- Oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar, ya’ni zarar yetkazgan shaxsning o‘ziga yoki boshqa shaxslarga tahdid solgan xavfni bartaraf etish uchun oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar, agar bu xavf mazkur holatlarda boshqa vositalar bilan bartaraf etilishi mumkin bo‘lmasa, zarar yetkazgan shaxs tomonidan to‘lanishi lozim, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
- Bunday zarar yetkazilgan holatlarni hisobga olib, sud uni to‘lash majburiyatini zararni yetkazgan shaxs uchinchi shaxsning manfaatini ko‘zlab harakat qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga yuklashi yoxud bu uchinchi shaxsni ham, zarar yetkazgan shaxsni ham zararni to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod qilishi mumkin.
989-modda. Yuridik shaxsning yoki fuqaroning o‘z xodimi tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarligi - Yuridik shaxs yoxud fuqaro o‘z xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtida yetkazgan zararni qoplaydi.
- Ushbu bobning qoidalariga muvofiq, mehnat shartnomasi asosida, shuningdek fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida ish bajarayotgan fuqarolar, agar bunda ishlarni bexatar olib borish yuzasidan tegishli yuridik shaxsning yoki fuqaroning topshirig‘i bo‘yicha yoki nazorati ostida harakat qilgan bo‘lsalar yoki harakat qilishlari lozim bo‘lgan bo‘lsa, xodimlar deb e’tirof etiladilar.
- Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari o‘z ishtirokchilari (a’zolari) tomonidan ular shirkat va jamiyat yoki kooperativning tadbirkorlik, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyatini amalga oshirish vaqtida yetkazilgan zararni qoplaydilar
992-modda. Zararning o‘z javobgarligini sug‘urtalagan shaxs tomonidan to‘lanishi - Ixtiyoriy yoki majburiy sug‘urta tartibida jabrlanuvchi foydasiga o‘z javobgarligini sug‘urtalagan yuridik shaxs yoki fuqaro yetkazilgan zararni to‘liq qoplash uchun sug‘urta puli yetishmagan taqdirda, sug‘urta puli va zararning haqiqiy miqdori o‘rtasidagi farqni to‘laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |