Mavzu: Tayyor mahsulotlar hisob


Download 47.1 Kb.
bet1/19
Sana23.04.2023
Hajmi47.1 Kb.
#1383475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
14-mavzu tayyor mahsulot va uning


Mavzu: Tayyor mahsulotlar hisobi
Reja:

  1. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) va uni hisobga olish vazifalari

  2. Tayyor mahsulotni baholash va uning nomenklaturasi

  3. Tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi

  4. Tayyor mahsulotni jonatishni hisobga olish

  5. Sotish harajatlari hisobi

  6. Tayyor mahsulot sotishning analitik va sintetik hisobi

Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) va uni hisobga olish vazifalari
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xalq xojaligi va aholining ehtiyojlarini taminlashga qaratilgan har bir korxona ishlab chiqarish faoliyatining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi.
Tayyor mahsulot deb korxonadagi barcha ishlov operatsiyalaridan otib bolgan, tayyor holga keltirilgan belgilangan davlat standarti va texnikaviy shartlarning barcha talablariga javob beradigan hamda texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilingan yoki buyurtmachilarga topshirilgan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxona-lar uchun bajarilgan ish, xizmatlar hamda ushbu korxonaga karashli ishlab chiqarishdan tashqari xojaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar ham kiradi.
Korxona mahsulotni iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomalar reja topshiriqlari asosida bozor talablarini organish kabi masalalarga katta etibor bergan holda ishlab chiqaradi. Sanoat mahsuloti natura va qiymat korsatkichida hisobga olinadi. Natura korsatkichlari mahsulotni ularning tabiiy xususiyatlariga karab, mivdori, soni va ogirligini tavsiflab beradi, bu korsatkichlardan tayyor mahsulotni miqdoriy jihatdan hisobga olish uchun foydalaniladi. Tayyor mahsulot (ish, xizmat) ni natura korsatkich-larining puldagi ifodasi uning qiymat ko‘rsatkichini ifodalaydi.

Download 47.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling