Tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi
Korxonalarda tayyor mahsulot hisobi vazifalarini aniq tashkil qilish maqsadida ular omborda va buxgalteriyada hisobga olib boriladi. Pirovard, iste’molga yaroqli bo‘lgan mahsulot texnik nazorat bo‘limi tomonidan tekshirilgandan so‘ng omborga topshiriladi. Tayyor mahsulotni omborga qabul qilishda topshirish nakladnoyi yoki mahsulot topshirish vedomostida rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarda topshiruvchi sex topshirilish muddati, mahsulotning nomenklatura raqami, uning soni, reja tannarxi va tegishli moddiy javobgar shaxslarning imzosi ko‘rsatiladi. Qabul hujjatlari asosida buxgalteriya mahsulot topshirish vedomostini yuritadi. Bajarilgan ish yoki xizmatlar qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Omborlarda mahsulot harakatining miqdor ko‘rsatkichlaridagi hisobi varaqlarda yuritiladi. Varaqaga har bir kirim va chiqim hujjatlari asosida mahsulot harakati bilan bog‘liq operatsiyalar yozib boriladi.
Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi operativ buxgalteriya usulida tashkil qilinadi, ya’ni har bir buyum nomenklatura raqamiga ombor materiallari hisobi :kartochkasi ochiladi (№ M-17-shakl). Tayyor mahsulotning kelib tushishi va chetga berilishi bilanoq ombor xodimi hujjatlar asosida ularning sonini kartochkalarga yozib qo‘yadi va har bir yozuvdan keyin qoldiq hisoblab qo‘yiladi. Buxgalter har kuni tugagan sutka uchun ombordan hujjatlarni qabul kilib olishi kerak (qabul qilish-topshirish nakladnoyi, buyruk-nakladnoy, tovar-transport nakladnoyi).
Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasiga buxgalterning imzosi bilan tasdiklanadi. Moddiy javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalari asosida har oyda tayyor mahsulot nomenklaturasi, o‘lchov birligi soniga tayangan holda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi vedomostini to‘ldiradi. Bu erda hisob baholari bo‘yicha qoldiqlar taksirovka qilinadi va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |