Mavzu: texnologiya ta’limida amalga oshiriladigan sinfdan tashqari ishlarning ta’lim


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana02.05.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1422859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
EGAMOVA RAVSHANOY

Ish tuzilmasining tavsifi. Magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 asosiy bob, 
umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. 



I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI 
ISHLARNI 
TASHKIL 
ETISH 
VA 
UNI 
O‘TKAZISH USULLARI 
PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. 
1.1.1 Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni va 
mohiyati 
O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o‘z mustaqil siyosiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega bo‘lishi xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan 
xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq 
jarayonni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda fan va 
madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni 
hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarur. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik 
markazi faoliyatini yanada takomil-lashtirish va samaradorligini oshirish 
to‘g‘risida”gi farmonida ko‘rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni 
kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, 
tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, 
istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
4
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar samara-
dorligini oshirish uchun, avvalo biz yetuk pedagoglarni tayyorlashimiz zarur. Har 
tomonlama komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo‘nalishlarini 
topib amaliyotga joriy etish maqsadga muofiq bo‘ladi. Har qanday tarbiyaviy ishlarni 
davr talabiga mos va javob beradigan holga keltirish uchun albatta yetuk mutaxassis 
kerak. 
Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning “Barkamol avlod orzusi” va “Yuksak 
ma'naviyat yengilmas kuch” asarlarida yosh avlodni tarbiyalashda “Kelajak 
bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa, kelajak boy 
beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz. Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, 
4
 
https://manaviyat.edu.uz
 



insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o‘z-
o‘zidan kelmaydi. Hammasining zaminida tarbiya yotadi”, degan fikrlarni 
ta’kidlaydi
5
Mukammal tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar va omillar qaytadan ko‘rib 
chiqilib zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilishi joizdir. Biz bunda asosiy 
e’tiborni bola shaxsiga va psixologiyasiga qaratishimiz hamda yillar davomida 
to‘plangan ijobiy tajribadan samarali va unumli foydalanishimiz lozim. 
O‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ish maktabning butun ta’lim-
tarbiyaviy ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u bolani har tomonlama rivojlantirish, 
darslarda egallayotgan bilimlarini mustahkamlab, chuqurlashtirishi, amalda 
qo‘llanishga yordam beruvchi muhim vositalardan biri bo‘lishi kerak. Sinfdan 
tashqari ish ayni bir vaqtda o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, mehnat 
ta’lim va tarbiyasi bolalarda fan-texnika, sa’natning turli sohalariga qiziqishini 
o‘stirish masalalarini hal etishga yordam beradi.
6
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar inson shaxsining kamol topishida, o‘zi 
mustaqil ishlashi va ichki hissiyotlarini chiqara olishi shu uzluksiz jarayon davomida 
shakllanib boradi. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarni ota-onasi, maktab, mahalla, 
do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, 
adabiyot, tabiat va hokazolar bilan bevosita olib borilishi kerak. Sinfdan tashqari 
ishlarni barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorlikning ta’sir 
doirasi juda muhim sanaladi. Hamkorlik orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning 
birligini ta’minlab, uning shaxs sifatida mukammal shakllanishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadigan muhit va odatlardan kuchli himoya qilish juda muhim hisoblanadi. 
Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda 
xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy 
qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarini ishlab 
chiqib amalga joriy etishdir. Tarbiyaning asosiy vazifasi – shaxsning aqliy, axloqiy, 
5
Karimov.
I.A. “Barkamol avlod orzusi”. Т.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000. - 83 b 
6
Mehnat va uni o‘qitish metodikasi: Darslik / Sanaqulov.X. va boshqalar– Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni, 2015. - 224 b


10 
erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi hamda uning qobiliyatlarini har tomonlama 
ochish uchun keng imkoniyat yaratishdir.

Tarbiyaning negizi yoshlarni erkin fikrlashga, hayot mazmunini tushunib 
olishiga, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv hissini uyg‘otishga 
qaratilgandir. Sinfdan tashqari texnologiya darslarida o‘quvchilarni milliy, 
umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, 
madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, 
malaka hosil qildirish va estetik tushunchalarini shakllantirish juda muhim 
hisoblanadi. 
“Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi” Xalq ta'limi 
vazirligi tomonidan 1993-yili tasdiqlangan edi. O'zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta'lim to'g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”ni, ular asosida ishlab chiqilgan hukumat va vazirlik 
qarorlarini hayotga tatbiq etish, ta'lim sohasini tubdan isloh qilish maqsadida mazkur 
Konsepsiyani qayta ishlashga to‘g‘ri keldi. Yangi tahrirdagi Konsepsiya Qori 
Niyoziy nomidagi O'zPFITI olimlari guruhi, Respublika Ta’lim markazi 
mutaxassislari va Xalq ta'limi vazirligi xodimlari tomonidan ishlab chiqildi.
8
Sinfdan tashqari ishlar orqali inson faoliyatini turli sohalarida bolalar ijodkorligi, 
iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni yanada qo‘llab-quvvatlash ishlari keng ko‘lamda 
tashkil etiladi. O‘quvchilarni vatanparvarlik, har tomonlama dunyoviy fikrlaydigan, 
o‘z xalqi va oilasi, davlati himoyasi uchun hamisha shay turadigan, O‘zbekiston 
Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qaraydigan, yosh 
avlodni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga, Bayrog‘iga, Gerbiga, Madhiyasiga, 
Prezidentiga sadoqatli o‘g‘il va qizlar qilib tarbiyalash davr talabi. O‘zbekiston 
Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga
chiqarilgan qonunlariga so‘zsiz amal qilish va hurmat bilan qarashga, yoshlarimizni 
erkin mustaqil fikrlashga o‘rgatish kerak. Sinfdan tashqari ishlarni amalda tarbiyaviy 
jarayonning yaxlit va uzluksiz ishiga turli yoshdagi bolalarni qamrab olishga alohida 
7
Mavlonova.R, Normurodova.B, Rahmonqulova.N, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o'quv qo'llanma, O'zbekiston 
Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent: «Tib kitob» nashriyoti, 2010. 216 bet. 
8
Mavlonova.R, Normurodova.B, Rahmonqulova.N, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o'quv qo'llanma, O'zbekiston 
Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent: «Tib kitob» nashriyoti, 2010. 216 bet


11 
ahamiyat berish zarur.O‘quvchi yigit va qizlar nafaqat bo‘lg‘usi katta hayotga 
tayyorgarlik ko‘rishlari, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashashlarini inobatga 
olish kerak. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning qiziqishi 
va yoshi, xohish va ehtiyojlarini inobatga olgan tarzda, ularning darsdan bo‘sh 
vaqtlarida o‘quv-tarbiya jarayonini unumli to‘ldiradi. O‘quvchilarning ijodiy 
qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishda sinfdan tashqari ishlarning xosligi 
shundaki, to‘garak, klub va tadbir dasturlarning rang-barangligi, ular mazmunidagi 
yangiliklar o‘smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi 
imkoniyatlar yaratish imkonini beradi. 
Forobiy o‘zining “Fozil shahar aholisining fikrlari”, “Baxt-saodatga erishuv 
haqida” va boshqa asarlarida axloq falsafasi, jumladan, axloqiy tarbiyaning muhim 
muammolarini hal qilishga harakat qiladi. Mutafakkirning axloq va uning asosida 
yosh avlodga tarbiya berish g‘oyalari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani 
yo‘q, aksincha, axloqiy tarbiyaning yangi usul va qoidalarini ishlab chiqish va ularni 
takomillashtirishda juda katta ahamiyat kasb etadi

9
Har bir jamiyatning yuksalishi uchun avvalo, uning madaniyati va 
ma’navuyatiga ta’sir o’tkazish kerak. Ma’naviyatni yuksakligi albatta, jamiyatning 
ma’naviy axloqiga bog’liqdir. Shunday ekan sinfdan tashqari ishlarning ham negizini 
ma’naviyat bilan bog’lash, o’quvchilar odob-axloqini yuksaltirishga qaratish 
lozimdir. 
Ma’rifat darg‘asi A.Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida esa
pedagogika fanini aniq va tushunarli qilib ta’riflaydi: “Tarbiya pedagogiya”, ya’ni 
bola tarbiyasining fani demakdur... “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo 
mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir…”
10
Mana ma’rifatimizni yuksak salohiyatiga tamal toshi qo’ygan darg’alarimiz 
ham axloq, tarbiya birinchi ekanligini aytib o’tganlar. Shunday ekan yuqori sifatli 
ta’limga erishish uchun biz albatta, yuqori darajadagi tarbiyani bera olishimiz shart. 
9
Abu Nasr Forobiy. Baxt-saodatga erishuv haqida. Risolaiar. -T.: “Fan”, 1975,76-bet. 
10
Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. -T.: “Ma'naviyat”, 1998. 36-bet


12 
Avvalo , ta’lim – tarbiya berayotgan insonni o’zi axloqiy me’yor talablariga loyiq 
bo’lmog’i zarurdir. Zeroki, ustozdan shogirt andoza oladi. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, pedagogika tushunchasini tarixiy 
taraqqiyotiga quyidagi umumlashgan ta’rifni bersak bo‘ladi: pedagogika jamiyatning 
ta’lim va tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan ilm-fan va amaliy 
faoliyat sohasidir.
11
Zamon taraqqiy etib yuksalayotgan hozirgi paytda fan va madaniyatning eng 
so‘nggi texnologiyalar asosida o‘sib borayotgan yosh avlodni hayotga tayyorlash 
muhim hisoblanadi. Bu borada o‘smirlar orasidagi axloqiy va ma’naviy jihatdan 
tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish muhimdir. Chunki, axloqi yo‘q inson ongli 
ijtimoiy va komil shaxs bo‘la olmaydi. Shuning uchun har doim axloqiy tarbiya 
shaxsning har tomonlama yetuk va erkin shakllanishida asosiy o‘rin kasb etadi. 
“Tarbiya ikki negizga - axloq va oqillikka tayanmog‘i lozim. Birinchisi yaxshi 
fazilatni o‘stirsa, ikkinchisi o'zgalar illatidan himoya qiludi. Demak, tarbiya ham 
axloqqa, ham insoniy munosabatlarga, asrlar osha xulq tajribasidan sinovdan o‘tib, 
o‘zining umrboqiyligini isbotlagan qadriyutlarga, an’ana va urf-odatlarga 
bog‘lansagina kuzatilgan natijaga olib keladi”
12
Maktab va sinfdan tashqari ishlarni ta’lim muassasalarida olib borishda 
tarbiyachilar jamoasi oldida o‘quvchilarga umuminsoniy har tomonlama axloqva 
ta’lim-tarbiya qoidalari asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa 
turmoqda. Bolalarning sinfdan tashqari ishlarida ularni muvaffaqiyati va guruhdagi 
o‘rinilari aniqlanadi, atrofdagilarning munosabati belgilanadi, sinfdan tashqari 
tabiyaviy ishlar bolaning axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar 
qalbida yuksak ma’naviyatlilikni shakllantirishda maktab va sinfdan tashqari 
ishlarning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish kerak.
Tarbiyashunos olim Abdulla Avloniy o'zining “Turkiy guliston yoxud axloq” 
asarida inson kamolotida tarbiyaning o‘rnini alohida ta’kidlab, shunday degan edi: 
“Janobi Haq insonlaming asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, 
11
.Atayeva. N.S,.RasuIova. F, Salayeva. M, .Hasanov. S. Umumiy pedagogika. (Pedagogika tarixi). O‘quv qo‘llanma. 
I kitob. - T .: «Fan va texnologiya», 2012,756 bet. 
12
Temurova. M. Boshlang'ich ta'lim jurnali 9 - 12- sonlar 1995- у 


13 
foyda ila zarami, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi 
qobiliyatni kamolga yetkazmoq tarbiya vositasida bo‘ladir. Agar bola yaxshi tarbiya 
topib, buzuq xulqdan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo‘lsa, baxtiyor bir 
inson bo‘lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o‘ssa, nasihatni qulog‘iga 
olmaydigan, har xil buzuq ishlami qiladigan nodon, johil, bir rasvoyi odam bo‘lib 
chiqadi.”
13
Tarbiya har bir zamonda insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha 
shakllarida aks etibgina qolmay, bilimi, his-hayajoni, estetika, odob-axloq qoidalariga 
hamda individning ichki o‘ziga hos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini 
rivojlantirishdagi asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Mana shu tarbiyaning asosiy 
manbai–shaxslar bo‘lib qoladi–bu jamiyat va individning o‘zidir. Tarbiyalanayotgan 
shaxs maqsadlari va qadriyatlari tizimida individual va ijtimoiylik nisbatlari 
muammosi tarbiya nazariyasida markaziy muammo hisoblanadi. 
Har qanday jamiyat madaniyatining o‘z ijtimoiy tarixi bor. Ma’naviy tarbiyani 
tajribada yangicha talqin qilishda, ma’naviy va moddiy qimmatliklarni yaratishda, 
ularni qayta anglash mustaqil avtonom bo‘lib qoladi. Bunday shaxs o‘zining 
zamondoshlari uchun ma’lum bo‘lgan yoki begona tajribani olib kiradi, faqat vaqt 
o‘tishi bilan asta-sekin jamiyatga kirib borib, o‘zini jamiyatga qarshi qo‘yishi, unga 
qarshi chiqishi va u bilan kurashishga kirisha oladi.Jamiyat shaxs yoki shaxslar 
to‘plamiga aytilmaydi. Balki, jamiyat – bu qadriyatlar asosida o‘z maktabini 
yaratadigan, har qanday subyektni xizmat qilishga majbur etishga intiluvchi, o‘zining 
mavjudligini saqlab qoladigan harakatlantiruvchi ijtimoiy birlikdir. 
Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarda tarbiya doimo, zarur va umumiy 
kategoriya sanaladi. Ta’lim-tarbiya insoniyat jamiyati yuzaga kelishi bilan birga 
paydo bo‘lib, jamiyat yashar ekan, u ham mavjud bo‘lib qoladi. Unda qonuniy o‘zaro 
bog‘liqliklar va bu hodisaning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan o‘zaro bog‘liqliklari 
aks ettiriladi. Tarbiya, o‘qitishning bir qismi sifatida, ta’limni ham o‘z ichiga oladi. 
13
A.Avloniy. «Тurkiy Guliston yoxud axloq» (nashrga tayyorlovchi Хoliqov L.) –Тoshkent: O‘qituvchi, 1992. 160 b. 


14 
Taraqqiy etib borayotgan texnologiyalar asrida o‘sib kelayotgan avlodni 
tarbiyalash uchun avvalo, ularning ijtimoiy tajribani asosiy elementlarini 
o‘zlashtirishlarini hisobga olib, ularni katta avlod ijtimoiy munosabatlariga, 
munosabatlar tizimiga va ijtimoiy zarur faoliyatiga jalb etishlari jarayoni va natijasi 
asosida amalga oshiriladi. Eng umumiy shakllarida bu o‘zaro munosabatlar, bolalar 
hayoti, sog‘ligi va ozuqalanishlarini ta’minlashga, jamiyatda ularning o‘rnini va 
ularning ruhiy holatini aniqlashga qaratilgan. Kattalar bolalar bilan o‘zlarining 
tarbiyaviy munosa-batlarini anglab yetishlari va bolalarda u yoki bu sifatlarini 
shakllantirish maqsadlarini o‘z oldilariga qo‘yar ekanlar, ularning munosabatlari 
yanada pedagogik, anglab yetilgan maqsadga yo‘naltirilgan tus oladi. 
Shunday qilib,ta’lim-tarbiya jamiyat va individning hayotini ta’minlashda asosiy 
vositadir. U ma’lum tarzda shakllangan ijtimoiy munosabatlar va jamiyat hayot tarzi 
natijasidagi aniq tarixiy sharoitlarda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirishning 
asosiy mezonlari shaxsning xususiyatlari va sifatlari hayot talablariga mos kelish 
darajasi hisoblanadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida butun ijtimoiy hayotning tabiiy 
bir qismidir. Xalq ta’limi tizimida bu o‘zining mazmuni, shakli va metodlari 
qandaydir rasmiylashish hamda bir xilligi bilan ifodalanadi. Tarbiyadagi boshqa bir 
qarama-qarshilik hayot talablari va shaxsning ijtimoiy hayotga va ishlab chiqarish 
faoliyatiga tayyorgarligi darajasi o‘rtasida yuzaga keladi. Ushbu qarama-qarshilik 
chuqurlashib borgan sari o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy ta’lim texnologiyalari 
asosida tayyorlashga xalaqit qiluvchi “qalpoq” va konservativ holatlarni o‘z vaqtida 
aniqlash hamda yo‘qotish zarur hisoblanadi. Bu jarayonni hal etish ta’lim va tarbiy 
metodlarini hayot talablariga javob bera oladigan qilishni talab etadi. Zamonaviy 
ta’limda shu holat ijtimoiy hayot yangi sharoitlari va unga kelajak avlodlarni 
tayyorlash bilan birga uning eskirib qolgan usullari o‘rtasidagi qarama-qarshilik 
hisoblanadi. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning darsdan bo‘sh 
vaqtlaridagi o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi va kengaytiradi, o‘quvchilarning 
mustaqil bilim olishlariga, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishiga 
imkoniyat yaratadi.Shu sababli keyingi davrda o‘quvchilarning darsdan tashqari 


15 
vaqtlarini ko‘ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda.Sinf jamoasi bilan olib 
boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy yo‘nalishlari, mazmuni har bir yosh 
bosqichida o‘quvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim. 
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ish pedagogdan bor shijoatini, butun qobiliyatini 
ishga solishni va tinmay izlanishni talab etadi. Har doim kelajak avlod 
tarbiyalayotganda, ularni uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizga vatanparvarlik 
ruhidagi haqiqiy fuqarolari bo‘lishiga erishishi kerak. Boshlang‘ich sinflarda 
maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib borish va uni amalga oshirish 
sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan rejalashtiriladi. Bunday 
tarbiyaviy ishning asosida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashini yanada oshirish, ularni 
milliy istiqlol va vatanga mehr-muhabbat ruhidatarbiyalash hamda hozirgi yangi 
texnologiyalar yordamida haqiqiy hayotga tayyorlashdan iboratdir. O‘quvchilarning 
ijtimoiy foydali mehnatini, axloqiy madaniyati va ularning o‘z huquq va burchlariga 
nisbatan ongli munosabatini tarbiyalashda sinfdan tashqari ishlarning o‘rni kattadir. 
Har bir o‘quvchida o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini shakllantirish va yuksaltirish 
muhim vazifa hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi va sinf rahbari faoliyatining 
asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning ahil tarbiyali jamoasini tashkil etishdir. 
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari jamoa ishi shunday tashkil etiladiki, 
unda sinfning boshqa jamoalar bilan ham aloqasi doimiy amalga oshiriladi. Sinfdan 
tashqari tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchi va sinf rahbari sog‘lom, ahil bolalar jamoasini 
shakllantirish bilan bir qatorda doimiy bolalar qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlab 
boradilar, ularning ijtimoiy foydali faoliyatlarga yo‘naltirib boradilar. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari har doim juda faol va harakatchan bo‘lib, bu 
ularning faollikka intilishiga bo‘lgan organik ehtiyojidir. Ammo bunda hali bolalar 
hayotiy tajribaga yetarli ega bo‘lmaydilar va kundalik pedagogik rahbarlikka doimo 
ehtiyoj sezadilar. Bu vaziyatda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bolaning ilk maktabga 
kelgan vaqtidan boshlab tarbiyaviy ishning jamoatchilik munosabatlarini yaratishga 
doimo zo‘r imkoniyat beradigan hamda bolalarda individual qobiliyatlarni 
rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadigan usul va metodlarni tanlaydi. 


16 
Boshlang‘ich sinflarda yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan sinfdan 
tashqari ishlar bolalarga o‘zlarini qiziqtiruvchi faoliyat turini tanlashga yordam 
beradi. Biroq ko‘pincha kichik yoshdagi o‘quvchilar, yosh xususiyatlariga ko‘ra, o‘z 
xususiyatlarini to‘g‘ri baholay olmaydilar.Bu vaziyatda bolalarning jamoatchilik 
malaka va ko‘nikmalarining shakllanib borishi o‘qituvchi-tarbiyachining bolalar 
jamoasiga rahbarlik qilishidagi jarayoni o‘zgarib boradi. Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarini ta’lim va tarbiyani tabiiy hamda jamoa faoliyati jarayonida 
o‘rganadilar. Sinfdan tashqari ish o‘quvchilarga biror maqsadga qaratilgan pedagogik 
ta’sir vaqtini uzaytiradi, u o‘qituvchiga o‘quvchilarning darslarda egallagan 
bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, bolalarning qobilyatini rivojlantirish, 
ularning xilma-xil qiziqishlarini qondirish, madaniy dam olishlarini uyushtirish 
imkonini beradi. Maktabda bashlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni 
yo‘lga qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan 
uyushtiriladi. 
Mazkur boshqaruv tashkilotchilik ishi ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy 
g‘oyalari bilan ahil, jipslashgan o‘quvchilar jamoasini tuzadi. Bu to‘g‘ri taqsimlash, 
ijro ustidan hisobot va nazoratni yo‘lga qo‘yish, harakatlar, tashabbuskorlikning 
uyg‘unligini ta’minlash, musobaqalar uyushtirish, o‘z zimmasiga mas’uliyat olish 
kabi ko‘nikmalardan iborat. Shuning uchun ham o‘quvchilarning maktabdan tashqari 
faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo‘lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, 
munosabat doirasi keng va ma`naviy o‘sishi samarali bo‘ladi. Maktabdan 
tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilar jamoada ishlashni o‘rganadilar, ijtimoiy 
mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo‘shiladilar, 
jamoatchilik fikriga bo‘ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. 
Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida kelajagimiz 
bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash 
nihoyatda 
zarurdir.Sinfdan 
va 
maktabdan 
tashqari 
tarbiyaviy 
ishlarning 
samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va 
qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog`liq. Ushbu Kontseptsiya ham xuddi shu 
maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo‘naltirilgan. 


17 
1.2 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling