Mavzu: texnologiya ta’limida amalga oshiriladigan sinfdan tashqari ishlarning ta’lim


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana02.05.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1422859
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
EGAMOVA RAVSHANOY

2.3.
Boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarini 
kasb-hunarga 
yo‘llashni 
takomillashtirish texnologiyasi 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun hamda 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi ta’lim tizimini har
tomonlama jahon talablari darajasida isloh qilishdan iborat hisoblanadi. Bunda 
amalga oshirilishi lozim bo’lgan asosiy masalalardan biri o’quvchilarni davlatimiz 
rahbari Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek; “Har tomonlama keng fikrlaydigan,
hayotga tayyor va o’z mustaqil fikriga ega yoshlar qilib tarbiyalashdir”. Islohotlar 
natijasi sifatida shakllantiriladigan barkamol shaxsning mustaqil va ijodiy fikrlash 
sifatlarini tarbiyalash umumiy o’rta ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan biri 
hisoblanadi. Bu borada o’quvchilarning darsdan tashqari mashg’ulotlarini samarali 
tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
51
Yosh avlod tafakkurini har tomonlama kengaytirish va chuqurlashtirish 
barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi ta’lim islohotlarining muhim vazifasidir. Bu 
vazifa “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’zining aniq; ifodasini topgan. 
Jumladan ushbu hujjatda “Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va 
farovonligi shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan 
mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini 
o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va 
harakatlantiruvchi kuchidir”, - deb ta’kidlangan. Hukumatimizning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishiga qaratilgan starategik yo’nalishlarini amalga oshirish uchun juda katta 
ma’suliyatni nazarda tutadi. Shunday ekan ta’limning turli yo’nalishlariga, korxona 
51
 
https://manaviyat.edu.uz
 


56 
va birlashmalarga chinakam bilimdon, tashabbuskor, xalq bilan ishlashni biladigan 
va xo’jalik yuritishning yangi sharoitlarida ham rivojlantiradigan, fan va texnika 
taraqqiyotini oldingi marralariga olib chiqishni, tayyorlanadigan mahsulot sifatini 
tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan 
kadrlar tayyorlash va tarbiyalash zarurligiga alohida e’tibor berilmoqda.Texnologiya 
dasrlari va sinfdan tashqari ishlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida 
amaliy mashg’ulotlar o’tkazish yo’li bilan o’quvchilarni kasb – hunarga yo’llash, dars 
samaradorligini oshirish, o’quvchilarning ijodkorligini o’stirish hamda chinakam 
hayotga har tomonlama tayyorlash muhim. 
Boshlang’ich maktabda (I-IV - sinflar) o’quvchilarni mehnat va 
hunarmandchilik dunyosi, o’simliklarni parvarish qilish, turli materiallar bilan 
tanishtirish, oddiy ishlov berish, oddiy mehnat va hunarmandchilik asboblari va 
mehnat, ish-harakat usullari to’g’risida sodda tasavvurlar hosil qilishni ko’zda tutadi. 
Bu davrda o’quvchilar texnologiya darslari va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda 
o’zlashtirgan bilimlar ko’lamini o’zlarining hayotiy tajribalarida va oiladagi mehnat 
jarayonida mustahkamlaydilar va kengaytirib boradilar. 
Sinfdan tashqari mashg’ulotlardan asosiy maqsadi, reja va darslikdan tashqari 
o’quvchilarga qo’shimcha bilim, ko’nikma va malakalar berish, ularning fanga 
bo’lgan qiziqishlarini orttirish, olingan bilimlarni hayotga tadbiq qila bilishga yordam 
berishdan iborat. Sinfdan tashqari uyushtiriladigan ishlarda ko’riladigan masalalardan 
yana biri o’quvchi yoshlarni ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish bo’lsa, ikkinchi 
tomondan kasb tanlashga yo’llashdan iboratdir. 
Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida har bir yoshning sanoat 
korxonalarida va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida faol, ijodiy ishtirok etishi uchun 
fan va texnika yuzasidan mukammal bilimga ega bo’lishi talab qilinmoqda. Chunki 
har bir yosh o’zi egallagan kasblarining mohir ustasi bo’lmog’i shu kun talabi
hisoblanadi. 


57 
Har qanday yuqori kasbiy mahoratga ega bo’lgan o’qituvchi ham dars 
jarayonida o’quvchilarni fan sohalarida erishilgan hamma yutuqlari bilan xabardor 
qilish imkoniyatiga ega emas. Hozirgi davrda beriladigan ilmiy ma’lumotlarning 
hajmi juda kengayib ketdi. Shuning uchun o’qituvchi sinfdan tashqari 
uyushtiriladigan mashg’ulotlarda o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini bevosita 
rivojlantirish bilan birga, ularning yoshini hisobga olgan holda, mustaqil ravishda 
qo’shimcha adabiyotlar tavsiya etishi lozim. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda 
o’quvchi sharoitini ham hisobga olish muhim omillardan biridir. 
O’qituvchi o’quvchilarning darsdan bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish, undan 
oqilona foydalanishda ularga yordam berish zarur. Barcha shakllardagi darsdan va 
maktabdan tashqari ishlarning chuqur ichki mohiyati o’quvchilarni ijtimoiy foydali 
faoliyatga faol jalb qilish, ularning tashabbusi va mustaqilligini rag’batlantirish, 
individual qiziqishlari, mayl va qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. 
O’quvchilarning texnologiya fanidan sinfdan tashqari ishlariga pedagogik 
rahbarlikning xususiyati, ularga faqat dars mashg’ulotlaridagina emas, balki ijtimoiy 
tashkilotlar, sinfdan va maktabdan tashqari xar xil tadbirlar, o’quvchilarni texnik 
ijodkorlik va qishloq xo’jalik tajribachiligiga bevosita jalb etish orqali ham tarbiyaviy 
ta’sir ko’rsatishni amalga oshirish hamdir. 
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar shakllarini tashkil etish, jumladan, to’garaklar, 
ko’rik tanlov, musobaqa, munozarali bahs, uchrashuv, har xil turdagi o’yin, 
ko’rgazmali chiqish, sayohat va shu kabilardan foydalanish ta’limni samarali amalga 
oshirishning muhim shakllaridan hisoblanadi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar 
o’quvchilarning fanlardan o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini 
mustaxkamlaydi, dunyoqarashini shakllantiradi va bu taassurotlar ularning ijodiy 
qobiliyatlarini o’stiradi hamda badiiy estetik didini oshirishda muhim omil bo’lib 
xizmat qiladi. O’z vaqtida rejali, tartibli o’tkazilgan mashg’ulotlar o’quvchilarning 
har bir tadbirlarga bo’lgan qiziqish va havaslarini yanada oshiradi, ma’naviy, 
mafkuraviy tasavvurlarini boyitadi. 


58 
Ta’limning noan’anaviy shakli sifatida tashkil etiladigan bahs-munozara, davra 
stoli, matbuot konferensiyasi muayyan predmetning muhim mavzulari yuzasidan 
tashkil etilib, o’quvchilarda mustaqil fikrlash, o’z fikrini ilgari surish, uni asoslash 
hamda himoya qilish qobiliyatini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Bu kabi 
darslarning tashkil etilishida maqsadning aniqligi, shuningdek, o’qituvchilarning faol 
ishtiroki muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ko’rgazma va mo’jizalar maydoni 
shaklida o’tkazilayotgan darslar bellashuv xususiyatiga ega bo’lib, o’quvchilarni 
faollikka undaydi. Ta’lim metodlari o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga 
erishish usullarini hamda o’quv materialini nazariy amaliy yo’naltirish yo’llarini 
anglatadi. 
Shunday qilib, texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ish jarayonida 
o’quvchilar texnologiya darslaridagiga qaraganda unumli mehnat bilan band bo’lishi 
ta’minlanadi. Yuqorida aytib o’tilgan barcha fikrlar mexnat tarbiyasi asosidagi 
sinfdan tashqari mashg’ulotlar vazifalarini quyidagicha ifodalash imkonini beradi. U 
quyidagicha bo’lishi mumkin. 
1) texnologiya ta’limi davomida o’quvchilar olgan bilim va ko’nikmalarni
mustahkamlash, umumlashtirish hamda kengaytirish; 
2) unumli mexnatga asoslangan ijodiy faoliyatga o’quvchilarni jalb qilish; 
3) hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari haqidagi tasavvurni kengaytirish; 
4) xalq xo’jaligining zamonaviy ehtiyojlari asosida kasb tanlashga tayyorlash; 
5) hayotga va mehnatga bo’lgan ijobiy munosabatni shakllantirish.
52
Texnologiya ta’limiga asoslangan darsdan tashqari mashg’ulotlar turli 
shakllarda amalga oshiriladi. Biz respublikamiz va xorijiy davlatlar pedagog olimlari 
tadqiqotlari hamda ta’lim tizimlari tahlili hamda o’z izlanishlarimiz natijasida 
umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilargasinfdan tashqari mashg’ulotlarning 
52
Tolipov O’.Q., Sharipov Sh.S., Xolmatov P. Umumiy o’rta ta’lim maktablari va maktabdan tashqari muassasalar 
to’garak raxbarlari uchun namunaviy dasturlar. T.: Nizomiy nomidagi TDPU., 2003. 21 b. 


59 
barcha shakllari juda samarali ekanligini ta’kidlab boryapmiz va amalga 
oshirmoqdamiz.
Bundan shunday xulosa chiqadiki, yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan barcha fikrlar 
hamda o’quv metodik adabiyotlarni o’rganishimiz asosida mavzumiz qanchalik 
dolzarbligini aniqlashga harakat qildik. Texnologiya darslarida zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar asosida amaliy mashg’ulotlar samaradorligini yanada oshirish hozirgi 
kun talabidir. 
Yangi iqtisodiy munosabatlar kasb-hunarga yo‘naltirishning yangicha 
munosabati 
sharoitida 
mehnat 
ko‘nikmalari 
va 
malakalarini 
maqsadli 
shakllantirishdan iborat bo‘lib, ongli va har tomonlama rivojlangan fuqoroni 
tarbiyalashning tarkibiy qismi hisoblanadi.
53
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘llash 
ishlari maqsadli mehnat ta’limining maqsad va vazifalari bilan uyg‘unlikda namoyon 
bo‘ladi. Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodni ongli 
va mustaqil ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan iborat bo‘lib, bu jarayon 
shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subyekti sifatida shakllanishini nazarda tutadi 
hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib borishiga ko‘maklashadi. 
Shu munosabat bilan o‘quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini 
singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umum- insoniy qadriyatni 
shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli 
ravishda tanlashga tayyorlash mehnat ta’lim va tarbiyasining vazifalaridir. 
Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab 
o‘quvchilarini kasb va hunarga yo‘naltirishning muhimligi ancha oshdi. 
O‘quvchilarni to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga yo‘naltirish bugungi kunning dolzarb 
vazifalaridan biridir. To‘g‘ri kasb tanlash insonning kelajagini,hayot tarzini 
belgilashda katta ahamiyat ega. Har bir shaxs kasbni o‘z qiziqishi, qobiliyati va 
ijtimoiy muhit nuqtayi nazaridan tanlaydi. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish 
53
Sharipov Sh.S. Maktab o‘quvchilari ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish usullari. “Xalq ta’limi” jurnali. 2003 yil № 4. 


60 
ishlarini olib borishda “Kasb o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Kasb to‘g‘risida bir 
qancha ta’riflar berilgan. 
• Kasb bu – insonga ma’lum bir talablar qo‘yuvchi faoliyat turidir. 
• Kasb – insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir. 
• Kasb – tiriklik va tirikchilik manbayi. 
O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh bosqichla ri mazmuni 
quyidagilardan iborat: 
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi –I bosqich; 
2. Boshlang‘ich kichik yoshdagi (1–4 sinflar) – II bosqich; 
3. O‘rta yoshdagi (5–7 sinflar) –III bosqich; 
4. Katta yoshdagi (8–9 sinflar) – IV bosqich.
54
O‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni, ko‘rsatkich va 
o‘lchovlari. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda ularning mashg‘ulotlarida 
qo‘llaridan keladigan faoliyat turlari bo‘yicha dastlabki mehnat ko‘nikmalarini ijobiy, 
hissiy ta’sirchan shakllantirish kerak. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni bilishga 
oid va o‘yin ko‘rinishdagi ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini amal ga tadbiq qilish 
orqali mehnatga hurmat, mehnat kasb turlari, yo‘nalishlari bilan tanishtirib borishini 
hamda ommaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish, o‘quvchilarni kasbga 
yo‘naltirish mazmuni ulardagi qiziqish, qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida 
jamiyatdagi o‘z o‘rnini topishdagi hamda ma’naviy-moddiy qadriyatning 
izlanuvchan-sinchkov ko‘rinishlarini shakllantirish, o‘quvchilarda kasbiy o‘zlikni 
anglashni shakllantirish davri, ya’ni o‘quvchilarni aniq bir kasbni tanlashning shaxsiy 
54
Magzumov P.T. O‘quvchilarni mexnatga va kasb tanlashga tayyorlash. - T.:O‘qituvchi,1991.-206 b. 


61 
ma’noga egalligini tushunib yetishi, jamiyat oldidagi burchini, javobgarlik xislatlarini 
shakllantirish.
55
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni quyidagi mezonlar asosida amalga oshirish 
maqsadga muvofiqdir. 
1. O‘quvchilarni kasb-hunar turlari bilan tanishtirish. 
2. Kasblar, mehnat yutuqlari talqin etilgan asarlarni o‘qishni tavsiya etish. 
3. Har bir kasb haqida maxsus darslar o‘tish. 
4. Ishlab chiqarish korxonalari, firma, fan, maorif, madaniyat, san’at 
muassasalariga sayohatlar tashkil etish. 
5. Mehnat ilg‘orlari bilan ular erishgan yutuqlari haqida suhbatlar o‘tkazish. 
6. Mehnat ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha – multimedialar ko‘rsatish. 
7. O‘quvchilarni turli xil to‘garaklarga jalb etish. 
8. Kasblar haqida o‘yinlar tashkil etish. 
9. Yangi kasb va mutaxassisliklar, fan-texnika taraqqiyoti,ishlab chiqarish 
texnologiyalari bilan muntazam tanishtirib borish.
56
Kasbga yo‘naltirish uzoq muddatli yalpi dasturlar asosida va milliy xalq 
hunarmandchilik kasblarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ayrim turdagi 
kasblarga yo‘naltirish bilan chek lanib qolmasdan, balki aniq iqtisodiy hududning 
turli sohalaridagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yoshlarni 
sanoat, 
qishloq 
xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridagi kasblar va milliy 
hunarmandchilik kasblariga umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi darslarida 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling