Xalkaro hisobda mahsulot, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan tushumni belgidashning ikki usuli mavjud:
• Kassa usuli - bunda sotuvdan olingan tushum, yuklab junatilgan mahsulot uchun haq sifatida pul kelib tushishiga karab e’tirof etib boriladi.
• Yuklab jo‘natish usuli - bunda mahsulot haridorlarga junatilib, ularga hisob-kitob hujjatlari (schyot-faktura, transport yuk xatlari va boshqa shunga uxshash hujjatlar) topshirilishiga karab bu mahsulot sotilgan hisoblanadi.
Kassa usuli qo‘llanilganda mahsulotni topshirish va uning xaqini to‘lashga doir xo‘jalik operatsiyalari bajarilgandan keyingina mahsulot sotish ishlari tugatilgan hisoblanadi. Agar mahsulot jo‘natilib, uning puli haridorlardan kelib tushmagan bo‘lsa, sotish ishi yakunlangan deb hisoblanishi mumkin emas. Yuklab jo‘natish usuli qo‘llanilganda mahsulot va tovar jo‘natilib, ishlar va xizmatlar bajarilganidan keyin, ularning hisob-kitob hujjatlari haridor (buyurtmachi)ga taqdim etilgan bo‘lsa, shunday mahsulot (ishlar, xizmat)lar va tovarlar sotilgan hisoblanadi. hisob-kitob hujjatlari
haridor (buyurtmachi)ga shartnomada ko‘zda tutilgan usulda berilgan vaqtdan e’tiboran bu hujjatlar haridor (buyurtmachi)ga taqdim etilgan hisoblanadi. Agar shartnoma shartlariga ko‘ra haridor (buyurtmachi) mahsulotni bevosita ishlab chiqaruvchi korxonaning o‘zida qabul kilsa, u holda bunday mahsulot haridor (buyurtmachi)ga topshirilib, shartnomada ko‘zda tutilgan hujjatlar rasmiylashtirilib, hisob-kitob hujjatlari haridor (buyurtmachi)ga yoxud uning vakiliga taqdim etilganidan keyin sotilgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |