Mаvzu: Tektonik harakatlar


Tog’ jinslaridagi darzliklar


Download 1.42 Mb.
bet4/5
Sana13.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1090189
1   2   3   4   5
Bog'liq
16 ma\'ruzaTektonik harakatlar

Tog’ jinslaridagi darzliklar
Tektonik harakatlarning ta'sirida tog’ jinsi qalamlari butunligining uzilishi, yorilishi, sinishi natijasida xilma-xil uzilmalar paydo bo'ladi. Bu uzilmalar bir necha guruhlarga bo'linadi: tushirma-uzilma (sbros), ko'tarilma uzilma (vzbros), siljish (sdvig), surilma (nadvig), qoplam (pokrov) va boshqalar. Bu uzilmalarning ba'zi turlari ko'proq platformalarda, boshqalari orgonogen viloyatlarda uchraydi.
Bu uzilmalarning har biri o'ziga yarasha morfologik tuzilishga ega bo'lib, har xil dinamik va kinematik sharoitlarda yuzaga keladi.
Tushirma-uzilmada (sbros) uzuvchining yuzasi tog’ jinsi qatlamlarining pastga tushgan bloki tarafiga engashgan bo'ladi.

Rasm 39. Tushirma - uzilma.


Uzilmalar uzuvchining yotish burchagiga qarab quyidagilarga bo'linadi:


1. Qiya uzilmalar - uzuvchining yotish burchagi 30° kam [ularni surilma (nadvig) deb ataydilar].
2. Tikroq uzilmalar-uzilmalarning yotish burchagi 30°-80°.
3. Tik uzilmalar - uzilmaning yotish burchagi 80°-90°.
Tushirma-uzilmalarni planda ko'rinishiga qarab quyidagilarga ajratish mumkin:


  1. b) c)

Rasm 40. Tushirma-uzilmaning planda ko'rinishi.
a-Parallel (yoki supachasimon); b-Radial; c-Patsimon.


Ko'tarilma-uzilmada (vzbros) - uzuvchining yuzasi qatlamning ko'tarilgan bloki tarafiga engashgan bo'ladi.

Rasm 41. Ko'tarilma-uzilma.


Siljish (sdvig) - tog’ jinsi qatlamlarining bir-biriga nisbatan uzilma tekisligi bo'yicha gorizontal holda siljishidir. Siljishni asosan planda aniqlash osondir. Bunda qatlamlar uzilmalar orqali uzililb bloklarni hosil qiladi. Bu bloklar tektonik harakatlar natijasida surilib siljishlar hosil qiladi. Tog’ jinslari yoriqlaridagi harakat izini (siljishni) darzlik devorining qanotlari qolgan yuzasiga qarab aniqlash mumkin. Bunday harakatlar natijasida yoriqlar yuzasi tekislanadi, tirnaladi, har xil chiziqlar paydo bo'ladi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling