Mavzu: Tayyor mahsulotlar hisob


Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulot, uni


Download 47.1 Kb.
bet2/19
Sana23.04.2023
Hajmi47.1 Kb.
#1383475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
14-mavzu tayyor mahsulot va uning

Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulot, uni ortib jo‘natish vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi bilan bogliq bolgan hamma xojalik operatsiyalarini hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish;

  2. Mahsulot (ish, xizmat) sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan nazorat urnatish;

  3. Sotilgan mahsulotning assortiment va hajmi boyicha hamda sotish rejasining bajarilishini nazorat qilish;

  4. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bogliq bolgan davr harajatlarini oz
    vaqtida aniq hisob-kitob qilish;

  5. Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini togri aniqlash va boshqalar.

Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir maromda ishlashiga, ombor xo‘jaligi va mahsulot sotishni to‘g‘ri tashkil qilishga, xo‘jalik operatsiya-larining hujjatlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirilishiga bog‘liqdir.
«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMSga muvofiq (5.3-band) tayyor mahsulot xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bo‘lgan aktivlar hisoblanadi va ular xo‘jalik yurituvchi subyektning kundalik faoliyatida sotish uchun moljallangan tayyor mahsulot, tovarlar sifatida korxonaning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga kiradi. Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi, uning harakati, sotilishi va haridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni aks ettiradi.
Ombordagi mahsulot deganda, ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib, texnika nazorati bo‘limi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga mo‘ljallangan tovar mahsuloti tushuniladi. Jo‘natilgan mol (tovar)lar deb, haridorlarga yoki iste’molchilarga jo‘natilgan, lekin uning uchun haridorlar trmonidan xali puli tulanmagan yo‘ldagi mahsulotga aytiladi. Ma’sul saqlashga qabul qilingan mol (tovar)lar deb, haridorlarga jo‘natilgan tovar mahsulot har xil sabablarga ko‘ra (sifatiga ko‘ra haridorning talabini qondirmaydigan, haridorlarga adashib borib kolgan, ya’ni bir korxonaning o‘rniga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashqari borib kolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul kilinmay qolgan bo‘lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o‘z javobgarligiga qabul kilib olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar. Shuning uchun bunday mollar mas’ul saqlashga qabul qilingan mollar deb yuritiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda kurgazmada kuyilgan tayyor mahsulotni ham kiritish mumkin. Chunki ko‘rgazmaga qo‘yilgan tayyor mahsulot ham korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotlardir.


Download 47.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling