Mаvzu: Tektonik harakatlar


Download 1.42 Mb.
bet5/5
Sana13.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1090189
1   2   3   4   5
Bog'liq
16 ma\'ruzaTektonik harakatlar

Surilma (nadvig) - uzilmalarning maxsus guruhlari hisoblanadi. Surilmalar natijasida qatlamlar bir-birining ustiga chiqib yoki tagiga (ancha masofaga) kirib ketishi mumkin. Ya'ni yosh qatlam qari qatlamning ustiga chiqib tagiga tushib qoladi.

Rasm 42. Surilma.


Bir nechta tushirma va ko'tarma uzilmalari graben va gorstlarni hosil qiladi. Ularning uzunligi eniga nisbatan ancha katta bo'ladi va asosan kilometrlarda o'lchanadi.


Graben - uzilmalar bilan chegaralanib, o'rta qismi pastga cho'kkan Yer po’stining bir qismidir. Odatda cho'kkan qismi ko'tarilgan qismiga nisbatan har doim yosh jinslardan tuzilgan bo'ladi. Grabenlar oddiy va murakkab holda uchraydi. Oddiy grabenlar ikki uzilma bilan chegaralangan, murakkab grabenlar esa, bir necha uzilmalar bilan chegaralangan bo'ladi. Katta o'lchamdagi grabenlarni (ba'zi xususiyatlariga qarab) «riftlar» deb yuritishadi.

Rasm 43. Graben.


Gorst - uzilmalar bilan chegaralanib, o'rta qismida Yer po’sti ko'tarilgan bo'ladi. Ko'tarilgan qismi cho'kkan qismiga nisbatan qari jinslardan tuzilgan bo'ladi.
Gorst va grabenlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
a) oddiy gorst (graben) - ikki uzilma bilan chegaralangan;
b) murakkab gorst (graben) - bir necha uzilmalar bilan chegaralangan;
v ) bir tarafga engashgan gorst (graben) lar.
Rasm 44. Gorst.

Gorst va grabenlarni tashkil qiladigan uzilmalar katta chuqurlikka tushgan bo'ladi.


Burmalanishga uchragan, surilma sabali o'rnidan qo'zg’algan tog’ einsi massasi qoplam deb ataladi.
qoplamlarda ustiga chiqib qolgan kelgindi jins “alloxton”, ostidi, o'rnida qolgan jins - “avtoxon” deyiladi.
Chuqur Yer yoriqlari har xil ko'rinishga ega. Ular geosinklinal viloyatlarda ko'tarma - uzilma (vzbros) va siljish tuzilishiga ega.
Platformada asosan tushirma - uzilma (sbros)lar ko'p tarqalgan bo'ladi. Platforma filoyatlarning fundamentida uzilmalar natijasida graben xarakteriga ega bo'lgan katta rift botiqlari (avlokogenlar) uchrab turadi va ular ko'pincha sineklizalarning o'zagi hisoblanadi.
Katta chuqurlikka tushuvchi uzilmalar orqali mantiyadan magmatik jinslar chiqadilar. Ular endogen jarayonlar natijasida gohida Yer yuzigacha etib kelsalar, ko'pincha Yer yuzasiga Yaqin joylargacha chiqadilar va intruziv jinslar sifatida uzilmalar atrofida joylashadilar. Bu katta chuqurlikkacha tushadigan (600-700 km) uzilmalar Yer yuzasidagi asosiy regional struktura elementlarining rivojlanishini boshqarib turadilar.
Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling