Mavzu: texnologiya ta’limida amalga oshiriladigan sinfdan tashqari ishlarning ta’lim


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana02.05.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1422859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
EGAMOVA RAVSHANOY

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………… 
Magistrlik 
dissertatsiyasining 
asoslanishi 
va 
uning 
dolzarbligi. 
Mamlakatimiz istiqboli, xalqimizning ertangi kuni ko‘p jihatdan farzandlarimizning
qanday ta’lim – tarbiya olishiga bog‘liq. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini 
shakllantirishda milliy umuminsoniy qadriyatlar Respublikamizda umuminsoniy 
qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya 
mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib borish imkoniyatlari yaratilmoqda. 
Insonparvar demokratik jamiyatni qurayotgan O‘zbekiston sharoitida amalga 
oshirilayotgan ta’lim - tarbiya ma’naviy barkamol, ruhan tetik, mustaqil fikrlash va 
ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, zamon talabiga javob beradigan komil insonni 
shakllantirishga 
yo‘naltirilgan. 
O‘tgan davr mobaynida ta’lim sifati va 
samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilayotgan va amaliyotga joriy 
etilayotgan qarorlar va ularning ijrosi ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga muhim 
turtki bo‘lib kelmoqda. Shu o‘rinda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 
mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, ilm – fan sohasi rivojini 
jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor bo‘lib o‘tdi. 
Yig‘ilishda davlatimiz rahbari ta’lim sohasidagi muammolar va ularni hal etib, ta’lim 
sifatini oshirishga oid vazifalar muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari avvalo 
maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni 
faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini 
ta’kidladi. Bu borada ta’lim tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi misol qilib keltirildi. 



Bundan ko‘rinadiki, Respublikamizda ta’lim - tarbiyaning mazmun va 
mohiyatining o‘zgarishi o‘qituvchi va o‘quvchi oldiga yangidan - yangi 
muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Ta’lim jaroyonida vujudga kelgan bunday 
o‘zgarishlar natijasida pedagogik jarayonlarda yangi ta’lim texnologiyalarni qo‘llash 
samarali natijalarga erishish yo‘llarini yana jadallashtiradi. Ta’lim – tarbiya 
jarayonida jumladan, boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida sinfdan tashqari ta’lim 
– tarbiyaviy ishlarni tashkil etish o‘quvchilarda texnologiya faniga bo‘lgan 
qiziqishlarini orttiradi. Bu esa o‘z navbatida sinf dars jarayonida o‘quvchilar 
faoliyatini yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi. 
- Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, 
muhit ham o‘zgarmaydi - dedi, Shavkat Mirziyoyev. 
1
Boshlang‘ich maktabdagi har qanday dars singari, texnologiya darsi ham 
an’anaviy, ham noan’anaviy bo‘lishi mumkin. Oxirgi o‘n yil darslarning nostandart 
shakllari o‘quv jarayonida mustahkam o‘rnini egalladi. Ularning tasnifi (Malygina 
A.S., 1998 yil ma’lumotlariga ko‘ra) sxematik tarzda ifodalanishi mumkinligi 
aytiladi. 
Motivatsion sohani rivojlantirish samarali bo‘lishi uchun, tayyorgarlik davri 
shunchalik samarali o‘tkazilishi kerak. Dars o‘tkazishda o‘qituvchi o‘quvchilarning 
darsning asl shakliga bo‘lgan munosabatini hisobga oladi. An’anaviy bo‘lmagan dars 
maktab o‘quvchilarini o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etishning shunday shakllaridan 
biri. O‘qitish va rivojlantirishning noan’anaviy shakllarining samaradorligi hammaga 
ma’lum. Bolalar o‘z xohish istaklari bilan bunday mashg‘ulotlarga jalb qilinadi, 
chunki ular nafaqat o‘z bilimlarini, balki zukkoliklarini, ijodkorligini ham namoyon 
etishlari kerak. An’anaviy bo‘lmagan darslar yordamida ta’limni farqlash, mustaqil 
tashkil etish muammosini hal qiladi. 
Texnologiya darslarini o‘tkazishning noan’anaviy shakllarini rejalashtirish va 
tashkil qilishda, shuningdek darslarni o‘tkazishda umumiy didaktik pinsiplarga 
tayanish kerak. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning yoshi va 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni //
https://lex.uz/docs/3107036.
 



tayyorgarligini, texnologiya darslariga qiziqishlarini, mavzularni hisobga olgan holda 
noan’anaviy darslarni o‘tkazish shakllari, usullari va vositalarini tanlashni bilish 
zarur. Shuni ta’kidlash kerakki, nostandart darslarni tanlashda o‘lchov zarur. 
Fan darsida bilim, ko‘nikma va malakalar sinovi o‘tkazilmaydi. Darsning asosiy 
qismi yangi materialni o‘rganishga, talaba va o‘quvchilarning mustaqil ish 
uslublariga bag‘ishlanadi, shundan so‘ng o‘rganish mustahkamlanadi. Shuning uchun 
O‘zbekiston 
Respublikasini 
yanada 
rivojlantirish 
bo‘yicha 
“Harakatlar 
strategiyasi”da ta’limning barcha bo‘g‘ini va turlari qatorida ixtisoslashtirilgan 
umumiy o‘rta ta’lim tizimini tubdan yaxshilash, bu jarayonga innavatsion 
texnologiyalarni olib kirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi. 
Biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari yosh avlodga ta’lim - tarbiya berishda
zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalarga tayangan holda o‘rgatsak, oldimizga 
qo‘ygan hamda yurtboshimiz istagan har tomonlama bilimli, salohiyatli
o‘quvchilarni yetishtirishdek maqsadimizga erishgan bo‘lamiz. Yuqoridagilarga amal 
qilgan holda o‘quvchilarni har tomonlama bilimdon, mustaqil fikrlashga, vatanga va 
mehnatga bo‘lgan mehr - muhabbatini o‘stirishimiz kerak. Maktabda texnologiya 
ta’limida sinfdan tashqari ta’lim – tarbiyaviy ishlarni yangi innavatsion texnologiya 
va usullarda olib borish biz tanlagan mavzuning dolzarbligini belgilaydi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling