Mavzu: tayanch harakat tizimining yosh hususiyatlari va gigiyenasi
Suyak hujayrasi va suyak tarkibidagi moddalar
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Maruza
Suyak hujayrasi va suyak tarkibidagi moddalar Suyak hujayralari uzoq davom etadigan jarayonlar(protses) orqali bir-biri bilan bog`langan. Ular hamma tomondan tarkibi va joylashishi noodatiy bo`lgan suyak atrofidagi(hujayralararo matriks) moddalar bilan o`ralgan. Hujayralararo matriks kollagen tolalarga juda boy, ular organik tuzlar (kalsiy tuzlari, ayniqsa kalsiy fosat va kalsiy karbonat) bilan boyitilgan bo`ladi. Bular suv (20-25%), organic moddalar (25-30%) va anorganik moddalar (50%). Minerallar kristallar shaklida to`planadi va suyakka o`ziga xos fiziologik qattiqlik beradi. U intensive metabolitik jarayonlarni osonlashtiradigan o`ziga xos qon-tomir tizimiga ega bo`lib, bu suyaklarga biologik o`zgaruvchanlik xususiyatini beradi. Bukilmaydigan juda qattiq suyak materiallari yashovchan bo`lib, tanada stress kechayotgan paytdagi o`zgarishlarga osonlik bilan moslasha oladi. Anorganik va organic moddalar aralashib ketgan va ularni faqatgina mikroskopik tekshiruvlar natijasida farqlash mumkin. Agar suyak kuydirilsa, faqatgina anorganik mineral skeletonlar qoladi va suyak mo`rt bo`lib qoladi. Agar suyak kislotaga botirilsa, unda faqatgina organik moddalar qoladi va suyak rezinadek egiluvchan bo`lib qoladi 1 . Skelet - bosh, umurtqa pog‘onasi, elka kamari, ko‘krak qafasi, chanoq va qo‘l oyoq skelet qismlaridan tashkil topgan. Umurtqa pog‘onasi 33-34 umurtqalardan tashkil topgan bo‘lib, bulardan 7 tasi bo‘yin, 12 ta ko‘krak, 5 ta bel, 5 ta dumg‘aza va 4-5 ta dum umurtqalaridir. Katta odam umurtqa pog‘onasi 4 ta egrilikdan iborat. 1-chi egrilik bo‘yin qismida oldinga qarab bo‘rtib chiqqan. 2-chi egrilik ko‘krak qismida orqaga qarab, 3-chi egrilik bel qismida oldinga qarab, 4-chi egrilik dum va dumg‘aza qismida orqaga qarab bo‘rtib chiqqan. Bog‘cha yoshining oxirida umurtqa pog‘onasining egriliklari hosil bo‘ladi. O‘smirlik davrida bel egriligi vujudga keladi. Odamning 23-26 yoshida umurtqaning barcha qismi suyaklanadi. Ko‘krak qafasi 12 juft qovirg‘alar va tush suyagining birikishidan hosil bo‘ladi. Ko‘krak qafasining shakli 2 xil: uzun ensiz va qisqa keng. Ko‘krak qafasining asosiy shakllari konussimon,ssilindirsimon va yassi bo‘lishi mumkin. Qo‘l skeleti elka kamarining suyaklari – ko‘rak va o‘mrov, bilak, tirsak, pancha suyaklaridan iborat. Elka suyagi 20-25 yoshda, bilak suyagi 21-25 yoshda, tirsak suyagi 21-24 yoshda, kaft usti suyaklari 10-13 yoshda, kaft suyaklari 12 yoshda, barmoq; falanga suyaklari 9-11 yoshda suyaklanadi. U narsa ta’lim – tarbiya, Mehnat, jismoniy tarbiya, rasm solish va yozishda e’tiborga olinishi kerak. Oyoq skeletiga chanoq kamarining suyaklari va son suyagi, boldir suyaklari va pancha suyaklari kiradi. Chanoq suyaklarining suyaklanishi jismoniy tarbiya va Mehnatda e’tiborga olinishi kerak. Chanoq suyaklari notog‘ri birikishi uzoq muddat notog‘ri o‘tirish, tik yurish, og‘ir yuk ko‘tarish, ovqatlanishning etarli bo‘lmasligi natijasida vujudga keladi. Son va kapa, kichik boldir suyaklari 20-24 yoshda kaft oldi suyaklari 17-21 yoshda, oyoq pancha falangalari 15-21 yoshda to‘liq suyaklanadi. Oyoq panjasi uzoq muddat tik turish, tor oyoq kiyim kiyishganda oyoq panjasi tekislanadi va tekis pancha kasali vujudga keladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling