Mavzu: Tayyor mahsulotlar hisob
Tayyor mahsulotni baholash va uning nomenklaturasi
Download 47.1 Kb.
|
14-mavzu tayyor mahsulot va uning
Tayyor mahsulotni baholash va uning nomenklaturasi
Mahsulot (ish, xizmat) odatda ma’lum bir qiymatda baholanadi va sotiladi. Baho - qiymatning puldagi ifodasidir. Uning asosini u yoki bu mahsulotni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi. Tayyor mahsulot (ish, xizmat) ning sotish qiymatini belgilashda «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMSdan foydalaniladi. 4-sonli BHMSning 7-bandiga binoantayyor mahsulotlar eng kam bahoda baholanishi kerak: tannarxda yoki sof sotilish qiymatida. hisobot davri oxirida mahsulotning haqikiy ishlab chiqarish tannarxini aniqlash mumkin. Lekin mahsulotlarning ishlab chiqarilishi har kuni sodir bo‘ladi, shu sababdan javo joriy hisobda mahsulotni shartli bahoda baholash kerak Tayyor mahsulotlarning operativ hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida yoki shartnoma bahosida yoxud chakana bahoda I yuritiladi. Ushbu standartda mahsulot (ish, xizmatlar)ning sotilishi (21-22 bandlar) tartibi quyidagicha bayon qilingan Materiallar va mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishda foydalanadigan boshqa xom-ashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot bozor (kundalik) narxida sotilsa, tannarx qiymatidan past narxda arzonlashtirilmaydi. Biroq agar omborda mavjud bo‘lgan narxdagi materialdan tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotish sof qiymatidan oshib ketsa, materiallar sotish sof qiymatigacha arzonlashtiriladi. Bunday vaziyatlarda materiallar qiymatini o‘lchashning mavjud shakllaridagi eng yaxshisi bo‘lishi mumkin. Sotishning sof qiymati - ishlab chiqarishni tugallash va mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan butlash harajatlarini chiqarib tashlagan holda TMZni sotishning hisob-kitob narxidir. Demak mazkur BHMSdagi baholashga muvofiq agar korxona ishlab chiqargan mahsulotining tannarxi mahsulotni sotish rejasidan yoki bozordagi joriy narxlaridan oshib ketsa, korxona o‘zining mahsulotini sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi mumkin. Lekin quyidagi hollarda tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon bahoda baholanishi mumkin: Download 47.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling