Mavzu: texnologiya ta’limida amalga oshiriladigan sinfdan tashqari ishlarning ta’lim
Sinfdan tashqari ishlarni taskil etishda zamonaviy ta’lim
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
EGAMOVA RAVSHANOY
1.3
Sinfdan tashqari ishlarni taskil etishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish Hozirgi zamonoviy ta’lim innavatsiyasi jarayonida har bir ta’lim turini o‘rni beqiyos hisoblanadi. Shu qatorda texnologiya darslarida boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘rni alohida. Boshlang‘ich sinfda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning hayotga bo‘lgan motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki, motiv har qanday o‘quvchini ta’lim jarayoniga qiziqtiradi, o‘quvchilarning darsga faol qatnashishga, har bir berilgan topshiriqni o‘z vaqtida bajarishga hamda bilimlarni egallashga undaydi. Zamonaviy ta’limdagi interaktiv metodlar yaratuvchilik motivini rivojlantirishga katta yordam berib kelmoqda. 29 Texnologiya ta’limida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlardagi har bir zamonaviy metodning maqsadi- guruhdan qisqa vaqt ichida ko‘p miqdorda variantlarni olish, ya’ni o‘quvchilar sinfdan tashqari ishlarda qanday natijalarni egallagani va nimalarni bilishini aniqlashdan iboratdir. Har bir olib borilgan mashg‘ulot davomida o‘quvchilarni qiziqtirgan fikrlar va g‘oyalar taklif etilishi, umumiy tajriba yuzasidan fikr alamshish uchun zamin yaratilishi hamda o‘quvchilar istagini bildirishi natijasida o‘quvchilarni iqtidorlarini aniqlash lozim. “Aqliy hujum’’ metodi odatda og‘zaki shaklda bo‘lib o‘tadi bunda o‘qituvchi savol beradi, o‘quvchilar esa o‘z fikrlarini birma-bir bayon qilishadi, bunda berilgan savolga hamma o‘z fikrini aytib o‘tishi kerak hisoblanadi. Bu metodda g‘oyalarning hammasini namoyish qilib ko‘rsatib o‘tilmaguncha ularni muhokama qilmaslik kerak bo‘ladi. Mashg‘ulot davomida ushbu metoddagi jarayonning tartibi va maqsadini o‘quvchilarga tushuntirib qo‘yish lozimdir. O‘quvchilar orasidagi g‘oyalar ro‘yxati kimdagi uzunroq ya’ni bo‘lsa o‘sha o‘quvchini g‘oyasi yaxshi hisoblanadi. O‘rta umumta’lim maktab o‘quvchilari ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash uchun o‘qituvchi va tarbiyachilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlar imkoniyatidan keng ravishda foydalanadi. 27 Zamonaviy talim jarayonida sinfdan tashqari ishlarga maktabdagi turli anjumanlar, kechalar, o‘tkir zehnlilar musabaqasi, ekskursiyalar o‘tkazish, kinoteatrlarga borish, zavod va fabrikalarga ekskursiya tashkil etish, devoriy gazetalar chiqarish va boshqalar kiradi. Texnologiya ta’limida ham sinfdan tashqari ishlar ikki turga bo‘lib o‘rganiladi. Sinfdan tashqari ta’limiy ishlarga maktabda fan yuzasidan tashkil etiladigan ishlar: to‘garaklar, musobaqalar va turli kechalar kiradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning asosiy maqsadi va vazifasi o‘quvchilarning axloqiy, mehnat, estetik tarbiyasini yaxshilashdan iboratdir. Texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar har bir o‘quvchi qobiliyatini rivojlantiradi, fanga bo‘lgan havasini oshiradi va ular shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyat 27 https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/download/3514/3241/6942 30 yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ular maktab bilan real hayot o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish san’atkorlar, ishchilar, olimlar, dehqonlar hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. O‘quvchilar turli sohada ishlayotgan kishilar bilan tanishib, ular kabi vatanga, xalqqa xizmat qilish istagi paydo bo‘ladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar ixtiyoriy xarakterga ega. Bolalar bunday ishlarga o‘z xohishlari bilan ishtirok etadilar. Bir kishi bir necha tadbirlarda ham qatnashishi mumkin. 28 Bundan kelib chiqadiki, sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish har doim ham to‘g‘ri emasligi ko‘rinadi. O‘quvchilar o‘z xohishlari va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda turli chora tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Texnologiya ta’limi bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati va uning ijtimoiy foydali yo‘nalishlarini o‘quvchilarga yetkazish zarurdir. Sinfdan tashqari maktabda bolalar bilan darsdan tashqari vaqtlarda har xil mashg‘ulotlar: ekskursiyalar to‘garak ishlari, ertaliklar, sinfdan tashqari qo‘l mehnariga oid ko‘rgazmalar, qiziqishlar bo‘yicha klublar va boshqa ishlar o‘tkaziladi. Olib boriladigan bu ishlar o‘quvchilarning o‘qituvchi rahbarligida ularning bilishga qiziqishlarini uyg‘otish va shuningdek, maktab dasturini kengaytirish hamda to‘ldirish maqsadida amalga oshiriladigan chetdagi ko‘pchilik faoliyat shakli bo‘lgan sinfdan tashqari ishlar nomini olib kelmoqda. Texnologiya ta’limi bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olingan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va aniqlashtirish, qiziqish uyg‘otish, o‘quvchilar faolligi va mustaqilligini rivojlantirish, bu vaqtni tashkillashtirish imkoniyatini beradi. Sinfdan tashqari ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki o‘quvchilarning xulq-atvoriga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Ular moddiy dunyoga qarashni va mehnat madaniyatini shakllantiradi, bilishga qiziqishni va mustaqil kuzatish ko‘nikmalarini rivojlantiradi, jamoatchilik hissini va tabiatga muhabbatni tarbiyalaydi. Texnologiya ta’limi bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan 28 www.ziyonet.uz 31 sinfdan tashqari ishlar o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir. 29 Texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ishlarda uzoq muddatli tajribalarga asoslanib, gerbariy va kollektsiyalar uchun material yig‘ish, model, maket va boshqa ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, sinflar o‘rtasida qo‘l mehnati ko‘rgazmalarini tashkil etish kabi sinfdan tashqari ishlarning shakllari tabiatni o‘rganishni hayot bilan bog‘lash va o‘quvchilarni mehnatga tayyorgarlik uchun ahamiyatli bo‘lgan amaliy o‘quv va ko‘nikmalar bilan qurollantirish imkoniyatini yaratib beradi. O‘quvchilarning kuzatishlari va o‘qituvchining tushuntirishlari bilan olib boriladigan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha amaliy ishlarni boshqarish, uni inson manfaati uchun o‘zgartirish to‘g‘risidagi ta‘limot asoslarini tushunib olishlariga amaliy yordam beradi. Bolalarning ijtimoiy-foydali faoliyatlari ularni mehnatga o‘rgatadi va vatanparvarlik tarbiyasiga juda katta usulda ko‘maklashadi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning barcha turlari bir-biriga bog‘liq bo‘lishi, biri ikkinchisini to‘ldirishi kerak. O‘simlik va hayvonlar bilan ishlashga darslarda vujudga kelgan qiziqish sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda rivojlanishi mumkin, ayniqsa tabiatshunoslik bilan qiziqqan o‘quvchilar esa yosh tabiatshunoslar to‘garagiga birlashtirilishi mumkin. 30 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda tabiiy ob‘ektlarni kollektsiyalashtirishga moyillikni, hayvonlarga muhabbatni payqagan o‘qituvchi ularning qiziqishlariga qarab mashg‘ulotlar topishi, tabiat to‘g‘risidagi fanni texnologiya ta’limi haqidagi fan bilan chuqurroq o‘rganish istagini rivojlantirishi har ikkala fanni uyg‘unlashishiga olib keladi. Tabiatshunoslik bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o‘rganish va muhofaza qilish, o‘simliklarni o‘stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xilma-xil mashg‘ulotlar kirsa, texnologiyada esa shu narsalarga ijodiy tarafdan yondashiladi. Sinfdan tashqari olib boriladigan mashg‘ulotlar darslarni 29 "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 1006 30 "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 1006 32 takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlarga asoslanishi hamda o‘quvchilarni ham qiziqishlarini hisobga olish kerak. Sinfdan tashqari ishlarni uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga ko‘plab o‘quvchilarni qamrab oluvchi ommaviy ishlar, tadbirlar, ikkinchi guruhga - guruh doirasida olib boriladigan to‘garak ishlari va uchinchi guruhga tabiatni o‘rganishga qiziqqan yakka tartibdagi o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishlar kiradi. 31 Maktabdan tashqari ommaviy mashg‘ulotlar kinofilmlarni namoyish qilishni, tabiatga ekskursiya va poxodlar o‘tkazishni, ertaliklar, o‘quvchilar ishlarining ko‘rgazmasini tashkil qilishni, sinflar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazishni nazarda tutadi. Guruh mashg‘ulotlarga “Yosh ijodkorlar”, “Yosh tabiatshunoslar”, “O‘zimiz quramiz va yasaymiz”, “Mohir qo‘llar” klub ishlari kiradi. Bunday tashkiliy ishlarga ilmiy prinsiplami qo'llash orqali boladagi iqtidorni yanada takomillashtirishga erishiladi. Agar mehnatni tashkil qilish texnologiyasini fan va ilg‘or tajriba asosida mehnat jarayonini uzluksiz takomillashtirish deb tushunsak, ta’lim samaradorligini ko‘tarishda quyidagi yo'nalishlarni ko‘rsatish mumkin. a)o‘quv ishini tashkil qilishni samarali shakllarini qo‘llash (darsga tayyorlanish bosqichi ham kiradi); b)o‘qitilayotgan (nazariy va amaliy) materialning rivojlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va amaliy faoliyatni kuchaytirish maqsadida ta’lim metodlarini o ‘zgartirish; d) yangi, zamonaviy ta’lim texnologik vositalarini kiritish, shu borada sinf-dars tizimi sharoitida har bir o'quvchining individual ishini boshqarish texnik vositalarini tadbiq etish; 32 Zamonaviy ta’limda sinfdan tashqari o‘quvchilaming ish malakasini oshirish, fani bo'yicha olgan bilimini doimiy chuqurlashtirib borish, ta’lim va tarbiyaning umum-psixologo-pedagogik qonuniyatlarini o‘rganish va qo‘llash, bu borada katta 31 "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 1006 32 Mavlonova. R., .Voxidova.N, Raxmonqulova.N. Pedagogika nazariyasi va tarixi.Toshkent – “Fan va texnologiya” - 2010 33 jamoa bilan suhbat o'tkazish ham mashg‘ulot rahbarini pedagogik san’atini egallaganligini ko‘rsatadi. O‘quv mashinalaridan foydalanish bir qator vazifalami hal qilishi ko'zda tutadi. Ular dasturlangan ta’lim sharoitida o'quvchilaming mustaqil ishlarini boshqarish ishonchliligini oshiradi, ular o‘z vaqtida o‘quvchilarga o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida axborot yetkazadi. O‘qituvchi mashinalari bir qancha holatlarda (bilim nazorati trenajori) o‘qituvchi va dasturlangan darsliklaming imkoniyatidan ko‘proq didaktik kuchga ega bo‘ladi. Ular dasturlangan ta’limning qo‘llanish doirasini kengaytiradilar. 33 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil ijodiy fikrlashni dasturlangan mashina asosida rivojlantirish muhim mustaqil izlanishlami talab qiladi. Bu haqda fikrlashning qandaydir umumiy usullari va aqliy faoliyatning umumiy hususiyatlari to‘g‘risida gapirish zarurdir. Lekin bu bilan o‘quvchilaming faol izlanishlarini, evrestik usullurini doimo qo‘llab quvvatlamaydi. Dasturlangan mashina vositasida o‘qitish paytida mantiqiy va obrazlikni birinchi prinsipini qo‘llash bir oz qiyinchilik bilan bo‘lishi mumkin, sababi dasturning kadrlari asosan yozma matndan iborat bo'lib, ularga ko‘rgazmali materiallarmi kiritishning imkoni doimo yo‘q bo‘lgan. O'quvchini mustaqil fikrlashga o'rgatish uchun unga muammoli holatlar tug‘dirish kerak. Chunonchi, mustaqil yechishga mo‘ljallangan mashinaga kiritilgan savol va topshiriqlar xuddi shunday bo‘lishi kerak. Jamoa bilan ishlash - bu hamma uchun bir vaqtda materialning bir qismini o'rganish imkonini beradigan o'qish jarayonini tashkil etish shartlaridan biri hisoblanadi. 34 Texnologiya ta’limida o‘quvchilarni bilim, malaka, ko‘nikmalarni rivojlantirish, ijodiy mehnatga, mustaqil fikrlashga o‘rgatish, kasb-hunarga yo‘naltirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish muhim muommolardan hisoblanib kelingan. Shunday uchun boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni ijodiy 33 Mavlonova. R., .Voxidova.N, Raxmonqulova.N. Pedagogika nazariyasi va tarixi.Toshkent – “Fan va texnologiya” - 2010 34 Quliyeva Shahnoza Halimovna. Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi// Buxoro – 2020 34 mehnatga o‘rgatish, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda texnologiya darslarining o‘rni juda ahamiyatli sanaladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnatga ijodiy tayyorlash texnologiya ta’limining muhim vazifalaridan biri sifatida qaraladi. O‘quvchilarning chuqur va mustahkam bilim olishlari bilan qurollantiradigan fan texnologiya deb e’tirof etiladi. O‘quvchilarni tanlagan kasbiga qiziqtirish, mehnatkash kishilarga hurmatda bo‘lishga tarbiyalaydi. O‘quvchilarni ish unumini oshirish, chuqur bilim egallash, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish masalalari texnologiya ta’limi darslarida hal etiladi. Texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarni diqqatini, xotirasini, qiyoslay bilishini, fikr yuritishni, asosiy narsani ajratishni, xulosa va umumlashtirishni, o‘z ishini rejalashtirishni, uni kerakli su’ratda amalga oshirishni, o‘z-o‘zini nazorat qilish vazifalarini ham o‘rgatib boriladi. Zamonaviy texnologiya darslarida o‘quvchilarini darslardagi ish unumini oshirish bosqichda olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Texnologiya darslari va mashg‘ulotlarida mehnat mashg‘ulotlarining aniqligi, asosligi, uning bola qiziqishiga, iste’dodiga va qobiliyatiga mos kelishi hisobga olinadi. Bunda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, imkoniyatlarini hisobga olish muhim hisoblanadi. Mehnat ta’limida o‘quvchilarning diqqat e’tiborini: -asbob-materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga: -ish joyini to‘g‘ri jihozlashga: -materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga: -ish harakati me’yori va su’ratiga: -ish sifatini ta’minlovchi omillarga: -ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga: -buyumni chiroyli qilib bezishga jalb kilib borish kerak. 35 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga jamoatchilikga, ijodiy tashabbuskorlikga, mehnat kishilarini va mehnat natijalarini hurmat qilishga, mehnat javobgarlikni his etish xususiyatlarini singdirib borish kerak. O‘quvchilarni texnologiya darslarida ish unumini oshirish uchun ularni ongiga, dunyosiga sinfdan tashqari ishlar orqali ta’sir 35 Quliyeva Shahnoza Halimovna. Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi// Buxoro – 2020 35 etishimiz mumkin. Bunda texnologiya fanining tarbiyaviy kuchi o‘quvchining mehnatga munosabatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib qoladi. Har bir o‘quvchi ishtiyoq va qiziqish bilan qilinayotgan mehnati majburan qildirilayotgan mehnatga nisbatan o‘quvchilarning ongiga, hissiyoti va irodasiga kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘quvchilar biror ijodiy mehnatga kirishishlaridan oldin pedagog o‘qituvchilar zimmasiga quyidagi shartlarni amalga oshirish talablari qo‘yiladi: -yasayotgan buyum yoki predmetning zarurligini tushuntirish: -uni qo‘llash urni va maqsadini tushuntirish: -yasash usullari va jarayonini tushuntirish: 36 Texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilar tayyorlagan narsalar o‘z o‘rnida qo‘llanilishi ham katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘z mehnatlarining foydaliligini ko‘rganlarida, ularda o‘z mehnatlarining natijasidan qoniqish, yana qandaydir foydali, yaxshiroq narsani hosil qilishga intilish hissi kuchayib boradi. Har bir bolada o‘z qobiliyatlariga ishonch, narsalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kerakligini his etadi, chunki bolalar atrofdagi narsalarni qanday mehnat evaziga yaratilganligini anglay boshlaydilar. Mashg‘ulot mazmuniga qo‘yiladigan muhim talablardan biri dars hamda sinfdan tashqari ishlarni hayot bilan chambarchas aloqador bo‘lmog‘i kerakligini anglatadi. Texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarni faollashtiradi, ayniqsa o‘qitishning zamonaviy bosqichi sharoitlarida bu juda ham muhim va shu bilan birga anchagina murakkabdir ham. Shuning uchun o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini faollashtirishga yordam beruvchi vosita va usullarini tanlash o‘qituvchining doimo diqqat markazida bo‘lishi muhim hisoblanadi. O‘quvchilarning ish unumini oshirish va ijodiy faoliyatlarini bir qator usullar vositasida faollashtirish mumkin. Bu usullarni ba’zilari bilan tanishtiramiz: 36 Mehnat va uni o‘qitish metodikasi: Darslik / Sanaqulov.X va boshqalar– Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni, 2015. - 224 b 36 1.Butun sinfga taklif etilgan muayyan ijodiy ishda o‘quvchining iloji boricha mustaqil ishlash hissasini ta’minlash. 2.Bir maqsadda o‘qitishning alohida va umumiy shakllarini biriktirish usullari bilan birga maxsus tarqatma materiallaridan foyda lanish. 3.Faoliyat turlari o‘rganilayotgan material bilan to‘g‘ri munosabatni ta’minlash. 4.Dastur materiali asosida darsda zehnlilik, diqqat, tasavvur va shu kabilarni tekshirish hamda shakllantirish maqsadida o‘ziga xos konkurslar o‘tkazish. 37 Zamonaviy texnologiya darslarining muhim xususiyatidan yana biri shundaki, o‘quvchilar mehnat va politexnik bilim, ko‘nikma va malakalarni xilma-xil amaliy ishlarni bajarish, o‘zlariga kerak bo‘lgan va ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo‘lgan predmetlar yasash jarayonida faol ishtirok etadilar. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling