- Ma’naviy zarar pul bilan qoplanadi.
- Ma’naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon to‘lashga asos bo‘lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari e’tiborga olinishi lozim.
- Jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyati ma’naviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi.
- Ma’naviy zarar to‘lanishi lozim bo‘lgan mulkiy zarardan qat’i nazar qoplanadi.
Tibbiy xodimlar amaliyotida moddiy va ma’naviy zararlarni qoplash bilan bir qatorda fuqarolik huquqi sohasidagi yana bir muommo – bemorlarning vasiyatnomalariga guvohlik berish holatlaribilan to’qnashishi mumkin. - kasalxonalar, gospitallar, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida yashab turgan fuqarolarning ana shu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh vrachlari, ularning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari yoki navbatchi vrachlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarining direktorlari yoki bosh vrachlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; ( O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1126-moddasiga muvodiq.)
“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risi”dagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni 26/04/1996 - Uning talablari tibbiy xodimlar va muassasalar faoliyatiga ham tadbiq etilishi mumkin. Ushbu Qonun nuqtai-nazarida agarda tibbiy xodim va muassasa tibbiy xizmat, ya’ni muolajalarning ijrochisi sifatida inobatga olinsa, bemor – iste’molchi sifatida e’tirof etiladi.
- Qonunning 4-moddasida , iste’molchilar xizmat va ijrochi to’g’risida to’liq ma’lumot olish, xizmatlarni erkin tanlash va lozim darajada sifatli ko’rsatilishi, xizmatlarning xavfsiz bo’lishi, xizmatlar va ijrochining g’ayriqonuniy harakatlari natijasida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplanishi huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |