Mаvzu: Tektonik harakatlar


Qatlamning burmachang shakllari, tasnifi


Download 1.42 Mb.
bet3/5
Sana13.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1090189
1   2   3   4   5
Bog'liq
16 ma\'ruzaTektonik harakatlar

Qatlamning burmachang shakllari, tasnifi
Yer qobig’ini tashkil etuvchi har xil turdagi tog’ jinslarining yotish shakllari xilma-xildir.
Yerning ichki energiyasi har xil turdagi tog’ jinslari qatlamlarining dastlabki gorizontal yotish shakllari buziladi. Natijada tog’li o'lkalarda qatlamlarning qiyaligi ortadi, murakkab burmalar hosil bo'ladi, burmalar uziladi hamda turli yo'nalishda va masofada o'z o'rnidan siljiydi.
Bu burmalarning hosil bo'lishida gorizontal va vertikal’ tektonik harakatlar katta rol’ o'ynaydi.
Demak, plastik deformatsiya natijasida tog’ jinslaridan tashkil topgan qatlamlarning to'lqinsimon bukilish burma deyiladi.
Burmalar kelib chiqishiga ko'ra 2 turga bo'linadi: konsedimentatsion va postsedimentatsion. Jins hosil bo'lishi bilan bir vaqtda hosil bo'layotgan burmalar «konsedimentatsion» burmalar, jins hosil bo'lgandan keyin paydo bo'lgan burmalar «postsedimentatsion» burmalar deyiladi.
Egilgan (qavariq) tomoni Yuqoriga qaragan burma antiklinal’, pastga qaragani sinklinal’ deyiladi.
Antiklinal’ va sinklinal’ burmalar yonma-yon uchrasalar qo'shaloq burma hisoblanadi.
Antiklinal’ va sinklinal’ burmalar quyidagi elementlarga egadir.
a) burmaning ikki tomoniga pasayib ketgan yon tomonlari - qanotlari deyiladi.
b) burma qanotlarining o'zaro tutashgan joyi «qulf»,
v) burma hosil qiluvchi qatlamlar yuzasi bilan o'qi tekisligi kesishgan chiziq «sharnir» deyiladi.
g) antiklinal’ va sinklinal’ qulflari orasidagi masofa burma balandligi” deb ataladi.
Burmaning kattaligi ularning balandligi, eni va uzunligi bilan xarakterlanadi.

Rasm 32. Qatlam elemenlari.
Burmalarning morfologik tasnifi

Burmalarning tasnifi tuzilishiga qarab (morfologiyasiga qarab quyidagilarga bo'linadi:



Rasm 33. To'g’ri burma.

Rasm 34. Qiyshiq burma.

Rasm 35. Ag’darma burma.

Rasm 36. Yotiq burma.

Rasm 37. To'nkarilgan burma.


Fleksura - monoklinal yotgan tog’ jinslari qatlamlarining tizzasimon egilishi natijasida hosil bo'lgan tektonika strukturasi. Fleksura asosan 5 elementdan tuzilgan . Bunda AB - ko'tarilgan qanoti; VG - tushgan qanoti; BV - a - ulovchi qanotining qiyalik burchagi; a - ulovchi qanotining vertikal’ (tik) amplitu-dasi.
Har bir elementning yotish holati o'ziga xos parametrlarga ega bo'lib, ularning har xilligi tufayli fleksuralar turli shaklda bo'ladi.
Burma qanot qatlamlarining joylashishiga qarab oddiy, parallel’, qarama-qarshi fleksuralar, egilish o'qining aylanishiga kura vertikal’, qiya va gorizontal fleksuralar farqlanadi. Fleksuralar bir necha metrdan ko'plab kilometrga etadi, qanotlari sezilarli darajadan to vertikal’ holatgacha egilishi mumkin. Fleksura plat­forma va burmalangan rayonlarda kup uchraydi.
Cho’kindi hosil bo'lish jarayoniga ta'sir qiladi, Cho’kindi tog’ jinslari qalinligi ularning fatsial turlarini aniqlashga yordam beradi.

Rasm 38. Fleksura elementlari.


Fleksuralar jinslarning hosil bo'lishi bilan birga yoki jinslar hosil bo'lgandan keyin ham hosil bo'lishi mumkin. Agar fleksura jins hosil bo'lishi bilan birga rivojlansa, bunda fleksuraning bir qanotida jinslarning qalinligi ikkinchisiga nisbatan ancha katta bo'ladi. Bunday ko'rinishdagi fleksuralarni asosan platformalarda uchratish mumkin va ular chuqur, regional uzilmalar bilan bog’langan bo'ladi. Ularni “Fleksuraviy uzilmalar zonasi” deb atashadi (bunday zonalarni g’arbiy O'zbekistonda va Farg’ona cho'kmasida uchratish mumkin). Bunday fleksuralarda neft va gaz konlarining litologik turlari uchrab turadi.



Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling