Mavzu: texnologiya ta’limida amalga oshiriladigan sinfdan tashqari ishlarning ta’lim


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana02.05.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1422859
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
EGAMOVA RAVSHANOY

55
 
Magzumov P.T. O‘quvchilarni mexnatga va kasb tanlashga tayyorlash. - T.:O‘qituvchi,1991.-206 b. 
 
56
Shodiyev N.Sh. Qishloq xo‘jalik ishchi kasblari.-T.:O‘qituvchi.1981.17 b. 


62 
yo‘naltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jumladan, boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarini mehnat ta’limi va tarbiyasi jarayonida o‘qitiladigan “Loy va plastillin 
bilan ishlash” ish turiga oid,haykaltaroshlik, kulolchilik, rassomchilik, “Gazlama va 
ip turlari bilan ishlash” ish turiga oid tikuvchilik, kashtachilik, do‘ppido‘zlik, 
ipakchilik, to‘quvchilik, dizaynerlik, “Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash” ish 
turiga oid dehqonchilik, gulchilik, bog‘bonchilik, tadbirkorlik kasb-hunarlari 
to‘g‘risida ma’lumotlar berish,darslarni xalq milliy qadriyatlari asosida o‘qitishni 
tashkil qilish lozim bo‘ladi. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning asosiy maqsadi har 
bir o‘quvchiga individual ravishda kasb yoki mehnat faoli yati sohasini asosan va 
to‘g‘ri tanlashda yordamlashishdir. O‘quv chilarni kasbga yo‘naltirish umumta’lim 
maktabi ishining tarkibiy qismidir. Ma’lumki, agar kasb to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, in 
son uchun mehnat quvonch, ijodiy ilhom manbaiga aylanadi. 
Kasb tanlashga yo‘llash butun pedagoglar jamoasi tomonidan hal etila digan 
umum maktab vazifasi hisoblanadi. Shu bilan birga, bu ishda mehnat ta’limi alohida 
o‘rinni egallaydi. O‘quvchilarni kasb tanlashdagi asosiy omillar ota-ona, muhit va 
ta’lim-tarbiyadir. Kasb tanlashning asosiy vazifasi o‘quvchilarni politexnik mehnat 
va malakalari bilan qurollantirishdan, ularni mehnat va ijtimoiy faoliyatga, kasblarni 
ongli ravishda tanlashga, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishda ishtirok 
etishga tayyorlashdan iboratdir. Maktabda kasb tanlash ishlari quyidagi maqsadlardan 
iborat: 
1. O‘quvchilarni kichik sinflardan boshlab xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari 
bilan tanishtirib borish. 
2. O‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan tani shtirib, ommaviy 
kasblarning mazmuni, sinfdan tashqari o‘tka ziladigan tadbirlarni amalga oshirish. 


63 
3. Kasb tanlashga yo‘llash ishlarini olib borishda o‘quvchilarni asosan maktab 
joylashgan hududning korxona, tashkilotlarining ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan kasb 
va mutaxassislarga yo‘llash.
57
Kasb tanlash juda muhim masala bo‘lib,ko‘pincha o‘quvchilar uni mustaqil hal 
qila olmaydilar. O‘qituvchilarning ish tajribasi o‘quvchilarni kasb tanlashga 
yo‘llashning farq va metodlarini belgilab beradi. Darslarda kasb tanlashga yo‘llash. 
Masalan, o‘qituvchi o‘quvchi larni mehnat mashg‘ulotlarida bajaradigan ish bilan 
bog‘ liq kasblar bilan tanishtiradi. Chuninchi, yog‘och kesuvchi, rom yasovchi, 
duradgorlik, tikuvchilik, oshpazlik va boshqa kasb lar haqida bilim oladilar va 
tanishadilar. Ekskursiyalarda kasb tanlashga yo‘llash.Odatda, eks kursiyalarda 
o‘quvchilarni o‘quv rejasi doirasidan chiquvchi material bilan tanishtirishga qulay 
sharoit yuzaga keladi. Bu imkoniyatdan o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash uchun 
foydalanish mumkin. To‘garak mashg‘ulotlarida kasb tanlashga yo‘llash. To‘garak 
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga ko‘proq imkoniyatlar 
vujudga keladi. Har xil mavzuda uchrashuvlar o‘tkazish. Odatda, umumta’lim 
maktablarni bitirgandan keyin ishlab chiqarish sanoati muassasalarida ishlayotgan 
kishilar bilan suhbatlari o‘quvchilarda katta taassurot qoldiradi. Mehnat ta’limi 
jarayonida o‘quvchilar turli kasb egalari bilan tanishadilar. 
Kasbni to‘g‘ri tanlash– inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning 
butun hayotidagi muvofaqqiyati ko‘p jihatdan kasbning qanchalik to‘g‘ri tanlashiga 
bog‘liq. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling