Mavzu: Tayyor mahsulotlar hisob
Download 47.1 Kb.
|
14-mavzu tayyor mahsulot va uning
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston xududida tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadilar. Yuridik shaxslar deganda soliqqa tortish maqsadida mulkka ega bo‘lgan korxona, birlashma, tashkilotlarning hamma turlari, xo‘jalik yurituvchi yoki mulkni operativ boshqaruvchi, bu mulkka o‘zining majburiyati bo‘yicha javob beruvchi hamda mustaqil balans va hisob-kitob schyotiga ega bo‘lgan korxonalar tushuniladi.
Tovarlar (ish, xizmat) bo‘yicha oborot deb, jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tushuniladi. Ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilishicha, tovarlar (ish, xizmat) realizatsiyasi bo‘yicha oborotlar qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortish obyekti bulib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomaga muvofiq aniqlanadigan o‘zining maksadlari va oborot uchun foydalaniladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etilganlar bundan mustasnodir. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 20% stavkada to‘lanadi. Byudjetga tulanishi lozim bo‘lgan QQS solig‘ining summasi realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasidan ishlab chiqarish va muomala harajatlariga qo‘shiladigan tovarlar (ish, xizmat) qiymati uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq summasining ayirmasiga teng. Bu tartib qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi barcha korxona va tashkilotlarga taallukli. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qo‘shilgan qiymat solig‘i tulangan summa qo‘shilgan holda sotib olinish qiymati bo‘yicha hisobda aks ettiriladi. Ko‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan va tortilmaydigan tovar sotadigan, ish va xizmatlar bajaradigan korxonalar hamda QQS bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan korxonalar, ko‘rsatilgan tovarlarni oluvchi shaxsga schyot-faktura rasmiylashtirishga majburdirlar. Schyot-faktura yo‘riqnomada ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha yozilishi shart. Haridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulotlarga QQS hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi: Download 47.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling