Mavzu: texnologiya ta’limida amalga oshiriladigan sinfdan tashqari ishlarning ta’lim
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
EGAMOVA RAVSHANOY
O‘TKAZISH METODIKASI
58 Shodiyev N.Sh. Qishloq xo‘jalik ishchi kasblari.-T.:O‘qituvchi.1981.17 b. 65 3.1. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o‘tkazilgan tajriba –sinov ishlarining natijasi Jamiyatimizning yoshlari yuksal darajada bilimli bo’lishliklarida, boshlang’ich sinf o’qituvchilarini o’rni nihoyatda,beqiyosdir. Har bir bolani kelajakda qanday inson bo’lishida dastlab, olgan bilim va ko’nikmalari poydevor bo’ladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi texnologiya ta’limi bo‘yicha ishlarni amalga oshirayotganda o‘quvchilar u yoki bu ishni bajarish natijasida qanday ko‘nikma, bilim va malakalarni egallashlarini aniq bilishi kerak. Ana shunday holda o‘qituvchi sinf uchun shu vaqtda zarur bo‘lgan materiallarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu o‘rinda muhimi o‘quvchilar mazkur materiallarni tayyorlash jarayonida dastur nazarda tutgan bilim va malakalarni egallab olishlaridan iborat. Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limi darslaridagi ta’lim-tarbiyaviy vazifalar umumta’lim maktablaridagi mehnat ta’limining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, quyidagi mashg‘ulot turlari jarayonida amalga oshiriladi: 1. Qog‘oz va karton bilan ishlash. 2. Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash. 3. Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash: a)plastilin va loy ishi; b)urug‘lar bilan ishlash; d)applikatsiya va mozaika ishlari; 4. Loyihalash va modellashtirish: a) badiiy qurish-yasash. 5. Qishloq xo‘jalik mehnati. 59 59 Mehnat va uni o‘qitish metodikasi: Darslik / .Sanaqulov.X. va boshqalar– Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni, 2015. - 224 b 66 Mehnat ta’limi - bu o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy faoliyatlar jarayonidan iborat bo‘lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarini hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko‘nikma va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga qo‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarini va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv fanidir. 60 Yangi tahrirdan chiqarilgan boshlang’ich sinf texnologiya darsligi mashg’ulot daftari bilan birga chiqarilgan. Ushbu darslik o’quvchilarga birmuncha qulayliklar yaratgan. Asosan ular qogoz bilan ishlanadi. Qog‘ozlarni buklash usullari, rangli qog‘ozlardan turli gullar shaklini yasash. Qog‘ozni qirqish va buklash orqali dekorativ gullar, kitobcha uchun muqova tayyorlash. Rangli qog‘ozlardan archa bezaklarini yasash. Rangli qog‘ozlardan o‘yinchoq pirpirak, ikkiga buklangan qog‘ozlardan qirqib, applikatsiya usulida naqsh yasash. Qog‘oz va karton yordamida “Bahorgi guldasta” applikatsiya usulida tayyorlash. Uchiriladigan qog‘oz qush yasash. Qog‘ozdan applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlash. Qog‘ozdan turli o‘yinchoqlar yasash kabi mavzulardan iboratdir. To’garaklarda turli ishlarni bajarish, asboblarni to‘g‘ri ishlatish, darslarda foydalaniladigan materiallar va asboblar bo‘yicha bilimlarni tekshirishga bag‘ishlangan musobaqalar sinfda va sinflararo o‘tkazilishi mumkin. Ish turlarini, tayyorlash texnologiyasining aynan o‘zini qoldirib o‘zgartirish ham mumkin. Hamma topshiriqlarni bajargan o‘quvchilarni maxsus nishon bilan taqdirlash boshqa o’quvchilarda ham o’z ustida ishlashiga turtki bo’ladi. To‘garak va sinfdan tashqari ishlarida ko‘rgazmalar, mavzuli albomlar, ko‘rgazmali qurollarni tashkil etish kabi ishlarni bajarish bolaga zavq bag’ishlaydi. Ko‘rgazmalar mavzusi xilma-xil bo‘lishi mumkin, masalan, sinfda texnologiya darslarida bajarilgan ishlar ko‘rgazmasi, uyda mustaqil ishlagan yoki to‘garak va sinfdan tashqari ishlarda bajarilgan ishlar ko‘rgazmasi va shu kabilar. 60 Mehnat ta’limidan optimallashtirilgan “Davlat ta’lim standarti” 2010 yil. 67 Ko‘rgazmani tomoshabinlar qanday idrok etishlari, ko‘rgazmaning qanday tashkil etilganligi, qanday bezatilganligi, namunalarning joylashtirilishiga bog‘liqdir. Ko‘rgazmalar estetik didni tarbiyalaydi. To‘garak ishi – “Mohir qo‘llar”, “Qo‘g‘irchoq teatri”, “Yosh tabiatshunoslar”, “Quvnoq ustaxona”, “Kichkintoy ustaxonasi” to‘garaklari. Boshlang‘ich sinflardagi to‘garak ishlari o‘quvchilarda umumiy rivojlantirish, o‘zining sodda ijodiy fikrini amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo‘lishiga yordam beradi. Boshlang‘ich sinflarda to‘garak ishi quyi sinf o‘quvchilarini umumiy rivojlantirish, ayniqsa, o‘qishning turmush bilan aloqasi nuqtayi nazaridan juda muhim va keraklidir. 61 O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini davom ettirilishi, to‘garak ishlari, jumladan “Mohir qo‘llar”, “Yosh naturalistlar”, “Badiiy kashtachilik to‘garaklari” kabi to‘garaklar keng tarqalgandir. Shunday to’garaklardan biri “Mohir qo’llar” ni tashkil etganman bu to’garakka asosan qizlarimiz qatnaydilar. O‘quvchilarni mehnat faoliyatiga ruhiy va amaliy tayyorlash o‘quvchilar ijtimoiy foydali mehnatining har xil turlarida qatnashayotgan vaqtlarda xilma-xil tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llash orqali amalga oshirilishi kerak. To’garaklarda oz nafar o’quvchim borligini inobatga olgan holda sinfdan tashqari ishlarga barcha o’quvchilarimni jalb qilaman. Bu doimo ijobiy natija berib kelmoqda. “Mohir qo‘llar”, “Qo‘g‘irchoq teatri”, “Yosh tabiatshunoslar” to‘garaklari ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘lib, to‘garaklarda o‘g‘il va qiz bolalar bir xil qiziqish bilan shug‘ullana oladilar. Har biri o‘z qiziqishi, kuchi va imkoniyatlariga yarasha ish bilan shug‘ullana oladilar. To‘garaklarni tashkil etishdan oldin o‘qituvchi maktabdagi mavjud imkoniyatlarni chamalab chiqishi lozim. To‘garak uchun albatta alohida xona kerak,bu xona stol-stullar, ma’lum asbob-moslamalar to‘plami, tayyor ishlarni qo‘yish uchun shkaflar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 62 61 Sharipov Sh.S. Maktab o‘quvchilari ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish usullari. “Xalq ta’limi” jurnali. 2003 yil № 4 62 Tolipov O‘.Q., Sharipov Sh.S., Xolmatov P. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari va maktabdan tashqari muassasalar to‘garak raxbarlari uchun namunaviy dasturlar. T.: Nizomiy nomidagi TDPU., 2003. 21 b. 68 To‘garak ish rejasini to‘garak rahbari sinf rahbarlari hamda maktab ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo’yicha rahbar o’rinbosari bilan hamkorlikda bir yilga tuzadilar. Rejada to‘garak qaysi ish turi bilan shug‘ullanishi va shu ish turlari bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilishi ko’rsatib o’tiladi. Rejadagi ishlar oddiydan murakkabga o‘tishini ta’minlash uchun murakkablik darajasiga ko‘ra mavzular joylashtiriladi. Rejada o‘tkaziladigan ekskursiya va boshqa tadbirlar ham ko‘rsatilishi mumkin. To‘garak rejasini maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha rahbar o’rinbosari tasdiqlaydi. To‘garak mashg‘uloti odatda yangi ish usullarini ko‘rsatishdan boshlanadi. Sinfdan tashqari ishlarni “birgalikda” tamoyili bo'yicha tashkil etishning samarali shakli bu sinf jamoasini birga ijodiy ish qilishida ijobiy natijalarga olib keladi. Chunki har bir o’quvchi texnologiyada bitta narsa yasashi uchun ma’lum bir vaqt sarflaydi. O’sha narsani sinf bilan birgalikda , ya’ni butun sinf bitta narsa yasashsa oz fursat ichida yuqori natijaga erishiladi. Bu masalaning ijobiy tarafi hisoblansa, uning keyingi tarafi ham bor. Boshlang’ich sinf o’quvchilari yasaganimiz kimga qoladi degan fikrlar bildirishi mumkin. Har bir metod o'z afzalliklari va cheklovlariga ega. Sinfdan tashqari ishlarning bu massiv shakllarini bolalar faoliyatining tabiati bilan farq qiladigan ikkita katta guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruh - frontal shakllar. Bolalar faoliyati “yonma –yon” tamoyili bo'yicha tashkil etilgan, ya'ni ular bir -biri bilan o'zaro aloqada emas, har biri bir xil ishni mustaqil bajaradi. O'qituvchi har bir bolaga bir vaqtning o'zida ta'sir qiladi. Qayta aloqa cheklangan miqdordagi bolalarga beriladi. Umumiy sinf o'quv mashg‘ulotlarining aksariyati “yonma –yon” tamoyili asosida tashkil etiladi. Ikkinchi guruh bolalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari “birgalikda” tamoyili bilan tavsiflanadi. Umumiy maqsadga erishish uchun har bir ishtirokchi o'z vazifasini bajaradi va umumiy natijaga o'z hissasini qo'shadi. 63 63 www.bilimdon.uz 69 "Birgalikda" tamoyiliga ko'ra, bolalarning juftlik, kichik guruhlar, bo’lib sinfdan tashqari mashg‘ulotlarini tashkil qilish mumkin. Birinchi guruh o'qituvchi uchun tashkiliy soddaligi bilan ajralib turadi, lekin jamoaviy muloqot ko'nikmalarini kam shakllantiradi. Ikkinchi guruh bolalarning hamkorlik qilish, bir -birlariga yordam berish, o'zlarini qabul qilish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun ajralmas hisoblanadi. Biroq, yosh maktab o'quvchilarining yosh xususiyatlariga ko'ra (ular boshqasida teng huquqli odamni ko'rmaydilar, qanday muzokara qilishni, muloqot qilishni bilishmaydi), jamoaviy shakllarni tashkil etish o'qituvchidan ko'p vaqt va ma'lum tashkiliy ko'nikmalarni sarflashni talab qiladi. 64 Bu o'qituvchi uchun qiyinchilik tug’diradi, ushbu fikrlarni yuqorida aytib o’tdim. Ikkala yo'nalish ham o'zaro bog‘liq va bir -birini to'ldiradi, shuning uchun quyida biz har bir yondashuvning imkoniyatlarini misol sifatida ma'lum bir shakldan foydalanib ko'rib chiqdik. Bunda o’quvchilar bilan biz men jamoa bo’lib birgalikda sinfdan tashqari mashg’ulotda darsda foydalanish uchun ko’rgazma yasadik. Bu ko’rgazmani yasashda tabiiy fan, matematika, ona tili hamda texnologiya fanlarini integratsiya qilgan holda olib bordim. O’quvchilar bilan tabiiy fandan “Sayyoralar” mavzusini o’tdik va texnologiyadan yasadik. Hamma birgalikda sayyoralarni plastilindan yasashdi. Ikkita o’quvchi osmonni zarli qog’ozdan tayyorladi. Yana bir o’quvchi quyosh va sayyoralar orasidagi masofalarni yozib yopishtirdi. Jamoa bo’lib ishlab 45 minutda bitta ko’rgazmali dars jihozini tayyorladik. Lekin bunda o’qituvchidan tadbirkorlik , yuksak mahorat talab etar ekan. Har bir bajariladigan ishlarni to’g’ri taqsimlay olish ham katta ma’suliyat bo’ldi. Tayyorlagan Sayyoralarimiz o’zimizga ham juda yoqdi. Amalda tayyorlangani uchun bu mavzuni o’quvchilar puxta o’rganib oldilar. Texnologiya darslarida “BLIS-O’YIN” metodi juda samarali metod turlaridan biri hisoblanadi. Bu metod o’quvchilar harakatlari ketma-ketligini to’g’ri tashkil 64 www.bilimdon.uz 70 etishga, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, o’rganilayotgan predmeti asosida ko’p xilm- xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishga o’rgatishga qaratilgan. Bu metodni darsda qo’llash jarayonida o’quvchilarni 3 guruhga bo’lib olinadi. Guruhlar aylana shaklida tuziladi va har bir guruh uchun alohida topshiriqlar beriladi. Topshiriqlar haqidagi ma’lumotlar kubiklar shaklida tayyorlangan predmetlarda aks ettiriladi. O’quvchilar ushbu ma’lumotlardan foydalangan holda o’zlarini mustaqil fikr va mulohazalarini bayon etadilar. Topshriqlar uchun berilgan ma’lumotlar asosida bajarilayotgan amaliy ishlarini ketma-ketligini ham topishlari kerak bo’ladi. Bu esa o’quvchida mantiqiy fikrlashni, ish jarayonini to’g’ri tashkil etishni mustaqil ravishda olib borishga undaydi. Shunday ekan, har bir dars jarayonida interfaol va pedagogik texnologiyalarni to’g’ri tanlagan holda qo’llash kerak. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida mehnat tarbiyasi, mehnatga munosabatni tarbiyalash maktabdagi o‘quv hamda sinfdan tashqari ishlarning o‘zagi, maktabning hayot bilan aloqasini mustahkamlashning asosiy yo‘lidir. O‘quvchilarni mehnatga ruhiy va amaliy tayyorlash maktabning asosiy tarbiyaviy vazifalaridan biridir. Maktabning turmush bilan aloqasi kundan kunga mustahkamlanib bormoqda, sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilar o‘zlarining mustaqilliklari va tashabbuskorliklarini namoyish eta oladigan, ularga jamiyat foydasi uchun tashkil etilgan mehnatning go‘zalligi va quvonchini, jamoaning kuchini his etishlariga yordam beradigan yangi shakl va usullari aniqlanmoqda. 65 Sinfdan tashqari ishlarning yana bir ko’rinishi o’quvchilarni ekskursiyalarga olib borishdir. Sinf rahbarligimdagi o’quvchilarni Qo’qonagi Xudoyorxon o’rdasiga sayohatga olib bordim. U yerda o’quvchilar tarixiy obidalarni ko’rdi. Muzey ichidagi turli davrlarga tegishli bo’lgan ekspanatlarni ko\rdilar, ular haqida mutaxassislardan ma’lumotlar oldilar. Hammadan ham bolalarga muzey ichidagi turli hayvonlarning ekspanatlari yoqdi. Ular maroq bilan tomosha qilib qayerlarda uchrashlarini ham bilib oldilar, bu esa ularga tabiiy fan o’tganlarida juda foyda berdilar. Bu sayohatimiz 65 To‘rabekov F.S., Tulyakov A., Hamidov O. Mehnat ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirishda texnik vositalardan foydalanish // Mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini ta’minlashning integrativ texnologiyalari: Respublika ilmiy – amaliy anjuman materiallari.– Toshkent: JDPI, 2010 71 o’quvchilarda ijobiy taassurot qoldirgani uchun yana ekskursiya tashkillashni sinfdan tashqari mashg’ulotlar rejasiga kiritdim. O‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ish maktabning butun ta’lim- tarbiyaviy ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u bolani har tomonlama rivojlantirish, darslarda egallayotgan bilimlarini mustahkamlab, chuqurlashtirishi, amalda qo‘llanishga yordam beruvchi muhim vositalardan biri bo‘lishi kerak. Sinfdan tashqari ish ayni bir vaqtda o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, mehnat ta’lim va tarbiyasi bolalarda fan-texnika, sa’natning turli sohalariga qiziqishini o‘stirish masalalarini hal etishga yordam beradi. Texnologiya ta’limi bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar texnologiya darslarining davomidir. O‘quv mashg‘ulotlari bilimlarga qiziqishini o‘stiradi, sinfdan tashqari ish darsida bilimlarni kengroq qo‘llash hamda chuqurlashtiriladi. Shu bilan birga sinfdan tashqari ish darsda berilgan ma’lumotlarni aynan takrorlamasligi kerak, u sinfdagi ishdan o‘zining o‘yin, qiziqarli tabiati bilan ajralib turishi muhim hisoblanadi. Sinfdan tashqari ish o‘quvchilarga ishning o‘zlariga ko‘proq yoqqan, o‘zlarini ko‘proq qiziqtirgan turini tanlashlari uchun imkon yaratadi. Faqat sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning individual ijodiy qobiliyatlari yorqinroq namoyon bo‘ladi, bu yerda ular istalgan ish bilan shug‘ullanishlari, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun kerak bo‘lgan vaqt va kuchini sarflashlari mumkin. Sinfdan tashqari ishning shakllari ko‘pdir: Ommaviy ish – kechalar, ertaliklar, konkurslar, viktorinalar, ekskursiyalar ko‘rgazmalardan foydalanish juda yaxshi samara berad. Maktablarda boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni ertaliklar, ko‘rgazmalar tayyorlashni uyushtirish kabi ommaviy ish turlaridan keng foydalanib, konskurs va viktorinalarga kam e’tibor beriladi. Ommaviy ishning konkurs va viktorinalar kabi turi juda qiziqarli va aynan bir vaqtda katta tarbiyaviy imkoniyatlarga egadir. Chunki zehnli, tez javob topa bilish, o‘z fikri, bilim va ko‘nikmalarini safarbar eta bilish xuddi mana shu ish turlarini talab 72 qiladi. 66 Maktabning tarbiyaviy ishlarida to’garak va sinfdan tashqari ishlar katta rol o‘ynaydi. Kechalarga, konkurslarga, viktorinalarga tayyorgarlik o‘quvchilarni har tomonlama harakat qilishga –matnlarni yodlash, jihozlash, bezash ishlarini amalga oshirishga majbur qiladi. Kechalar mavzulari shunday tanlanish kerakki, u o‘quvchilarda har tomonlama qiziqish uyg‘otsin, yoshiga ham mos, ularni o‘ylashga, ixtiro qilishga majbur etishi kerak va faqat mavjud bilim va ko‘nikmalar bilan cheklanib qolmay, kecha mavzusining dasturiga muvofiq yangiliklarni ham o‘zlashtira borishi muhim sanaladi. Texnologiyaga bag‘ishlangan kechalarni har bir o‘quv choragi va yil oxirida o‘tkazish ham maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Kechani “Maktab texnologiya darslarida, to’garaklarida hamda sinfdan tashqari ishlarda nimalarni o‘rganib oldingiz” mavzusi asosida o‘tkazish ham mumkin. Kechaning maqsadi texnologiya darslarida olingan ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, bolalarda mehnatga muhabbatni singdirish birinchi vazifadir. Mashg’ulot a’zolari ishlarni bajarish jarayonida oddiy jadvallar, chizmalardan foydalanishga, materiallarga tartibli, tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishga, asboblar hamda ish joyini toza va tartibli saqlashga albatta odatlantirish muhimdir. Mashg’ulotning har bir a’zosi “O‘zing bilim oldingmi – o‘rtog‘inga ham o‘rgat” degan qoidani doimo yodida saqlashi va amal qilishi kerak. Biz ko‘p narsalarni o‘rganishni faqat dars vaqtida bajara olmaymiz, bajara olgan vaqtimizda ham ulgura olmaymiz. Shuning uchun sinfdan tashqari olib borgan ishlarimiz katta ahamiyatga ega. Sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning qiziqishlariga, qobiliyatlariga qarab turli xil ishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Bajarilgan ishlarimizning ahamiyati haqida tushuntirilib borilsa, yaxshi natijalarga olib keladi. Texnologiya ta’limida topshiriqlarini sinfdan tashqari ishlarda qo‘llash o‘qituvchidan muntazam katta tayyorgarlikni talab etadi: har bitta to‘garak ishlarini doimo nazorat qilib, ularni chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantirib, 66 Mavlonova.R,. Normurodova.B, Rahmonqulova.N, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o'quv qo'llanma, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent: “Tib kitob" nashriyoti, 2010. 216 bet. 73 tanlagan kasbiga qiziqtirib va o‘quv fanlari mazmunini mukammallashtirib o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi o’ta muhim jarayon sanaladi. Sinfdan tashqari ishlarni samarali ravishda amalga oshirish boshlang‘ich sinflarda o‘zlashtirgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlaydi, dunyoqarashini shakllantiradi, ularning ijodiy qobiliyatlarini o‘stiradi hamda badiiy estetik didini oshirishda muhim omildir. O‘z vaqtida, rejali, tartibli o‘tkazilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning qiziqish va havaslarini oshiradi, ma’naviy, mafkuraviy qarashlarini boyitadi. Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarga boshlang‘ich sinfdanoq kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, kelajak avlodning barkamol bo‘lishida, jamiyatimizning rivojlanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling