparatlari. Quruq ekstrakt, mingdevona moyi. Mingdevona bargi bronxial astma kasalligida chekiladigan kukun (poroshok): „Astmatol“ va „Astmatin“ sigaretalari, mingdevona moyi esa saliniment preparati tarkibiga kiradi.

BANGIDEVONA BARGI – FOLIA STRAMONII O‘simlikning nomi.

Oddiy bangidevona — Datura stramonium L, ituzumdoshlar —Solanaceae oilasiga kiradi (38-rangli rasm). Bir yillik, yoqimsiz hidli, bo‘yi 100, ba’zan 120 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, tuksiz, ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy, tuxumsimon, o‘tkir uchli, notekis chuqur o‘yilgan bo‘lakli, bandli, to‘q yashil, tuksiz (poyaning yuqori qismidagilari tukli) bo‘lib, poyada ketma-ket joylashgan. Gullari yirik, poyada yakka-yakka o‘rnashgan. Gulkosachasi naychasimon, besh qirrali, besh tishli, asos qismi halqa shaklida meva bilan birga qoladi. Gultojisi oq, voronkasimon, uzun va tor naychali, burchaksimon o‘yilgan, besh tishli, qayrilgan, gulkosachasidan ikki marta katta; otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi —tuxumsimon, qattiq va yo‘g‘on tikanlar bilan qoplangan, tik o‘suvchi, to‘rtta chanog‘i bilan ochiladigan ko‘sak. Urug‘i qora, xira, yumaloqbuyraksimon, yassi, ustki tomonida mayda chuqurchalari bo‘ladi. Bangidevona iyun oyidan kuzgacha gullaydi, mevasi iyuldan boshlab pishadi.


Download 97.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling