Mavzu: texnologiya ta’limida amalga oshiriladigan sinfdan tashqari ishlarning ta’lim


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana02.05.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1422859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
EGAMOVA RAVSHANOY

Tadqiqot obyekti va predmeti. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va boshlang‘ich 
sinflarda o‘tiladigan “Texnologiya” darslari. Texnologiya darslarida sinfdan tashqari 
ta’lim – tarbiyaviy ishlarni olib borishda zamonaviy pedagogik texnalogiyalar va 
innovatsiyalardan foydalanib, 
o‘quvchilarni texnologiya darslariga bo‘lgan 
qiziqishlarini yanada oshirshdan iborat deb belgilandi. 
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ma’naviy qadriyatlar-bu falsafiy va 
ijtimoiy tushunchalar bo‘lib, insonni o‘rab olgan atrof-muhitni amaliy jihatdan 
o‘zlashtirish natijasida vujudga keladi. Ta’lim tarbiya jarayonida ma’naviy 
qadriyatlar ijtimoiy tarixiy hodisani ifodalaydi. Umuman xulosa qilib aytganda 
bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya 
samaradorligini oshirish bilan birga jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy 
salohiyatini ko‘tarishga xizmat qiladi. 



O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyani 
milliy shakllantirishga va rivojlantirishga keng yo‘l ochib berdi. Milliy tarbiya 
nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, adabiyot, etika, estetika, 
pedagogika, psixologiya kabi fanlardan foydalanadi. Milliy tarbiya hayotning 
moxiyati ichki aloqa va munosabatlarini aks ettiradi.Bugungi kunda shunchaki bilim 
egasi bo‘lgan yoshlar emas, ijodkor, iste’dodi bilan ajralib turuvchi o‘quvchilarni 
tarbiyalash zamon talabidir.
2
Maktabda ta’lim olish davrida milliy tarbiya o‘quvchilarni turli qobilyatlarini 
rivojlantiradi. Tabiatga, jamiyatga qarash tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch 
quvvatlari yanada mustahkamlanadi. Jamiyatiga katta e’tibor bergan O‘rta Osiyolik 
mashhur musiqachilar orasidagi bolaning yoshi ulg‘aygan sari bu faoliyat tobora 
ko‘proq mustaqil xususiyatga ega bo‘lib boraveradi. Tabiat va jamiyat turmushda 
uchraydigan hodisa va sharoitlarni tushunishga ham idrok etib o‘z atrofidagilarga 
munosabatda bo‘lishiga ko‘nikib boradi. 
O‘quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini 
muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o‘zlashtirish va 
bilim sifatini oshirish ko‘p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali 
ishlashiga bog‘liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar 
o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi, 
to‘g‘ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni 
amaliyot ishlab chiqarish bilan bog‘lanishiga zamin yaratadi. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning 
vazifalari ham ko‘p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning 
tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: 
• Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat 
qilish. 
2
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // Barkamol avlod . O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 
1997. 



• O‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko‘p qirrali ishlarni 
o‘quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo‘lga qo‘yish. 
• Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo‘nalishiga bevosita rahbarlik qilgan 
holda o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam 
ko‘rsatish. 
• Umummaktab va maktablararo o‘tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy 
tadbirlarda qatnashish. 
• O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat 
muassasa-lari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada 
tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko‘rish mumkin: tashkilotchilik, 
uslubiy va ma'muriy.
3
Bular ko‘pincha o‘zaro uzviy bog‘langan holda namoyon bo‘ladi. 
Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish 
mumkin: 
- Tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish. 
- Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash. 
- Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini, 
shakl va usullarini aniqlash. 
- Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning 
mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling