Mavzu: Tibbiy aspektlar. Kasallikka tashxis qo‘yish va kasallik oqibatlari Mundarija: Kirish 3


Download 66.34 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi66.34 Kb.
#1642210
1   2   3
Bog'liq
Tibbiy aspektlar Kasallikka tashxis qo‘yish va kasallik oqibatlari

Mavzuning o’rganilgan darajasi: - Tibbiy aspektlar Kasallikka tashxis qo‘yish va kasallik oqibatlarini o'rganish va ularni umumiy rivojlanish va uni olimlar tomonidan keng o'rganilgan.
Kurs ishi tuzilishi: Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat bo'lib, jami 34 sahifani tashkil etadi.
I bob. Tibbiy aspektlar va kasallikka tashxis qo‘yish turlari

  1. Tibbiy aspektlar va va ularning turlari

Tibbiy aspektlar.

  1. Xastalik vaqtida o‘zini parvarishlash imkoniyatining cheklanganligi.

OlV-infeksiyasiga chalingan har bir inson xastalik vaqtida o‘zini qanday parvarishlash zarurligini bilishi kerak. Kasallikda o‘zini parvarishlash jarayonida nima mumkinu, nima mumkin emasligini anglash imkonini beradigan o‘z-o‘ziga yordam rejasini tuzib olish lozim. Bunday rejani tuzishda OITS markazi va Odamning immuntanqisligi virusi bilan bog‘liq muammolar bilan shug‘ullanuvchi tashkilot konsultanti yordam berishi mumkin.

  1. Sog‘likdagi OIV bilan bog‘liq muammolarni to‘liq tushunib yetmaslik.

OIV-infeksiyasi bilan zararlangan odamlarga ko‘mak berish bilan shug‘ullanuvchilarning aksariyati o‘z sog‘ligi haqida qayg‘uradigan bemorlar boshqa bemorlarga qaraganda o‘zini yaxshiroq his etishini ta’kidlaydi. Ular vaqtni qabul qilinayotgan preparatlar qanday ta’sir ko‘rsatishi va nima sababdan shifokor ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilish lozimligini tushunishga sarflashadi. Ayrim hollarda bunday bemorlar muolajalarning turli muqobillari yoki qo‘shimcha muolajalarni o‘rganishadi. Ular tibbiyotga aloqador bo‘lmagan, ishonchli odamlar bilan sog‘ligidagi muammolarni muhokama qilishni o‘rganib olishadi.
Birinchi yordam ko‘rsatadigan odamlar bilan o‘zaro sust munosabatda bo‘lish Birinchi yordam ko‘rsatadigan odamlar bilan hamkorlik qiladigan, ular bilan yaxshi
munosabatda bo‘ladigan bemorlargina o‘zlarini boshqa bemorlarga qaraganda yaxshiroq his etishadi.
Tibbiyot — kishilar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmuyi. Tibbiyot insoniyatning nazariy va amaliy faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Har bir kishi o‘z sog‘lig‘ini saqlash va uni mustahkamlash, shuningdek, betob bo‘lib qolganida tezda tuzalishni istaydi. Kasallikni aniqlash, uning oldini olish va davolashda zamonaviy usullarni qo‘llash inson hayotini saqlab qolish, shuningdek, ilgari davolab bo‘lmaydigan kasalliklarni davolash imkonini berdi.Lekin tibbiyot o‘z oldiga qo‘ygan hamma maqsadlariga erishdi, deb bo‘lmaydi. Hali ham kishilar orasida uzoq umr ko‘rmay, og‘ir xastaliklar va uning yomon oqibatlaridan bevaqt nobud bo‘lish, barvaqt qarish hollari uchrab turibdi. Ma’lumki, kishining sog‘lig‘i ko‘p jihatdan uning o‘ziga bog‘liq, chunki kasallikka ko‘pincha kishi hayot tarzining noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, o‘z salomatligini himoya qila bilmaslik, salomatlikka zararli omillarga bilar-bilmay ruju etish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, noto‘g‘ri ovqatlanish kabi omillar sabab bo‘ladi.Kasallikni davolash va undan saqlanishga oid topilgan empirik muolajalar ibtidoiy odamning odatiy tusiga kira borgan, natijada sekin-asta xalq tabobati shakllangan. Ana shu davo va oldini oluvchi tadbirlar ichida dorivor o‘simliklar va tabiiy omillar (suv, havo, quyosh)dan foydalanish, uncha katta
bo‘lmagan jarrohlik (badanga kirgan yot jismlarni olib tashlash, qon chiqarish) usullari va boshqalarni qo‘llash rusum bo‘lgan.
II davr. Quldorlik jamiyatidagi tibbiyot. Quldorlik jamiyatida, asosan, uqalash, suv muolajalari, badantarbiya va boshqalarga ko‘proq e’tibor berilgan. Jarrohlik usullari, masalan, kesarcha operatsiya (qorin devori va bachadonni yorib homilani olish) hamda boshqa uncha og‘ir bo‘lmagan operatsiyalar qilingan. Bu davr shifokorlik san’atining shakllanishida tibbiyotning otasi sanalmish Gippokratning (milloddan avvalgi 460-377-yil) hissasi nihoyatda katta, u ko‘pgina kasalliklarning tashqi belgilarini, xastalikning kelib chiqishida turmush tarzi, atrof-muhit va iqlimning ta’sirini tavsif etdi. Temperament va gavda tuzilishi tiplari haqidagi ta’limoti bilan bemorni davolash va unga tashxis qo‘yishda individual yondashishga asos soldi.
Albatta, o‘sha davrda davo ishlari hali ilmiy asosda bo‘lmagan, davo ayrim organlar va ularning fiziologik funksiyasini aniq bilishga asoslanmay, organizmdagi to‘rt xil xilt (shilliq, qon, sariq va qora safro)ning o‘zgarishiga qarab belgilangan. Odam tanasining tuzilishi va funksiyasini o‘rganishga oid dastlabki o‘rganishlar miloddan avvalgi III asrdayoq paydo bo‘lgan. Aleksandriyalik hakim Gerofil va Erasistrat murdani yorib ko‘rishib, hayvonlarda turli tajribalar o‘tkazishgan.
Tibbiyotning taraqqiyotida Rim hakimi Galenning xizmatlari nihoyatda katta. U anatomiya, fiziologiya, umumiy patologiya, terapiya, akusherlik, gigiyena, dorishunoslikka oid ma’lumotlar to‘plagan va tibbiyotni ilmiy tizimga solishga
harakat qilgan Illdavr. O‘rta asr taraqqiyotida tibbiyot. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada tibbiyot
ilmiy tomondan deyarli taraqqiy etmadi. Bu davrda jamiyatda nasroniylik cherkovining mavqeyi ortdi. Toat-ibodat dori-darmonlarga qaraganda samaraliroq davolash vositasi deb qaralar, jasadni yorib o‘rganish esa gunohi azim hisoblanar edi. Lekin shunga qaramay, bu davrda ham tibbiyotga oid amaliy tajribalar to‘plana bordi.
O‘rta asrlarda tabobat ilmi Sharqda, jumladan, O‘rta Osiyoda rivojlana boshladi. Yunon, sanskrit va boshqa qadimiy sharq tillarida yozilgan tibbiy asarlarni ko‘pchiligi, jumladan, Aristotel, Dios- korid va Galenning dorishunoslikka oid asarlari shu davrda suryoniy va arab tiliga tarjima qilindi. Abu Hanifa ad-Dinavoriy, Abu Mansur Somoniy, Muhammad ibn Yusuf Iloqiy, Muhammad ibn Bahrom Kolonisiy, Ali ibn Umar Najibuddin Samarqandiy kabi mashhur tabib va hakimlar turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davosiga hamda dorishunoslikka oid ilmiy asarlari va amaliy ishlari bilan Sharqda tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar.
Sharqning mashhur tabibi, ensiklopedist olimi Abu Bakr ar- Roziy (865—925)ning tabobat sohasidagi asarlari, umuman, jahon tibbiyotining rivojlanish va boyishida g‘oyatda ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tabobat qobusnomasi hisoblangan 25 jildli «Al-Hoviy» nomi bilan tanilgan katta to‘plam («Al-Jomi’ al-Kabir va qad urifa bi-l Hoviy») kitobi hozirgacha G‘arb va Sharq tibbiyotida mashhurdir. Abu Rayhon Beruniy (973—1048)ning «Tibbiyotda dorishunoslik» («Kitob al-saydana fi-t-tib»)
asari esa o‘sha davr tabobatining eng katta yutug‘idir. Bu asar O‘rta Osiyo dorishunoslik ilmiga asos bo‘ldi.
O‘rta asrning buyuk tabibi, qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali) (980—1037) G‘arbda Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sinoning tabo- batda qilgan ishlari uning nomini bir necha asrlarga shu fan sohasi bilan chambarchas bog‘ladi. Olimning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, u o‘zigacha o‘tgan turli xalq namoyandalari tomonidan asrlar davomida tib ilmi sohasida to‘plangan ma’lumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va ularni o‘z tajribalari bilan boyitgan holda ma’lum nazariya va qonun-qoida asosida umumlashtirdi. Bunga uning «Tib qonunlari» va bu asarning jahon tib ilmi tarixida tutgan mavqeyi hamda qozongan shuhrati yorqin dalildir.
Ibn Sinoning ilmiy ishlari o‘sha davr tabobatini bir necha asrlarga ilgarilatib, ayrim sohalarda, hatto hozirgi zamon tibbiyotiga yaqin- lashtirdi ham. Olim yashagan davrda bu sohada antik olimlarning, xususan, Gippokrat, Galen Diaskorid va boshqalarning ta’limoti ustuvor edi. Ibn Sino o‘tkir diagnost sifatida nom qozondi. Uning ba’zi tashxis usullari hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Perkussiyani, xususan, assit va meteorizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda qo‘llangan. Bu usul 600 yildan keyin venalik tabib Leopold Auenbrugger (1722—1809) tomonidan qayta kashf qilinib, yana 50 yildan so‘ng amaliyotga kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas olish turlarini chuqur o‘rganib, ulardan tashxisda foydalangan.
Ibn Sino turli kasalliklarning differensial diagnostikasida va gavdaning umumiy holatini aniqlashda tomir urishi, siydik va najasga qarab olinadigan belgilarga katta e’tibor beradi. Masalan, diabet (qand) kasalligini u siydikning holati, shu jumladan, undagi shirinlik moddasiga qarab tashxis qiladi. Diabet kasalligida siydikda qand moddasi bo‘lishini 1775-yilda ingliz olimi Dobson aniqlagan. Tabobat tarixida birinchi bo‘lib Ibn Sino vabo bilan o‘latni farq- lagan, yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni boshqalardan ajralgan holda saqlash kerakligini ta’kidlagan. Meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, plevrit, moxov, zaxm, qizamiq, suvche- chak, kuydirgi kabi kasalliklarning belgilari va kechish jarayonini to‘g‘ri tasvirlab bergan.
Bemorlarni davolashda olim uch narsaga — tartib (parhez), dorilar bilan davolash va turli tibbiy tadbirlarni qo‘llash (qon olish, banka qo‘yish, zuluk solish, huqna va h.k.)ga ahamiyat berish kerakligini aytadi. Kasallikni davolashda ovqatlanish, ya’ni parhezni muhim omillardan deb hisoblaydi va har bir kasallikka oid ovqatlanish tartibini beradi. Kasallikni davolashda Ibn Sino shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtirgan. Uning bir kasallikni boshqa bir kasallikni chaqirish yo‘li bilan davolash usuli diqqatga sazovordir. Masalan, u tutqanoqni davolashda to‘rt kunlik isitma bilan og‘rishni foydali deb biladi. Avstriyalik psixiatr
Y. Vagner-Yaureg (1857—1940) shunday usulni qo‘llab, zaxm kasalligini bezgakni yuqtirish orqali davolagani uchun 1927-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Ibn Sino dorishunoslik sohasida chuqur tadqiqotlar olib borgan. U antik olimlarning farmatsiyasi asosida musulmon Sharqida paydo bo‘lgan yangi farmatsiyaning shakllanishiga yakun yasadi. Tabobatda sano, kofur (kamfora), rovoch, tamrhindiy (Hind xurmosi) kabi dorilarning ishlatilishi, asal o‘rnida ko‘p dorilarning qand (shakar) asosida tayyorlanishi ham Ibn Sinoning xizmatidir. Uning dorivor o‘simliklarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash usullari hozirgi dorishunoslikdagi usullarga juda yaqindir. Dori tayinlashda bemorning mizoji (issiq, sovuq, ho‘l, quruq), yoshi, iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini ta’minlaydi.
Ibn Sinoning tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortig‘i bizgacha yetib kelgan, ularning orasida «Qonun» kabi tibbiy ensiklopediya bilan bir qatorda, tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan turli hajmdagi «Urjuza fi-t-tibb» («Tibbiy urjuza»), «Daf al-madorr al-kulliya an-al-abdon al-insoniya» («Inson badaniga yetishgan barcha zararlarni yo‘qotish»), «Kitob al-qulanj» («Qulanj haqidagi kitob»), «Maqola fi-n-nabz» («Tomir urishi haqida maqola»), «Risola fi-l- boh» («Shahvoniy quvvat haqida risola»), «Risola fi tadbiri al-musofirin» («Safardagilarning tadbiri haqida risola»), «Risola fi xifz as-sihha» («Sog‘liqni saqlash haqida risola»), «Risola fi-s-sikanjubin» («Sikanjubin haqida risola»), «Risola fi-l- fasd» («Qon olish haqida risola»), «Risola fi-l-hindabo» («Sachratqi haqida risola») kabi risolalari ham bor.

  1. Kasallikka tashxis qo‘yish turlari va tasniflari

Sulton Ali tabib Xurosoniy «Kasalliklarni davolash bo‘yicha qo‘llanma» («Dastur al-iloj») asari bilan hirotlik tabib Muhammad ibn Yusuf Yusufiy al-Haraviy ham qator tibbiy asarlari va amaliy ishlari bilan, Abdulg‘oziyxon ibn Arab
Muhammadxon Xorazmiy muhim tibbiy asarlari, jumladan, «Inson uchun foydali
dorilar» («Manofi’ al-inson») asari bilan XV—XVI asrlarda tabobat ilmini rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
IV davr. Kapitalistik davrdagi tibbiyot. XVI—XIX asrlarda tibbiyot G‘arbiy Yevropada yangidan rivoj topdi. Anatomiyaning asoschisi A. Vezaliy murdani yorib tekshirish bilan odam organiz- mining tuzilishi, organlar funksiyasini ilmiy jihatdan aniq asoslab berdi. Ingliz shifokori U. Garvey odamning qon aylanish sistemasi haqidagi ta’limotni yaratib (1628-yil) fiziologiyaga poydevor qo‘ydi. Fizikaning taraqqiyoti natijasida mikroskop kashf etildi va hujayra, to‘qima, a’zo va sistemalarining nafis tuzilishini o‘rganish imkoniyati tug‘ildi.
XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asr boshlarida obyektiv tekshirish usullari palpatsiya, perkussiya, laboratoriya diagnostikasi ishlab chiqilishi tufayli amaliy tibbiyot taraqqiy etdi. XVIII asrda qo‘llanilgan klinik tekshiruv natijalarini murdani yorib tekshi- rishdan olingan ma’lumotlar bilan taqqoslash uslubi kasallik belgilari organ va to‘qimalarining tuzilishdagi o‘zgarishlarga bog‘liq ekanligini isbotlashga imkon berdi. Bu tadqiqotlar zaminida keyinchalik patologik anatomiya va gistologiya vujudga keldi.
XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asr boshlarida yashagan xorazmlik tabib al- Karukiy Hazoraspiy o‘z asarida kishi a’zolarining har xil kasalliklari va ularni dorilar bilan davolash usullarini bayon etgan; mashhur tabib Mahmud Hakim Yaypaniy Ho‘qandiy esa o‘z davrigacha sharq tabobati qo‘lga kiritgan yutuqlarga shaxsiy tibbiy tajribalarini qo‘shgan holda o‘pka, yurak, sut bezi, me’da, jigar, ichak,
buyrak, qovuq kabi a’zolari kasallangan, shishgan, toshmalar toshgan, mo‘y-
tirnoqlari kasallangan bemorlar, jarohatlangan va yara chiqqan, biror suyagi singan, zaharlangan, zaharli hayvonlar chaqqan kishilarni davolash ustida ish olib borgan.
Ayniqsa, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu yo‘nalishda tibbiyot gurkirab rivojlandi. I. M. Sechenovning «Bosh miya refleks- lari» (1863-yil) asari shifokor va fiziologlarda dunyoqarashning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Rus olimlari S. P. Botkin, I. M. Sechenov, I. P. Pavlov, G.A. Zaxarin (kasallikni aniqlashda bemordan so‘rab ma’lumot yig‘ish uslubini ishlab chiqqan), A.A. Ostroumov tadqiqotlari tufayli markaziy asab tizimi va butun organizmning faoliyati qonunlari nazariy ta’riflab berildi. I.P. Pav- lovning ovqat hazm qilish sistemasi fiziologiyasiga oid ishlari Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti barcha klinik fanlarning rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Matvey Yakovlevich Mudrov (1776—1831) — rus terapevtlar maktabining
asoschilaridan biri. U bemorlarni so‘rab-surishtirish va kasallik tarixini tuzishni Rossiyada birinchi bo‘lib rusum qildi, bemorni klinik jihatdan tekshirish sxemasini ishlab chiqdi. M.Y. Mudrov kasallikni emas, balki kasalni davolash kerak, deb ta’kidlar va har kimga individual, ya’ni alohida-alohida davo qilishni yoqlab chiqar edi. U shifokorning asosiy vazifasi — kasallikni aniqlash va sabablarini bilib olish, har tomonlama davolash profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazishdir deb hisoblar edi. U Saratov va Peterburgda vaboga qarshi kurashda faol ishtirok qildi. Peterburgda vabodan vafot etdi.
Grigoriy Antonovich Zaxarin (1829—1897) — Moskva terapevtlar maktabining asoschisi. O‘zining asarlari va klinik faoliyatida odamning tevarak-atrofdagi muhit bilan o‘zaro munosabatlariga hal qiluvchi ahamiyat berdi. U bemorni surishtirishning o‘ziga xos uslubini ishlab chiqdi. Surishtirish uslubini tekshirishning boshqa uslublari (metodlari) bilan qo‘shish, unga bemor organizmidagi anatomik o‘zgarishlarni juda aniq bilib olish uchun imkon berdi. U laboratoriya va asboblar bilan bajariladigan uslublardan foydalandi va bularni qo‘shimcha uslublar deb qaradi.
Davolashni u kompleks chora-tadbirlardan: gigiyena talablariga mos hayot kechirish iqlim bilan davolash (klimatoterapiya) va dori-darmonlar bilan yordam berishdan iborat deb bildi. Sil to‘g‘ri- sidagi ta’limotga uning tomonidan ko‘pgina yangiliklar kiritildi. Qimiz bilan davolashni amalda joriy qildi, fizioterapiya uslublarini shifobaxsh ta’sirini ilmiy jihatdan asoslab berdi.
Sergey Petrovich Botkin (1832—1889) — klinik tibbiyotdagi fiziologik yo‘nalishning asoschisi. S.P. Botkin kasalliklarning patoge- nezini tekshirishda, asosan, organizmning fiziologik aloqalarini o‘rganish kerakligini birinchi bo‘lib isbot qilib berdi. U sariq kasalligining yuqumli xastaliklar jumlasiga kirishini birinchi bo‘lib aniqladi. Hozirgi vaqtda bu kasallik Botkin kasalligi deb ataladi. S.P. Botkin ko‘pgina patologik jarayonlar organizmda nerv yo‘llari bo‘ylab reflektor tarzda o‘tadi, degan qoidani oldinga surdi. U ter chiqarish markazini, taloqqa reflektor ta’sir ko‘rsatish markazini tajriba yo‘li bilan kashf etdi va limfa aylanishi hamda qon yaratish markazlari bor, degan taxminni bildirib, turli organlardagi oqsil
spetsifik tarzda tuzilgan degan fikrni birinchi bo‘lib bayon qildi.
Yuqumli kasalliklar avj olgan davrda tashxis qo'yish unchalik murakkab emas. Bu davrda xar bir kasalligining o'ziga xos bo'lgak klinik alomatlari yaqqol ifodalangan bo'ladi. Eslatib o'tilganidek, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishining asosiy tamoyillaridan biri-kasallikni erta aniqlash va tarqalib ketishiga yo'l qo'ymaslik. Bu ancha murakkab ish va ko'p jixatdan mutaxassisining tajribasi xamda malakasiga bog'liq. Yuqumli kasallikni aniqlashda boshqa soxalarda foydalaniladigan anyanaviy usullar bilan bir qatorda ba'zi maxsus usullardan xam foydalaniladi.
Anamnez. Albatta bemorning xayot anamnezi bilan bir qatorda ushbu kasallik anamnezi xam surushtiriladi. Imkon boricha, kasallik qachon va qanday alomatlar bilan boshlanganligi aniqlanadi. Keyingi kunlarda ularga qanday alomatlar qo'shilgani, dastlabki alomatlar qaysi yo'sinda rivojlangani so'raladi. Bemorning o'zi tibbiyot xodimi uchun anamnezda nimalar e'tiborga loyiq ekanini bilmasligi mumkin. Shu sababli savollar orqali undan kerakli ma'lumotni olish zarur. Jumladan, tana xarorati ko'tarilgani, necha darajaga borgani, kunining qaysi davrada qo'proq namoyon bo'lganini bilish axamiyatli. Bosh og'rishi, uyqu bo'zilishi faqat umumiy alomatlar bo'lmay, ayrim yuqumli kasalliklargagina xos bo'ladi. Xatto boshning qaysi joyi og'riyotganini bilish xam axamiyatga ega. Tanada toshmalar paydo bo'lishi, ularning ko'rinishi, qaysi tartibda toshgani, qancha muddat saqlanib turgani kabi ma'lumotlar ham kasallikning asl moxiyatini aniqlashga yordam beradi. Ichak infeksiiyalariga tashxis qo'yishda qorindagi og'riq, uning qaysi joyda ko'proq sezilayotgani, ko'ngil aynishi, ko'sish, ich buzilishi, bu alomatlarning takrorlanishi kabi ma'lumotlar tashxis qo'yishni osonlashtiradi.
Bemorning kasallik anamneziga yig'ganda, unda turli narsalar va dori- darmonlarga nisbatan o'ta sezuvchanlik (allergiya) holati bor-yo'qligini bilish xam zarur.
Yuqumli kasallik bilan og'rigan bemordan anamiyez yig'ishda kasallikning qaysi yo'l bilan yuqib qolgani ham surishtiriladi. Uni epidanamnezni yig'ish deyiladi. Bu maqsadda bemor yuqumli kasalligi bor odam bilan muloqotda bo'lganligini, u qachon ro'y berganini aniqlash muximdir. Ayniqsa, oila a'zolaridan birortasi shunday xastalik oldinroq boshlangan bo'lsa, uning atrofidagi oila a'zolariga kasallik yuqish extimoli yuqori bo'ladi. Bemorning turmushda yoki kasb sohasiga ko'ra kasal xayvonlar bilan muloqotda bo'lishi esa zoonoz kasalliklarga e'tiborni qaratadi.
Epidanamnezi yig'ishda bemorning kasallik yuqishi mumkin bo'lgan joylarga borib qaytganini bilish ham zarur. U yerda qachon va qancha muddat turganini aniqlash, o'sha yerdan biror yuqumli kasalligini ortirib kelganini gumon qilishga asos bo'ladi. Parenteral muolajalar vositasida yuqadigan kasalliklar (virusli V, S va D gepatitlar) ni aniqlashda ilgari turli inyeksiyalar jarroxlik operatsiyalar, qon quyish tishni davolash, akusher-ginekolog tekshiruvi kabi tadbirlar bo'lganini surishtirish zarur. Bemorning xayot tarzi, kasbni aniqlash ham tashxis qo'yishga yordam beradi.
Bemor ilgari boshidan kechirgan yuqumli kasalliklarni hamda qanday emlashlar olganini aniqlash xam, epidanamnez tarkibiga kiradi.
Yuqumli kasallik anamnezini yig'ayogganda gumon qilinayotgan xastalikning yashirin (inkubatsion) davrini xam esda tutish lozim.
Anamnezdan so'ng bemorni ko'rilayotgan vaqitdagi shikoyatlarga e'tibor beriladi Bemorni bevosita o'zdan kechirganda avvalo uning ruxly holatiga e'tibor beriladi Bemor betoqat yoki aksincha atrofdagalarga befarq bo'lishi, shok yoki xushsiz (koma) holatda bo'lishi mumkin. Ba'zan ayrim mushaklarda tutash tirishish kuzatiladi (masalan, qoqsholda). Bosh orqaga tortib ketish hollari ham bo'ladi. Odatda shu alomatlarga tayanib, bemorning umumiy axvoliga baho beriladi. U qoniqarli, o'rta og'irlikda, og'ir va g'oyat og'ir bo'lishi mumkin.
Ekzantemalar quyidagi ko'rinishlarda namoyon bo'ladi.

  1. Roeyeola - pushti rang kichkina (diametri 2-3 mm) dog'lar. Ular teri ustida burtib turmaydi. Terini bosilsa yoki tarang qilinsa, rozeola yo'qoladi. Uzoq saqlanmay, 1­2 xafta davomida iz qoldirmay yo'qolib ketadi. Ich terlamasi, paratiflar va toshmali tifda paydo bo'ladi.

  2. Pegexiya - rozeoladan biroz maydaroq bo'lib, teri orasiga qon quyilishi natijasida paydo bo'ladi. To'q qizil rangli, terini bosilsa yoki tarang qilinganda yo'qolmaydi. Toshmali tif, gemorragik isitmalar meningokokksemiyada kuzatiladi.

  3. Papula - rozeolaga o'xshab pushga rangli bo'ladi. Kattaligi xam o'shanday. Farqi shuki, papula teri yuzasidan biroz bo'rtib turadi. Barmoq uchi bilan paypaslaganda seziladi. U qizamiq kasalligiga xos xarakterli toshmalar.

  4. Veznkula - ichida tiniq suv tutgan mayda pufakcha. U suvchechak kasalligiga xos toshma xisoblanadi va juda ko'p toshadi. Odatda, terida vezikula toshmagan joy qolmaydi. Keyin ular qurib, tushib ketadi. hozir butunlay tugatilgan chinchechakda

  5. Ham avval vezikula toshadi. Keyinroq pufakcha ichidagi suyuqlik yiringlab, toshma

pustulaga aylanadi.

  1. Eritema - ma'lum kattalikda terida yaxlit qizarish paydo bo'lishi, masalan, saramas kasalligada.

  2. Allergik toshma. U odatda alergiyasi bor odam to'g'ri kelmaydigan ovqat maxsulotlarini iste'mol qilganda, dori-darmon qabul qilganda yoki chang tasirida kelib chiqadi. Bunday toshmalar o'zbek tilida eshakemiya deb ataladi. Ular yirik, qattiq bo'lib, teri ustidan butib turadi. Butun tanaga yoki tananing bir qismiga toshishi mumkin. Toshma bor joyda kuchli qichishish seziladi.

II bob. Kasallikka tashhis qo‘yish va kasallik oqibatlari va


ularni o’rganish metodlari.

2.1. Kasallik oqibatlari va ularni o’rganish metodlari.
Ba'zi yuqumli kasalliklar, masalan, tounda periferik limfa tugunlari kattalashadi.Yuqumli kasalliklarda organizmning mikrobga nisbatan javob reaksiyasi sifatida, odatda tana xarorati ko'tarilada. Uning davomiyligi va xususiyatini kuzatib berish xam tashxis qo'yishda yordam beradi. Uzoq kunler davomida ertalabki va kechki tana harorati ko'rsatkichlarini chizib borish natijasida isitma egri chizig'i kelib chiqadi. Tana xaroratining o'zgarib borishi va harorat egri chizig'ining kurinishiga qarab, yuqumli kasalliklarda isitmaning quyidagi turlari farqlanadi .

  1. Doimiy isitma. Tana xarorati bir necha kun baland bo'ladi. Ertalabki isitma kechkisidan pastroq bo'ladi, lekin ularning farqi bir gradusdan oshmaydi. Bunday isitma ich terlama va toshmali tif uchun xos.

  2. Remittirlovchi (darmonni quritadigan) isitma. Unda tana xarorati bir necha kun baland bo'ladi. Ertalabki va kechki isitmalar farqi 1°S dan ortiq bo'ladi. Ammo ertalab pasaygan holida ham tana xarorati 37°S dan yuqoriligicha qoladi. Sepsisda, sil kasalligida kuzatiladi.

Intermittirlovchi (almashib turadigan) isitma. Tana xarorati to'satdan 39-40°S gacha ko'tarilib, kun davomida normagacha tushadi. Xaroratning ko'tarilgan va tushgan vaqdagi farqi 3-4°S gacha bo'ladi. Bir hil vaqt oralig'idan so'ng xarorat

  1. shunday ko'tarilib, yana tushishi bir necha marta takrorlanadi. Bunday isitma bezgak kasalligiga xosdir Qaytalama isitma. Tana xarorati qisqa muddatda yuqori qo'tarilib, 5-6 kun doimiy isitmadagidek saqlanib turadi. Keyin to'satdan normagacha pasayib, 5-6 kun 37° S dan oshmay turadi. So'ngra yana shiddat bilan qo'tarilib, avvalgisiga o'xshash xolat takrorlanadi. Shunday axvol 3-4 marta qaytalanishi mumkin. Qaytalama tiflarda uchraydi.

  2. To'lqinsimon isitma. U asosan brutsellez kasalligiga xarakterli. Tana xarorati asta- sekin, kuniga 0,5-GS dan ko'tarilib, bir necha kundan so'ng, pasaya boshlaydi. So'ng yana asta ko'tarilib, keyin pasayadi.

Tana xarorati 38*S dan oshmasdan bir necha kun saqlanib tursa va asta me'yorda kelsa, subfebril isitma deyiladi. U ko'pincha yuqumli kasalliklar yengilroq kechgan hollarda kuzatiladi.
Isitma davri tugaganida tana xarorati to'satdan yoki asta-sekin pasayishi mumkin. Haroratning 2-3 soat mobaynida to'satdan pasayib, normaga kelishi krntik pasayish deyiladi. Harorat 3-4 kun mobaynida asta-sekin pasaya borib normaga kelishi lizis deb ataladi. Isitma kritik pasayishini bemor juda og'ir o'tkazadi, yurak va qon tomir sistemasiga zo'r keladi. Shu boisdan ko'pincha ana shu davrda kallaps holati ro'y beradi. Uni e'tiborga olib xamshira postida doimo efedrin, kordiamin, kofein kabi dorilar oldindan tayyor turishi kerak Yuqumli kasalliklarga tashxis qo'yishda laboratoriya usullaridan keng foydalaniladi. Ular o'z moxiyatiga ko'ra 2 guruxga bo'linadi:

  1. Bemorda yuqumli kasallik kuzg'atuvchisini bevosita topishga qaratilgan usullar. Bakteriologik va bakternoskopik usullar shu maqsadda qo'llanadi.

  2. Yuqumli kasallik mavjudligani bemor tanasida ro'y beradigan o'zgarishlar vositasida (bilvosita) aniqlash. Bu maqsadda serologiq, allergik, biokimyoviy va boshqa usullar xisoblanadi.

Laboratoriya tekshirishlarini amalga oshirishda kasallikning kechishi, davri va o'ziga xos xususiyatlari e'tiborga olinadi. Masalan, xastalikning dastlabki davrida bakteriologik usuldan kengroq foydalanilsa, 5-6 kukdan so'ng serologak usullar qo'proq ishlatiladi. Xar qanday laboratoriya tekshiruvida xamshira albatta unga tegishli yo'llanma to'ldirishi kerak. Yo'llanmada shifoxonaning nomi, bemorning ismi-sharifi, yoshi, kasallik bayon raqami, qachon, qanday tahlil va nima maqsadda olingan, kim olgani ko'rsatiladi. Olingan taxlil yo'llanma bilan birga (biksda) laboratoriyaga yuboriladi.
Bakteriologek yoki bakterioskopik tekshirish maqsadida bemordan gurli taxlil olinadi. Bo'g'ma, meningkokk infeksiyasiga tekshirish uchun tomoqdan sterillangan tampon bilan surtma olinadi. Tif-paratif kasalliklarida bilak venasidan qon olib ekiladi, Umuman olganda, bakteriologik tekshirishga olinadigan tahlil maxsus muhitlarga ekiladi. Bu muxitlar aynan shu kasallik mikroblari ko'payishi uchun kulay sharoit yaratib, boshqa mikroblar o'sishiga yo'l qo'ymaydi. Material ekiladigan
muhitlar bakteriologiya laboratoriyalarida tayyorlanib, sterillanadi. Keyin bo'limlarga tarqatiladi. Masalan, tif-paratif mikroblarini topish uchun bilakdan
olingan qon steril xolatda safroli muxitga ekiladi. Tekshirish natijasi esa 3-4 kun, ba'zan 5-7 kundan so'ng ma'lum bo'ladi. Bakterioskopiya usulidan foydalanilganida natija tez olinadi. Jumladan, bezgak, qaytalama tiflarga tashxis qo'yishda bemor bormog'idan qon olib, maxsus oynachaga surtma tayyorlanadi.
Uni mikroskop ostida ko'rib kasallik qo'zg'atuvchisini bir necha soat ichida topish mumkin. Quydirgi kasalligida teridagi yaradan biroz olinib, surtma tayflanadi. Mikroskopdan foydalanib, unda kuydirgi mikrobi topiladi.
Virusologik tekshirishlar, bakteriologik usullarning bir ko'rinishi xisoblanadi. Lekin ular ancha murakkab, uzoq davom etadi va malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Viruslar ko'payishi uchun bakteriyalar usishi mumkin bo'lgan muxitlar to'g'ri kelmaydi. Shunga ko'ra bemordan olingan surtma yoki boshqa narsa viruslarni topish maqsadida, xujayra kulturasiga yoki tovuq tuxumiga ekiladi. Natija 1-2 xafta yoki undan xam ko'proq vaqt o'tgandan so'ng ma'lum bo'ladi. Gripp, poliomiyelit, quturish kasalliklari va boshqalarga tashxis qo'yishda bu usul qo'llanadi, Virusologik tekshirishlar uchun olingan ashyo (maxsus muhitga ekilguncha) muzlatilgan xolda laboratoriyaga yetkaziladi.
Eslatib o'tilganidek, yuqumli kasalliklarga tashxis qo'yishda serologik usullardan ham keng foydalaniladi. Agglutinatsiya reaksiyasi, passiv (bilvosita) gemagglutinatsiya reaksiyasi, komplementi bog'lash reaksiyasi pretsipitatsiya, O- agregat gemagglutinatsiya reaksiyalari serologik reaksiyaning turli ko'rinishi xisoblanadi. Qaysi xilidan foydalanishdai qat'iy nazar, barcha serologik reaksiyalar
qon zardobida yuqumli kasallik mikrobiga qarshi paydo bo'ladigan zid tanacha
(antitelo) larni aniqlashga asoslangan. Bu zid tanachalar, odatda qonda kasallikning 3-4 kunidan boshlab paydo bo'ladi va kasallik davom etgan sari ularning qondagi miqdori orta boradi. Jarayonning ana ush mohiyatini e'tiborga olib, serologik reaksiyalar uchun tekshirishda bemor qoni kasallikning 3-4 kunlari (passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi uchun), hatto 7-8 kunlari (agglutinatsiya reaksiyasi uchun) va undan so'ngi muddatlarda olinadi.
Serologik reaksiya qo'yishi uchun bemordan 3-4 ml (passiv gemaggdyutinatsiya uchun 0,5-1,0 ml) qon olib, zardobi ajratiladi. Ularga tegashli diagaostikum qo'shilsa, mikroblar bir-biriga yopishib, cho'kma hosil qiladi. Bu agtlyutinatsiya deyiladi. Odatda reaksiya qo'yish oldindan qon zardobi probirkalarda bir necha marta suyultiriladi. Ular ko'pincha quyidagi raqamlar bilan belgilanadi: 1:2,1:4,1:8,1:16,1:32,1:64,1:128, yoki 1:10,1:20,1:40,1:80,1:160,1:320, yo bo'lmasa 1:100, 1:200, 1:400, 1:800 va xokazo. Demak, navbatdagi probirkadagi zardobning suyulish darajasi oldingidan 2 xissa ko'p bo'ladi. Qator terilgan probirkalarda cho'kma xosil bo'lsa, uning eng oxirgisidagi zardobni suyultirish darajasi inobatga olinadi. U Reaksiya titri deb xisoblanadi. Masalan, 1:2-1:128 nisbatlarida eritilganiga to'g'ri kelsa (tabiyiki, bu xolda 1:2-1:16 larda xam cho'kma xosil bo'lgan bo'ladi) reaksiya titri 1:32 deb belgilanada. Odatda, yuqumli kasallikning 2-xaftasi davomida olingan qondagi serologik reaksiya titri 1-xaftadagi olingan natijadan yuqoriroq bo'ladi.
Tif-paratif kasalliklari, qaytalama tiflar, brutsellez diagnostikasida, difteriya qoqsholga qarshi immunitet xolatini aniqlashda serologik reaksiyalardan foydalaniladi.
Serologik reaksiyalar turkumiga kiruvchi lyumikistent diagaostika, immunoferment analiz (IFA) va radioimmun analiz (RIA) usullari keyingi yillarda yuqumli kasallikla diagaostikasida tobora keng qo'llanilmoqda. Bu reaksiyalarni qo'yish uchun g'oyat kam miqdordagi (0.05-0.1 ml) qon zardobi yetarli. Bu miqdordagi zardobni olish uchun bemor barmog'idan qon olinsa xam yetarli bo'ladi. Hozirgi vaqtda virusli gepatitlar diagnostikasida IFA va RIA usullaridan keng foydalaniladi. Shuningdek, qondagi immunoglobulinlar, ayniqsa M va S immunoglobulinlarni aniqlash xam amaliyotda keng qo'llanilmoqda.
Yuqumli kasalliklar diagaostikasida allergik usullar boshqalarga qaraganda kamroq qo'llaniladi. Vu reaksiya bemor organizmining u yoki bu mikrobdan tayyorlangan allergenga sezgirligini aniqlashga asoslangan. Reaksiyani qo'yish uchun bemorning bilaq soxasiga shpris va igna vositasida 0,1 ml allergen teri orasiga yuboriladi. 24­48 soat davomida igna sanchilgan joy atrofida diametri 20 mm dan ortiq bo'lgan yaqqol qizarish va bo'rtish paydo bo'lishi ijobiy natija xisoblanadi, ya'ni bemorda ushbu kasallik bor, deb gumon qilish mumkin. Sil kasalligini aniqlashda tuberkulin, brutsellezni aniqlashda esa brutsellin yuborib allergik sinov qo'yish usullaridan foydalaniladi. Odatda, kasallik to'satdan boshlanadi. Badan qaqshab, bemor sovqotadi. Ustiga duch kelgan narsani yopib yotsa ham isimaydi. Oradan 1-2 soat o'tgach, isitma zo'tarilib ketadi va tana harorati 41°S, ba'zan undan ham yuqori
darajaga ko'tariladi. Bu vaqtda bemorning badani qizib ketadi, ustidagi barcha
narsalarni olib tashlaydi. Isitma ko'tarilgan vaqtda bemor bosh og'rishi, qungil aynashidan shikoyat qiladi.
Bemorning yuzi va terisi qizargan, paypaslab ko'rganda issiq tuyuladi.
Tashxis qo'yishda biokimyoviy usullardan foydalanish bevosita kasallik qo'zg'atuvchisini aniqlash imkonini bermaydi. Ammo ayrim a'zo to'qimalarining jarohatlanishi, u yoki bu kasallikka xos bo'lgan o'zgarishlarni aniqlashga yordam beradi. Jumladan, qondagi bilirubin hamda alanin va aspartat transaminazalar miqdoriga qarab virusli gepatitlar haqida yo'lash mumkin.
Yuqumli kasalliklarga tashxis qo'yishda qon, siydik, najas va safroni umumiy klinik tekshirish ham kerakli ma'lumotlar beradi. Ba'zan yuqumli kasalliklarning dastlabki davrida periferik qonda leykotsit, neygrofilez va eritrotsitlarning cho'kish tezligi (ECHT) tezlashishi kuzatiladi. Ayniqsa, meningokoksemiyada leykotsitlar soni nihoyatda (1litrda 30-40 x 109 gacha) oshib ketishi kuzatiladi. Virusli gepatiglar, gripp kasalligida odaida, leykotsetlar soni kamayishi va ECHT sekinlashinishi xarakterli. Yuqumli kasallik cho'zilib ketgan hollarda qonda limfotsitoz va monotsitoz ko'proq uchraydi. Masalan, brutsellezning surunkali turlarida shunday xolat ko'proq uchraydi.
Ko'pgina yuqumli kasalliklarda mikrobning zaharli mahsulotlari buyrakka ham ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun intoksikatsiya avjiga chiqqan davrda siydik ajralishi kamayadi. Ba'zan siydikda oqsil moddasi paydo bo'ladi (albuminuriya). Bunday holatda siydikdan solishtirma og'irligi xam ortadi. Virusli gepatitlarda qondagi miqdori ortib ketgan bilirubinning ma'lum qismi urobilin holida siydik bilan ajralib chiqadi. Natijada siydik to'q sariq rangga ega bo'ladi. Unga yodning spirtli eritaasidan aralashtarilsa, yashil xalqa xosil bo'lib, o'g pigayentlari borligidan darak beradi.
Kasallikning turli davrida najasni tekshirib borish xam ayrim yuqumli kasalliklarda yordamchi ahamiyatga ega. Virusli gepatitlar avjiga chiqqan davrda safro jigarda damlanib, ichakka tushmay qolgani tufayli najas rangi oqish bo'lib qoladi. O'tkir diareya kasalliklari uchun najas ko'rinishining o'zgarishi asosiy belgilardan xisoblanadi. Suyuq najasda qon, shilimshiq aralashmasi bo'ladi. Undan tayyorlangan surtmani mikroskop ostida qaralganda, shilliq, leykotsitlar va hatto eritrotsitlar bo'lishi mumkin. Shuningdek (parazitar kasalliklarda) xastalik qo'zg'atuvchisi bo'lgan odday mikroblar, gijjalar yoki ularning tuxumchalari ko'rinadi.
Bemorning turli a'zolarini bevosita tekshirish xam kasallik tashxisini qo'yishda yordam beradi. Ko'pgina yuqumli kasalliklarda intoksikatsiya oqibatida til qurishadi, karash bilan qoplanadi. Ba'zan xastaliklarda (gripp, difteriya) tomog'da yalig'llanish alomatlari, parda paydo bo'lishi kuzatiladi. Ichak infeksiyalarida qorinni paypaslaganda uning turli sohalarida og'riq borligi aniqlanadi. Virusli gepatitlar uchun jigar kattalanishi o'ziga xos klinik alomatlardan xisoblanadi. Bezgak, visseral leyshmanioz kasalliklarida jigar va taloq sezilarli darajada kattalanishgani ko'p uchraydi.
Yuqumli kasalliklarda turli a'zolarning xolatini o'rganishda tibbiyot asboblardan xam keng foydalaniladi. Me'da-ichak yo'llari xolatini tekshirishda
gastrofibroskopiya, kolonofibroskopiya kabi endoskopik usullar keng qo'llanadi. Bu
asboblar yordamida me'da va ichaklar shilliq qavatining xolatini bevosita ko'rish, rasmini olish yoki bir parchasini namuna sifatida kesib olib, mikroskopda tekshirish mumkin.
Avvalgi paytlarda virusli gepatitlarda jigar to'qimasining morfologik xolatini tekshirish uchun shu soxada terini maxsus igna bilan teshib, jigar to'qimalaridan namuna olinar edi. Uni mikroskopda ko'rib, jigar to'qimasidagi o'zgarishlarga baxo beriladi, Bu usul ancha murakkab va bemorga jaroxat yetkazishi tufayli xozir kam kullaniladi. Keyingi yillarda ichki a'zolar, jumladan, jigar va o't pufagi xolatini aniqlashda ultratovush apparatlari ko'p qo'llanmoqda. Ular foydalanish uchun g'oyat qulay va bemorga xech qanday ozor bermaydi.
O'pkadagi o'zgarishlarni aniqlashda rentgen apparati va flyurograflardan keng foydalaniladi.
Til - bizning sihat - salomatlingizni ko‘rsatgichi. Bu haqda Sharqda doimo juda yaxshi bilishgan va o‘sha zaminda tashxisni o‘zgacha va ancha samarali turi — kasallikni tilga qarab tashxis qo‘yish paydo bo‘lgan. Sharq tabobatida til yurak bilan bog‘langan deb sanaladi. Bu yerda nafaqat tilni yurak bilan jismonan bog‘liqligi nazarda tutiladi, balki bizni so‘zlarimiz, nutqimiz ham yurakdagi muammolardan darak beradi. Ammo bizni organizm bu yagona - yahlit bo‘lib, yurakni holati boshqa organlarga ham ta’sirini o‘tkazadi. Vaholanki tanamizning turli organlarini holati tilimizni tegishli qismlarida o‘z aksini namoyon etadi. Shunga muvofiq, tilimizni o‘sha uchastkalaridagi o‘zgarishlar, jumladan rang o‘zgarishi yoki ortiqcha sezgirlik
paydo bo‘lishi bizga tegishli organlarda energiyani disbalansi va buzilishdan xabar beradi.
Qadimiy Xitoy tabobatiga asosan, til - tanamizni yuqori qismiga tegishli bo‘lib o‘pka va yurakni holatlarini aks ettiradi, tilni yon tomonlari jigarimiz va o‘t pufagi sog‘lig‘i haqida “gapiradi”, tilni beli esa oshqozon va taloqni holatini bildirsa, tilni tomiri buyraklarimizni ahvolidan darak beradi.
Ko‘p hollarda kasallikni birlamchi alomatlari aynan til holatida ko‘rinadi (rang o‘zgargani, qarash, qizarishlar va hokazo) shuning uchun kasallikka tilga qarab tashxis qo‘yish paytida birinchi navbatda tilni kattaligi, formasi va rangiga e’tibor beriladi. Sharq tabobatiga ko‘ra shamol energiyasi disbalansida til qizil rangda, quruq va dag‘al, chekkalarida mayda chuqurliklar mavjud bo‘ladi. Shillik (beken) energiyasi buzulishida, til usti tekis va nursiz, bir oz shishgan, nam va yopishqoq, oq - kulrang qarashga ega.
Safro (tripa) energiyasi disbalansida ham til ko‘rinishi o‘zgaradi, ya’ni unda oq - sariq qarash paydo bo‘ladi, og‘iz bo‘shlig‘ida achiqqimtir ta’m paydo bo‘ladi.
Kasallikga tilga qarab tashxis qo‘yish
Kasallikka tilga qarab tashxis quyish uchun eng yaxshi vaqt bu ertalab och qoringa maqul sanaladi. Dastlab tildagi barcha organlar aks etgan uchastkalar aniqlanadi va ulardagi har qanday o‘zgarishlar qayd etiladi. Bu o‘zgarishlar tegishli organlar yoki
organizm tizimilarini eng avvalo qonni holati haqida xabar beradi.
Shifokor o‘z e’tiborini til rangiga, uni turli qismlaridagi qarash turiga, yuzaki qismi, formasiga (tekis, g‘ovakli zichligi va hokazo) unda paydo bo‘lgan pufaklar, papilloma, yaralarga va ularni joylashishiga tilni harakat etish darajasiga qaratadi.
Sog‘lom odamni tili qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Uni tili binafsha rang va silliq yuzli, oq tusli katta bo‘lmagan qarashli, til ustidagi bo‘rtmalar yaxshi ko‘rinadi va oqibatda til duhobasimon tus berib turadi.
Tilni ichki organlar bilan bog‘liqligi
Til ildizi - bu ichaklar;
Til uchidan chap tomon - chap o‘pka, o‘ng tomon - o‘ng o‘pka;
Til markazi — yurak;
Til ildizidan chap tomon - chap buyrak, o‘ng tomon - o‘ng buyrak;
O‘ng tomondan, o‘pka va buyrak proyeksiyalari o‘rtasida jigar proyeksiyasi.
Til rangi
Bo‘zargan rang til - qonda energiya kamligi alomati bo‘lib,anemiya va organizm holdan toyganidan darak beradi;
Tilni past qismi bo‘zargan rangda - jigar va o‘t pufagi kasalligi alomati;
Qizil (malina) rangli til - og‘ir infeksiyali kasallik, yuqori temperatura, zaharlanish,pnevmoniya; To‘q qizil rangli til - og‘ir buyrak buzulishida zaharlanish, semirib yog‘ bosish, surunkali alkogolizm;
Ko‘k tusli til - yurak qon tomir kasalliklari qon aylanish buzilishi, yurak - o‘pka yetishmovchiligi bilan birga;
Tilni pastki qisimda sarg‘ish rang - sariq kasallik rivojlanishi.
Til ustidagi qarashlar
Til ustidagi qarash oshqozonda, yupqa va yug‘on ichakda to‘plangan toksinlardan dalolat beradi. Agar tilni faqat orqa qismi qarash bo‘lsa - toksinlar yo‘g‘on ichakda, agar qarash faqat tilni o‘rtasida ko‘rinsa - toksinlar oshqozonda, ingichka va o‘n ikki barmokli ichakda mavjudligi alomatidir.
Kirindi yo‘q, til yaltiraydi - oshqozon energiyasi kuchsiz, ichki sekretsiya faoliyatida muammo bor.
Qarash ko‘pligidan sal shishgan va namli til. Bu quydagilar alomati bo‘lishi mumkin: oshqozon yoki o‘n barmoq ichak yarasi, gastrit, xoletsistit, appenditsit, yahshi ishlamayotgan buyrak, ozuqadan yoki dori vositasidan zaharlanish, infeksion kasalliklar (qizamiq). Yupqa qarash - kasallikni boshlanishi yoki yuzaki lokalizatsiya. Qalin qarash - surunkali kasallik.
Oq, nam, yupqa qarash - oshqozon energiyasi joyida. Oq rang - oshqozon kislotasi pastligi, disbakterioz Sarg‘igi qarash - o‘t pufagida safro ko‘pligi, jigar kasalligi Yog‘li, loyqa qarash - hazm bo‘lmagan ozuqa.
Siyoh rang, dog‘li qarash - qon harakati susayishi.
Qora qarash - ovqat hazm tizimidagi, ayniqsa oshqozon osti bezi va o‘t pufagidagi jiddiy buzulishi. Bundan tashqari, organizmni ko‘p suv yo‘qotish oqibatida qonni kislota - ishqor balansi (kislotalikni ko‘payishi) buzilganda ham qora qarash paydo bo‘ladi.
Butun til bo‘yicha iflos oq - qul rang qarash - surunkali ich kotish, organizmni mikrob va parazitlar bilan zaharlanishi.
Och kul rangli qarash - difteriya.
Agar vaqt o‘tish davomida qarash qalinlashib, sarg‘ish rangga, undan so‘ng kul rang va qoramtir tus olsa - demak kasallik kuchaymoqda. Agar qarash rangi yorqinlashib yupqalashsa kasallik qaytayotgan bo‘ladi.
Tildagi dog‘lar
Oq va qizil ranglar almashlanib turishi - qizilcha kasalligidan dalolat;
Ko‘kimtir dog‘lar - yurak qon - tomir tizimidagi harakatsizlik holatlari;
Qoramtir dog‘lar - buyrakni og‘ir hastaligi.
Shuningdek tilga qarab kasalga tashxis qo‘yishida quydagilarga ham e’tibor berish kerak. Til chekkalarida tishlar izi Tilni oldi va yon qismlarida tishlarni chuqur izlari stresslar, nevrozlar va toliqishlardan darak beradi. Ayniqsa, markaziy asab tizmini jiddiy kasalliklarida tish izlari yanada aniq qo‘rinadi. Bundan tashqari til chekkasidagi tish izlari disbakterioz, organizmda shlaklarni ko‘pligidan va ozuqani qoniqarli hazm bo‘lmayotganidan darak beradi;
Quruq til
“Tilni quruqligi” va shilliq pardani quruqlashishi so‘lakni yetarli miqdorda chiqmayotgani (chanqoq) tufayli vujudga keladi va ancha kasalliklarni, jumladan ich qotishi, peritonit, tana haroratini ko‘tarilishi, diabetlarni alomati hisoblanadi. Ko‘p hollarda til quruqligi jigar rang qarash paydo bo‘lishi bilan kechadi. Agar shilliq parda ko‘p nam yo‘qotsa unda yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek quruq til ta’m bilishni yo‘qotishini chaqiradi; Laklangan va shahmatli til
Laklangan til usti silliq, yaltiraydi, och - qizil rangli (ta’m biluvchi so‘rg‘ichlarlar atrofiyasi tufayli) bu quydagi kasalliklar alomati: surunkali kolit, pellagra, oshqozon saratoni. “Shaxmatli” tillaklangan tilni bir turi “B” vitamini va nikotin kislotasi kamchiligi oqibatida paydo bo‘ladi;
Tilni sosochkalarini qizarishi va kattalashishi
So‘rg‘ichlarlarni tilini uchiga yaqin bo‘lgan o‘ng yarmida qizarishi va kattalashishi jigar kasalligi alomati, chap yarmidagisi esa taloqni kasalligi til uchida esa - tosorganlari kasalliklari, tilni o‘rtasi va qirg‘oqlardagisi esa o‘pka kasalliklari
alomatidir; Til liniyasini qiyshashi Tildagi yaralar Tildagi yaralar. Til ustidagi yaralar ovqat hazm qilish tizimidagi kasalliklardan dalolat beradi (Kron kasalligi).
Biz kasalliklarga tilga qarab tashhis qo‘yishda qo‘llash mumkin bo‘lgan as osiy alomatlarni sanab o‘tdik. Ushbu tashxis qo‘yish usullari vrachdan mohirlik talab qiladi. Vrach tildagi o‘zgarishlarni nafaqat seza olishi, balki to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun olingan ma’lumotlarni birlashtirib, keyingi tashxis usullari bilan tasdiqlay olishi kerak.


Xulosa
Bemorni obyektiv ko'zdan kechirish e'tibor bilan amalga oshirilsq, kasallik tashxisini aniq qo'yishga yordam beradigan anchagina alomatlarni topish mumkin. Teri va ko'rinib turadigan shilliq qavatlarda ayrim kasallikka xos bo'lgan belgilar ko'rinadi. Ko'p yuqumli kasalliklarda intoksikatsiya ta'sirida teri oqaradi (ayniqsa tif-paratif kasalliklarida, difteriyada). Gripp, qizamiq kasalliklarida esa aksincha teri va shilliq qavatlarda giperemiya ro'y beradi. Tanada ko'p miqdorda suv va tuz yo'qotilganida esa teri tarangliga pasayib, u bujmayib yoki burishib qoladi. Bu holat vabo va boshqa o'tkir diareya kasalliklarida kuzatiladi. Uzoq davom etgan yuqumli kasallikda bemor ozadi. Bu holat ham terini ko'zdan kechirganda aniq ko'rinadi. Asosan jigar xastalanishi bilan kechadigan yuqumli kasalliklarda teri va ko'zga ko'rinadigan shilliq qavatlar sarg'ayadi.
Gemorragik isitmalarda esa teri, ko'z va ko'rinadigan shilliq qavatlarida qon quyilishlar — gematomalar bo'ladi.Ba'zi yuqumli kasalliklarda terida turli toshmalar paydo bo'ladi. Ular ekzantemalar deb umumiy nom bilan yuritiladi. Ichki a'zolar, yoki shillik qavatlardagi toshmalar enantema deb ataladi. Til liniyasini qiyshashi - umurtqani qiyshashishidan darak beradi. Til ildiziga yaqin qatlamni qiyshayishi - umurtqani bel qismida qiyshayishidan, til markazida qiyshayish - ko‘krak qafasida qiyshayishdan, til uchidagi liniya qiyshayish - buyin qismdagi qiyshayishdan (buyin osteoxondrozi) dalolat beradi;
Tilni titrashi - bosh miya kasalligi, chukur nevrotik buzilishlar alomatidir;
Til - bizning sihat - salomatlingizni ko‘rsatgichi. Bu haqda Sharqda doimo juda yaxshi bilishgan va o‘sha zaminda tashxisni o‘zgacha va ancha samarali turi — kasallikni tilga qarab tashxis qo‘yish paydo bo‘lgan. Sharq tabobatida til yurak bilan bog‘langan deb sanaladi. Bu yerda nafaqat tilni yurak bilan jismonan bog‘liqligi nazarda tutiladi, balki bizni so‘zlarimiz, nutqimiz ham yurakdagi muammolardan darak beradi. Ammo bizni organizm bu yagona - yahlit bo‘lib, yurakni holati boshqa organlarga ham ta’sirini o‘tkazadi. Vaholanki tanamizning turli organlarini holati tilimizni tegishli qismlarida o‘z aksini namoyon etadi. Shunga muvofiq, tilimizni o‘sha uchastkalaridagi o‘zgarishlar, jumladan rang o‘zgarishi yoki ortiqcha sezgirlik
paydo bo‘lishi bizga tegishli organlarda energiyani disbalansi va buzilishdan xabar beradi.
Qadimiy Xitoy tabobatiga asosan, til - tanamizni yuqori qismiga tegishli bo‘lib o‘pka va yurakni holatlarini aks ettiradi, tilni yon tomonlari jigarimiz va o‘t pufagi sog‘lig‘i haqida “gapiradi”, tilni beli esa oshqozon va taloqni holatini bildirsa, tilni tomiri buyraklarimizni ahvolidan darak beradi.
Ko‘p hollarda kasallikni birlamchi alomatlari aynan til holatida ko‘rinadi (rang o‘zgargani, qarash, qizarishlar va hokazo) shuning uchun kasallikka tilga qarab tashxis qo‘yish paytida birinchi navbatda tilni kattaligi, formasi va rangiga e’tibor beriladi. Sharq tabobatiga ko‘ra shamol energiyasi disbalansida til qizil rangda, quruq va dag‘al, chekkalarida mayda chuqurliklar mavjud bo‘ladi. Shillik (beken) energiyasi buzulishida, til usti tekis va nursiz, bir oz shishgan, nam va yopishqoq, oq - kulrang qarashga ega.



Download 66.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling