Mavzu: Tibbiy aspektlar. Kasallikka tashxis qo‘yish va kasallik oqibatlari Mundarija: Kirish 3
Download 66.34 Kb.
|
Tibbiy aspektlar Kasallikka tashxis qo‘yish va kasallik oqibatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasallikka tashxis qo‘yish turlari va tasniflari 14 bob. Kasallikka tashhis qo‘yish va kasallik oqibatlari va ularni
- Mavzuni dolzarbligi
- Mavzuni maqsadi
Mavzu: Tibbiy aspektlar . Kasallikka tashxis qo‘yish va kasallik oqibatlari Mundarija: Kirish 3 bob. Tibbiy aspektlar va kasallikka tashxis qo‘yish turlari 5 Tibbiy aspektlar va va ularning turlari 5 Kasallikka tashxis qo‘yish turlari va tasniflari 14 bob. Kasallikka tashhis qo‘yish va kasallik oqibatlari va ularni o’rganish metodlari 17 2.1. Kasallik oqibatlari va ularni o’rganish metodlari 17 Xulosa 33 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 34 Kirish Tibbiyotning qanday ahvolda bo‘lishi va rivojlanish darajasi, mazmuni va usullari, avvalo, ijtimoiy tuzum va moddiy sharoitlar bilan belgilanadi. Tibbiyot fanlari umumiy biologiya, genetika, anatomiya, fiziologiya kabi tabiiy fanlar va shuningdek, fizika, kimyo fanlari bilan chambarchas bog‘langan. Mavzuni dolzarbligi: Tibbiyot o‘zining ko‘p asrlik tarixida juda murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Bu asosan, kasallikni aniqlash, oldini olish, davolash, uning kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlarini o‘rganish, shuningdek, har bir shaxs yoki butun jamoa sog‘lig‘ini saqlash va mustah- kamlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va ularni takomillash- tirishga oid talaygina bilim va tajribalardan iboratdir.Zamonaviy tibbiyotning kelib chiqishi uzoq tarixiy davrlarni va turli qarashlarni o‘z ichiga olib, turli kasalliklar, ularni davolash va oldini olish haqidagi bilimlar asosi qadimdan xalq ommasining tajriba va kuzatishlariga bog‘liq bo‘ladi. Bemorning turli a'zolarini bevosita tekshirish xam kasallik tashxisini qo'yishda yordam beradi. Ko'pgina yuqumli kasalliklarda intoksikatsiya oqibatida til qurishadi, karash bilan qoplanadi. Ba'zan xastaliklarda (gripp, difteriya) tomog'da yalig'llanish alomatlari, parda paydo bo'lishi kuzatiladi. Ichak infeksiyalarida qorinni paypaslaganda uning turli sohalarida og'riq borligi aniqlanadi. Virusli gepatitlar uchun jigar kattalanishi o'ziga xos klinik alomatlardan xisoblanadi. Bezgak, visseral leyshmanioz kasalliklarida jigar va taloq sezilarli darajada kattalanishgani ko'p uchraydi. Yuqumli kasalliklarda turli a'zolarning xolatini o'rganishda tibbiyot asboblardan xam keng foydalaniladi. Me'da-ichak yo'llari xolatini tekshirishda gastrofibroskopiya, kolonofibroskopiya kabi endoskopik usullar keng qo'llanadi. Bu asboblar yordamida me'da va ichaklar shilliq qavatining xolatini bevosita ko'rish, rasmini olish yoki bir parchasini namuna sifatida kesib olib, mikroskopda tekshirish mumkin. Avvalgi paytlarda virusli gepatitlarda jigar to'qimasining morfologik xolatini tekshirish uchun shu soxada terini maxsus igna bilan teshib, jigar to'qimalaridan namuna olinar edi. Uni mikroskopda ko'rib, jigar to'qimasidagi o'zgarishlarga baxo beriladi, Bu usul ancha murakkab va bemorga jaroxat yetkazishi tufayli xozir kam kullaniladi. Keyingi yillarda ichki a'zolar, jumladan, jigar va o't pufagi xolatini aniqlashda ultratovush apparatlari ko'p qo'llanmoqda. Ular foydalanish uchun g'oyat qulay va bemorga xech qanday ozor bermaydi. Mavzuni maqsadi: Tabobat kurtaklari odam paydo bo‘lgan davrdan boshlab vujudga kelgan. «Tibbiy faoliyat — dastlabki odam bilan tengdosh», deb yozgan edi I.P. Pavlov.I davr. Ibtidoiy odam yashagan davr tibbiyoti. Ibtidoiy odam yashagan joylar va qabrlarni qazish, tarixiy davrni o‘ziga xosligi tufayli hozir ham taraqqiyotning eng oddiy bosqichida bo‘lgan ayrim etnik guruhlarni o‘rganish uzoq o‘tmishdagi kasallik va uni davolash haqidagi bilimlar manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Avloddan avlodga o‘tib kelayotgan minglarcha yillik kuzatish va tajribalar evaziga tabiblik yuzaga kelgan. Og‘riqni qoldirish, qon oqishini to‘xtatish, qayd qildirish kabi tasodifiy qilingan muolaja va vositalarning nafi bo‘lgan. Download 66.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling