Fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ham himoya qilinishi mumkin. - Agar qonun yoki shartnomada zararni kamroq miqdorda to‘lash nazarda tutilmagan bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs o‘ziga yetkazilgan zararning to‘la qoplanishini talab qilishi mumkin.
- Zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.
- Agar huquqni buzgan shaxs buning natijasida daromad olgan bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs boshqa zarar bilan bir qatorda boy berilgan foyda bunday daromaddan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanishini talab qilishga haqli.
Zarar 2 xil bo’ladi : 1. Moddiy-shaxsning mol-mulkiga 2.Ma’naviy-shaxsga, uning hayoti v sog’lig’iga, ishchanlik va obro’siga putur yetkazishdan iborat. Zarar yetkazilganda qonunda nazarda tutilgan holatlar mavjud bo’lsa, huquqbuzar zararni qoplash ko’rinishidagi javobgarlikka tortiladi.Fuqarolik qonunchiligida javobgarlik delict va shartnomaviy turlari farqlanadi. Tibbiy xodimlarning kasb huquqbuzarliklarida ko’proq delikt ko’rnishidagi javobgarlik vujudga keladi. Shaxsning g’ayriqonuniy harakatlari delikt javobgarlikda umumiy obyektiv mezonlarga asoslansa , shartnomaviy javobgarlikda g’ayriqonuniy harakatlar faqat shartnomada nazarda tutilgan talablarning buzilishini anglatadi. 99-modda. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar Shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obro‘si, shaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga bo‘lgan huquqi, tasvirga bo‘lgan huquqi, mualliflik huquqi, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tug‘ilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy ne’matlar tortib olinmaydi va o‘zga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli bo‘lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa shaxslar, shu jumladan huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |