O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24 apreldagi sessiyasida tasdiqlangan va 1998 yil 1 yanvardan boshlab amalda qo‘llash uchun tavsiya etilgan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 10-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasining 1998 yil 4 yanvardagi «Korxona va tashkilotlarni soliqka tortish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi xatiga binoan ham yuridik shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq hisoblashish usuliga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunga ko‘ra korxona va muassasalar junatilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar yuzasidan ushbu mahsulot, ish va xizmatlar qiymatini to‘lash vaqti hamda haqiqatan pul kelib tushishidan katiy nazar, jo‘natilgan mahsulot ish va xizmatlar qiymatidan davlat byudjetiga soliq hisoblashishlari va uni buxgalteriya hisobida usha hisobot davrida aks ettirishlari lozim. Demak yuqorida aytilganlar asosida shunday xulosa qilish mumkinki, hozirgi xo‘jalik yuritish sharoitida 1998 yil 1 yanvardan boshlab korxona va muassasalarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar pulning kachon kelib tushishidan katiy nazar, ular haridor korxonalarga jo‘natilgan vaqtdan boshlab realizatsiya qilingan deb hisoblanadi.
«Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromad» nomli 2-son BHMSga muvofiq quyidagi shartlar bajarilganda tovarlarni sotishdan tushgan daromadlar tan olinadi (12 - band):
xo‘jalik yurituvchi subyekt tovarlarga egalik qilishning xatarlari va afzalliklarining ancha qismini har'idorga topshirganida;
xo‘jalik yurituvchi subyekt, odatda, mulkka egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan darajadagi rahbarlik davomiyligini ham, sotilgan tovarlarni nazorat qilish samaradorligini ham saqlab qolmaganida;
Do'stlaringiz bilan baham: |