Mаvzu: Tektonik harakatlar


Download 1.42 Mb.
bet2/5
Sana13.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1090189
1   2   3   4   5
Bog'liq
16 ma\'ruzaTektonik harakatlar

16.1. Tektonik harakatlar
Yer qobig’ida tog’ jinslari gorizontal va qiya (monoklinal) holatda hosil bo'ladi. Tashqi va ichki kuchlar ta'sirida ular deformatsiyaga uchraydilar. Tog’ jinslarining hajmi va shaklining o'zgarishi deformatsiyalanish deyiladi.
Tog’ jinslari bir-biridan faqat kimyoviy tarkibi bilangina emas, balki o'zlarining fizik va mexanik xususiyatlari bilan ham farqlanadilar. Bunday xossalarga tog’ jinslarining zichligi, qayishqoqligi, chidamliligi, qisiluvchanligi, plastikligi, mo'rtligi, g’ovakligi, pishiqligi kiradi. Shuning bilan birga tog’ jinslari bir-birining siqilishiga va urganda maydalanishiga bo'lgan qarshiliklari bilan ham farqlanadi.
Tog’ jinslarining mexanik xossalari ularni tuzilishiga va tashqi holatiga bog’liq. Tog’ jinslariga haroratni, eritmalarni, bosimni ta'sir ettirib plastikligini oshirish mumkin. Bosimning har taraflama ta'siri natijasida tog’ jinslarining plastik deformatsiyaga nisbatan qarshiligi, qayishqoqligi va chidamliligi oshadi.
Deformatsiyalanishga uchramagan tog’ jinslari foydali qazilmalar juda kam uchraydi. Shuning uchun foydali qazilmalarning paydo bo'lishi va tarqalish qonuniyatlarini o'rganishda tog’ jinslarining deformatsiyalanish holatlarini aniqlash katta ahamiyatga ega.
Deformatsiyalanish jarayoni ketma-ket uch bosqichdan iborat: qayishqoq (elastik), plastik va buzilish. Jinslar-ning tashqi kuchlar nisbatan ko'rsatgan qarshiligi chidamlilik deyiladi.
Qayishqoq deformatsiyalanish. Bu deformatsiyalanish-da tog’ jinslarining shakli o'zgaradi, lekin tashqi kuchlar ta'siri to'xtashi bilanoq jismning avvalgi shakli tiklanadi.
Tashqi kuchlar ta'siri to'xtaganidan keyin deformatsiyalangan jismning shakli va o'lchovlarini tiklay olish qobiliyati mazkur jismning qayishqoqligi deb ataladi.
Qayishqoq deformatsiyalanishning bir necha ko'rinishi mavjud: cho'zilish, siqilish, egilish, siljish, buralish va bosh.
Plastik deformatsiyalanish. Bu deformatsiyalanishda tashqi kuchning ta'siri to'xtaganda ham jism o'zining dastlabki shaklini va hajmini tiklay olmasa plastik deformatsiyalanish amalga oshgan bo'ladi. Gil va tosh tuzlari eng lpastik jinslar hisoblanadi.
Plastik deformatsiyalanish keng tarqalgan va ma'lum qayishqoqlik, plastiklik chegarasiga ega. Bu chegara muvozanatining buzilishi har xil burmalarning va uzilmalarningpaydo bo'lishiga ta'sir ko'rsatadi. Bularni hammasi asosan er qa'rida bo'ladigan jarayonlardir.



Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling